Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar
Tadbirlar
385
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ma’rifat darsi o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida rektor v.v.b. B.A. Tulaganov tomonidan talabalar uchun ma’rifat darsi o‘tkazildi. Tadbirda madaniy-ma’rifiy masalalar, milliy va umumbashariy qadriyatlarning ahamiyati hamda korrupsiyaning salbiy oqibatlari muhokama qilindi. Dars davomida yoshlarga huquqiy madaniyatni yuksaltirish, halollik va adolat tamoyillariga amal qilishning muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi davlat siyosati va uning ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
E'lonlar
359
Hurmatli talabalar, professor-o‘qituvchilar va universitet xodimlari!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga sodiq holda korrupsiyaga qarshi kurashishda qat’iy pozitsiyada turadi. Shu maqsadda universitetimizda “Komplayens nazorat” tizimi joriy etilgan bo‘lib, u ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi, tamagirlik, poraxo‘rlik, vositachilik, firibgarlik, tanish-bilishchilik, mahalliychilik kabi korrupsion holatlarning oldini olish va ularning oldini olish uchun samarali choralar ko‘rishga xizmat qiladi.Universitet jamoasi barchani korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etishga chaqiradi!Agar sizImtihon va nazorat ishlari davomida noqonuniy holatlarga duch kelsangiz;Bitiruv malakaviy ishi yoki boshqa akademik jarayonlarda noqonuniy talablar qo‘yilayotganini sezsangiz;Ta’lim jarayonida adolatsizlik yoki shaffoflik buzilishining guvohi bo‘lsangiz,bu haqida darhol xabar berishingizni so‘raymiz.Sizning murojaatingiz qat’iy maxfiylik asosida ko‘rib chiqiladi hamda har bir holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.Murojaat uchun ishonch kanallari:https://t.me/taqu_corruption_botTelegram manzili: Havola (https://t.me/+BdbC_xxB_k9jMzZi)Elektron pochta: m.iskdjanov@taqu.uzIshonch telefoni: +998 55 508 03 14Unutmang! Adolatli va shaffof ta’lim muhitini yaratish har birimizning burchimizdir. Birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashib, halol va pok kelajak sari intilaylik!
Tadbirlar
509
2025-yil 9-yanvar kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat'' tizimini boshqarish bo'limi tomonidan seminar tadibri tashkilashtirildi.
2025-yil 9-yanvar kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo'limi tomonidan 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI”” (4-bandi)da belgilab berilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida universitet professor-o'qituvchilari va tyutorlar ishtirokida seminar tadibri tashkilashtirildi. Ushbu tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev, hamda universitet bosh yuristkonsulti L.Bahromov lar ishtirok etidilar. Tadbir boshida universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi M.Isakdjanov so‘zga chiqib, Universitetda bugungi kunda Odob-axloq, manfaatlar to'qnashuvini oldini olish va Ichki mexnat qoidalariga rioya qilish bo‘yicha bo‘lim, inson resurslarini boshqarish bo'limi va universitet huquqshunoslari bilan birgalikda belgilangan tartibda chora-tadbirlar amalga orilib kelinmoqdaligi ishtirokchilarga yetkazildi. 2. Shundan so‘ng, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev so‘zga chiqib, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” bo‘yicha tadbir ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi. Yig‘ilishda universitet bosh yuristkonsulti L.Baxromov so‘zga chiqib universitet rektorining 2023-yil 22-iyundagi 168-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki mexnat qoidalari” to'g'risida ma’lumotlar berib o'tdi. Xususan, u tadbir ishtirokchilarni universitet “Ichki mexnat qoidalari”ga barcha universitet xodimlari qat’iy amal qilishlari lozimliklari va ushbu xujjat bilan tanishib chiqishlarini tavsiya qildi. Tadbir so'ngida ishtirokchilarning ma'sullar bilan qizg'in savollar-javoblari bilan yakunlandi.
E'lonlar
339
Barcha yoshlarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori bilan jonli muloqotga taklif etamiz.
