Toshkent arxitektura-qurilish unversitetida Aksilkorrupsiya kovorking markazi faoliyatining 2025-yil yakunlariga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi o‘tkazildi

Tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i N. Kurbanova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov, universitet profilaktika katta inspektori mayor A. Shodiyev, Yoshlar yetakchisi Sh. Mirzaaxmedov, Registrator offisi menejeri L. Xalmamatova hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov olib bordi. Unda markaz tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i N. Kurbanova ta’kidlashicha, ayrim fakultetlarda talabalarning turli o‘quv platformalari, masofaviy modullar, antikorrupsiya yo‘nalishidagi interaktiv mashg‘ulotlar va raqamli resurslarda ishtirokining yetarli emasligi kuzatilmoqda. Bu holat markaz faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlariga to‘liq erishishda sezilarli to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, universitet profilaktika katta inspektori mayor A. Shodiyev talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyat va huquqiy ongni oshirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish, profilaktika yo‘nalishida yangi pedagogik yondashuvlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.