Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar

Tadbirlar

 235

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yakuniy nazorat imtihonlari korrupsiyadan xoli tarzda tashkil etilmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2024-2025 o‘quv yilining bahorgi semestri uchun yakuniy nazorat imtihonlari shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda.

E'lonlar

 240

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tanlov e’lon qiladi

Talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tanlov e’lon qiladi.Mazkur tanlov orqali iqtidorli talabalar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni aniqlash, ularni rivojlantirish hamda amaliyotga joriy etish uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.Tanlov yo‘nalishlari:Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kreativ tashabbuslarStartap g‘oyalar va biznes loyihalarInnovatsion yechimlar va texnologik ishlanmalarLoyihalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 1-maydan 15-maygacha.Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 97 767 61 60 Yoshlar tashabbuskor – kelajak bunyodkor!

Tadbirlar

 301

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yakuniy nazorat imtihonlari korrupsiyadan xoli tarzda tashkil etilmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2024-2025 o‘quv yilining bahorgi semestri uchun yakuniy nazorat imtihonlari shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda. Universitet rektorining 2024-yilgi 480-son buyrug‘iga asosan, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida tegishli ishchi guruh tomonidan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibiga O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Q. Raximov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi I. Toshev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov hamda “Menejment” fakulteti dekani Z. Abduvaliev kirgan. Ishchi guruh a’zolari “Menejment” va “Muhandislik” fakultetlarining 2 va 3-bosqich talabalari ishtirok etayotgan yakuniy nazorat imtihonlariga tashrif buyurib, baholash jarayonlarining ochiqligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar. Unda talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga imtihon va nazorat ishlari jarayonida noqonuniy holatlar kuzatilgan taqdirda bu boradagi murojaatlarni ishonchli aloqa kanallari orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga yetkazishlari zarurligi haqida ma’lumot berildi.

Tadbirlar

 289

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi" mavzusida "Eng yaxshi inshoolar tanlovi" iqtidorli talaba-yoshlar o’rtasida bo’lib o’tdi

Hay'at a'zolari har bir talabaning inshoolarini baholashda uning mazmun-mohiyatiga alohida e'tibor qaratishdi.Mazkur tanlov natijalariga ko'ra quyidagilar g'olib deb topildi:1-oʻrin: Ziyodullayeva Dilbar 65-23 guruh talabasi;2-oʻrin: Toxirov Akmaljon 10-24 guruh talabasi;3-oʻrin: Resqulova Munira 73-22 guruh talabasi.

E'lonlar

 342

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tanlov e’lon qiladi

Talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tanlov e’lon qiladi.Mazkur tanlov orqali iqtidorli talabalar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni aniqlash, ularni rivojlantirish hamda amaliyotga joriy etish uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.Tanlov yo‘nalishlariKorrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kreativ tashabbuslarStartap g‘oyalar va biznes loyihalarInnovatsion yechimlar va texnologik ishlanmalarLoyihalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 1-maydan 15-maygacha.Qo‘shimcha ma’lumot uchun:+998 97 767 61 60

E'lonlar

 352

"Anti-Corruption Hackathon 2025"ga start berildi

Joriy yilning 2-3-4 may kunlari "Yangi O‘zbekiston" universitetida “Anti-Corruption Hackathon 2025" xakatoni bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi.  G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni ("Coding4Integrity")da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.Yo‘nalishlar:- davlat xaridlari, sport, qurilish, moliya va sug'urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;- ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.Xakatonda ingliz tilini yaxshi biladigan 18-35 yoshdagi turli soha vakillari yakka yoki (3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin.Tayyorlov vebinari: 21-aprelXakatonda ishtirok etish uchun 28-aprelga qadar  uchbu havola orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi.Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Tadbirlar

 288

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakultetida “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida chelenj o'tkazildi

Mazkur chellenjning asosiy maqsadi ta’lim muassasasini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish, halollik va adolat tamoyillarini keng targ‘ib qilishdir.  

Tadbirlar

 362

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish” fakultetida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish” fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M. Isakjonov va fakultet dekani A. Abdullayev ishtirokida 1-kurs talabalari bilan “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri hamda unga qarshi kurashish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida Davlat rahbari tomonidan bildirilgan “Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bog‘liq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart” degan fikrlardan kelib chiqib, barcha talabalar universitetda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, chuqur bilim olish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lishga chaqirildi. Tadbir yakunida talabalar korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga murojaat qilish tartibi hamda universitetda joriy etilgan korrupsiya haqida xabar berish aloqalari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Tadbirlar

 501

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi

Mazkur tadbirda universitet rektori v.v.b. B.A. Tulaganov rektor maslahatchisi J. Inoyatxo‘jayev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i M. Isakjanov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida talabalar o‘z ilmiy va ijodiy g‘oyalarini bayon etib, universitet rivojiga doir takliflarini bildirdilar. Rektor ushbu tashabbuslarni tinglab, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash universitetning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i M. Isakjanov akademik halollikni mustahkamlash, ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari yuzasidan ma’ruza qildi. Talabalarga ushbu masalada universitetda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda universitet rahbariyati tomonidan ularning tashabbuslari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.