Joriy yilning 20-dekabr kuni Agentlik direktori Akmal Burxanov yoshlar bilan uchrashadi. Muloqotda ishtirok etish istagini bildirgan barcha yoshlar oldindan roʻyxatdan oʻtgan holda qatnashishlari mumkin. Uchrashuv Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi binosida, 20-dekabr kuni soat 15.00 da boshlanadi. Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi so‘rovnomani (https://forms.gle/FQej7R4voV9HJQAz6) to‘ldirish so‘raladi. Roʻyxatdan o'tish joriy yilning 18-dekabr soat 16.00 ga qadar davom etadi. Roʻyxatdan oʻtish ishtirokchilar soni belgilangan miqdorga yetganda muddatidan oldin yakunlashi mumkin.Murojaat uchun raqamlar: 71 2020402 (423)Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Tadbirlar
536
Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari uchun "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi" mavzusida Eng yaxshi rasmlar, Eng yaxshi insholar hamda Eng yaxshi videoroliklar tanlovini e'lon qilgan edik.“Eng yaxshi insholar” bo’yicha quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin 22-23 guruh talabasi Berdiyev Javohir egalladi.2-o'rin 21-23 guruh talabasi Xaydarova Ruhshona egalladi.3-o'rin 68-23 guruh talabasi Erkinova Dilbarxon egalladi.“Eng yaxshi rasmlar” bo’yicha quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin 23-24 guruh talabasi Isomiddinova Farangiz egalladi.2-o'rin 73-22 guruh talabasi Risqulova Munira egalladi.3-o'rin 8-24 guruh talabasi Ushkunboyeva Samira egalladi.“Eng yaxshi videorolik” bo’yicha quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin Arxitektura fakulteti 1-24 guruh talabalari egalladi.2-o'rin Muhandislik fakulteti 71-24 MATo' talabalari egalladi.3-o'rin Qurilish fakulteti 22-24 guruh guruh talabalari egalladi.Barcha g’oliblarni muborakbod etamiz!
Tadbirlar
325
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"ni o’tkazish davomida universitetning professor-o’qituvchilari uchun navbatdagi davra suhbati o’tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"ni o’tkazish davomida universitetning professor-o’qituvchilari uchun navbatdagi davra suhbati o’tkazildi. Universitetning Menejment fakulteti o’qituvchilari bilan birgalikda "Faqatgina birga korrupsiyani to’xtata olamiz" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaga va manfaatlar to’qnashuviga oid huquqbuzarliklar to’g’risida tushunchalar berildi. Bundan tashqari, shu kabi huquqbuzarliklar to’g’risida axborot kanallari bo’yicha maʼlumotlar berildi. Suhbat yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan muammoli savollarga javoblar oldilar.
Tadbirlar
391
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talaba-yoshlar o’rtasida "Antikorrupsiya bilimdoni" bilimlar bellashuvi bo’lib o’tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talaba-yoshlar o’rtasida "Antikorrupsiya bilimdoni" bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi.Unda barcha fakultetlardan jamoalar ishtirok etdi.Tanlovda tanishtiruv, savol-javob hamda "Korrupsiya qarshi birlashaylik" mavzusida sahna koʻrinishi shartlari bo’yicha jamoalar kuch sinashib, o‘z bilim va mahoratlarini qay darajada ekanligini namoyish etishdi.Hakamlar hayʼati tomonidan qo‘yilgan ballar yig’indisiga ko‘ra1. Halollik meʼmorlari jamoasi2. Renessans jamoasi3. Antikorrupsiya jamoasi deb topildi.G‘olib jamoalar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
E'lonlar
231
"BIZ KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ" shiori ostida talabalar oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Isakdjanov.M.H va Menejment fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda "BIZ KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ" shiori ostida talabalar oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Isakdjanov.M.H talabalarga korrupsiya haqida maʼlumot, hamda korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslikga oid tavsiyalar berdi.Oliy taʼlim – korrupsiyasiz soha konsepsiyasi asosida universitet professor-oʻqituvchilar va talabalar orasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” va “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida keltirilgan atamalarning mazmun va mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirlar
274
Universitet korrupsiyadan holi hudud
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ''Oliy ta'lim-korrupsiyasiz soha!'' konsepsiyasi asosida talabalar orasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida" va ''Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida'' O'zbekiston Respublikasi qonunlarida keltirilgan atamalrning mazmuni va mohiyatini tushuntirish maqsadida joriy yilning 18-noyabr kuni Arxitektura fakulteti tyutorlari tomidan "Biz Korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida ma'rifat soati o'tkazildi.Tadbirni o‘tkazilishidan asosiy maqsad, talabalarda korrupsiyaga qarshi immunitetni oshirish, universitetni korrupsiyadan holi hududga aylantirishdan iborat.