Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar

Tadbirlar

 245

Korrupsiyaga qarshi kurash – umumiy mas’uliyat

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar ishtirokida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov hamda universitet profilaktika katta inspektori, mayor A. Shodiyev ishtirok etdi.Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari, shuningdek halol hayot tarzini qaror toptirish va akademik halollik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, talabalar tomonidan bildirilgan savollarga mutasaddi mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi. Uchrashuv talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qildi.

Yangiliklar

 209

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Halollik soati” nomli interaktiv suhbat tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari hamda tyutorlar boshchiligida barcha fakultetlarda talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida chuqur tushuncha berish hamda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash maqsadida “Halollik soati” nomli interaktiv suhbat tashkil etildi.Unda korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi.Suhbat davomida talabalar halollik, mas’uliyat, vijdon va adolat tamoyillarining hayotdagi o‘rnii borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklar

 297

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yangi tashabbus!

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 1-bosqich talabalari orasidan “Aksilkorrupsiya volontyorlari” guruhi tashkil etildi. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi — ta’lim muassasamizda halollik, shaffoflik va adolat tamoyillarini rivojlantirish, shuningdek, yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni kuchaytirishdan iborat. Volontyorlarning dastlabki yig‘ilishida guruhning vazifalari, kelgusidagi rejalari hamda amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar yuzasidan muhokamalar olib borildi. Talabalar tashabbuskorlik bilan, faol va yuqori qiziqish bilan ishtirok etishdi.

Tadbirlar

 354

Toshkent arxitektura-qurilish unversitetida Aksilkorrupsiya kovorking markazi faoliyatining 2025-yil yakunlariga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi o‘tkazildi

Tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i N. Kurbanova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov, universitet profilaktika katta inspektori mayor A. Shodiyev, Yoshlar yetakchisi Sh. Mirzaaxmedov, Registrator offisi menejeri L. Xalmamatova hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.Yig‘ilishni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov olib bordi. Unda markaz tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i N. Kurbanova ta’kidlashicha, ayrim fakultetlarda talabalarning turli o‘quv platformalari, masofaviy modullar, antikorrupsiya yo‘nalishidagi interaktiv mashg‘ulotlar va raqamli resurslarda ishtirokining yetarli emasligi kuzatilmoqda. Bu holat markaz faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlariga to‘liq erishishda sezilarli to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi. Shuningdek, universitet profilaktika katta inspektori mayor A. Shodiyev talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyat va huquqiy ongni oshirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish, profilaktika yo‘nalishida yangi pedagogik yondashuvlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar

 328

"Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi" mavzusida "Eng yaxshi rasmlar", "Eng yaxshi insholar", "Eng yaxshi videoroliklar" tanlovi iqtidorli talaba-yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan "Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi" mavzusida "Eng yaxshi rasmlar", "Eng yaxshi insholar", "Eng yaxshi videoroliklar" tanlovi iqtidorli talaba-yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtdi.Hay'at a'zolari har bir ishtirokchining ijodiy ishlarini baholashda uning mazmuni, mantiqiy va badiiy ifodaviyligiga alohida e'tibor qaratishdi. Mazkur tanlovning "Eng yaxshi rasmlar" yoʻnalishi natijalariga koʻra quyidagilar gʻolib deb topildi:1-oʻrin: Ro'ziboyev Shaxriyor 21-25 guruh talabasi; 2-oʻrin: Raxmatova Sarvara 16-25 guruh talabasi; 3-oʻrin: Bazarbayeva Umida 4-24 guruh talabasi."Eng yaxshi insholar" yoʻnalishi natijalariga koʻra quyidagilar gʻolib deb topildi:1-oʻrin: Mamatxonova Sevinch 5-24 guruh talabasi;2-oʻrin: Abdumuxtorova Diyoraxon 1-25 guruh talabasi;3-oʻrin: Mirmuxammadova Dilnoza 5-25 guruh talabasi."Eng yaxshi videoroliklar" yoʻnalishi natijalariga koʻra quyidagilar gʻolib deb topildi: 1-oʻrin:  6-25 guruh talabalari;2-oʻrin:  1-25 guruh talabalari;3-oʻrin:  2-25 guruh talabalari. Gʻoliblarni muborakbod etamiz va biz siz bilan fahrlanamiz!

E'lonlar

 281

Korrupsiyaga qarshi kurash – har birimizning burchimiz!

Universitetda o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida talabalar ishtirokida maxsus videorolik tayyorlandi. Shuningdek, halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib qilish maqsadida #STOPKORRUPSIYA xeshtegi ostida chelenj yo‘lga qo‘yildi.

E'lonlar

 262

Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi

Universitet rektorining 2025-yil 19-noyabrdagi 3/79-sonli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 17 noyabrdan 21 noyabrigacha Toshkent arxitektura-qurilish universitetida doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlarida adolat va shafoflikni ta’minlash maqsadida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan imtihon jarayonlarida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.Nomzodlarga quyidagilar ma’lum qilindi: agar korrupsiya bilan bog‘liq savollar yoki muammolar yuzaga kelsa, ular quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishlari mumkin:Komplayens-nazorat bo‘limiManzil: Bosh bino, 610-kabinetTelefon: 55-508-03-14Email: taqukorrupsiyakomplaens@gmail.comAnonim murojaat kanallariWeb: https://taqu.uz/korrupsiya-va-manfaatlar-toqnashuviga-oid-xolatlari-yuzasidan-xabarlarni-qabul-qilish-aloqa-kanallariOnlayn murojaat: https://t.me/+BdbC_xxB_k9jMzZiTelegram-bot: https://t.me/taqu_corruption_botSizning murojaatlaringiz maxfiy saqlanadi va qonun doirasida ko‘rib chiqiladi. Toshkent arxitektura-qurilish universitetida korrupsiyaga nisbatan “Nol toqat” siyosati amal qiladi.

E'lonlar

 260

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari uchun tanlov e'lon qilamiz

"Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi" mavzusida bo'lib o'tadigan:✅Eng yaxshi rasmlar✅Eng yaxshi insholar✅Eng yaxshi videoroliklar tanlovida ishtirok etingIjodiy ishlar 5-dekabrgacha  qabul qilinadi Murojaat uchun: Bosh bino 410-xona

Yangiliklar

 323

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025-yil 9-noyabrdan 9-dekabrgacha davom etadigan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish oyligiga start berildi.Mazkur oylik doirasida universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yuksaltirish, halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini targ‘ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar, seminarlar va chellenjlar tashkil etiladi. Barchani ushbu oylik doirasida o‘tkaziladigan tadbir va chellenjlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!