Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!

Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!
Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!
Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!
Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!
Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!
Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!
Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish bugungi kundagi eng asosiy masala” mavzusida  tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.M.Saidov, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi v.b. dotsentlari S.E.Atadjanova hamda J.S.Dalakyanlar tomonidan tashkil etildi.

Unda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurash ilmiy markazi tadqiqotchisi S.B.Po‘latov, Qurilish fakulteti dekani A.J.Abdullaev, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati, hamda  ta’lim muassasalarida halollik tamoyillarini qaror toptirish masalalari keng yoritib berildi. Ma’ruzachi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ilmiy tadqiqotlar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan savol-javob o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir shaxsning shaxsiy mas’uliyati muhim ekanligi ta’kidlandi.

Ushbu tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, yoshlar ongida halollik va qonunga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.