Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar

Tadbirlar

 119

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tyutorlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov ва Yoshlar masalalari va manaviy-ma’rifiy ishlar prorektori v.b. S.Mardov tomonidan universitet tyutorlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida akademik halollikni ta’minlash, ta’lim jarayonida korrupsion holatlarning oldini olish, shuningdek, xodimlar va talabalar o‘rtasida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tyutorlar talabalar bilan bevosita ishlovchi asosiy bo‘g‘in sifatida, ularning dunyoqarashi va xulq-atvoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi. Shuningdek, tyutorlarning korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan tadbirlarda faol ishtirok etishi, talabalarga halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini singdirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yangiliklar

 88

“Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati”

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Menejment fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati” mavzusida seminar tashkil etildi.Seminar davomida Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, akademik halollik tamoyillariga rioya etish, shaffoflikni ta’minlash hamda professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi va muhokamalar olib borildi. Seminar yakunida ishtirokchilarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, belgilangan talab va tartiblarga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbirlar

 128

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025 yil yakunlari muhokama qilindi

Universitetda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot-taqdimot tadbiri o‘tkazildi.Mazkur tadbir bo‘lim faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash, shuningdek korrupsiyaga qarshi targ‘ibot va profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida universitet jamoasi uchun tashkil etildi.Taqdimot davomida hisobot davrida:amalga oshirilgan aksilkorrupsiya tadbirlari;korrupsiyaga qarshi targ‘ibot va profilaktik ishlar samaradorligi;talaba hamda professor-o‘qituvchilarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar;kelgusi davr uchun belgilangan ustuvor vazifalar va rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyati bo‘yicha universitet jamoatchiligi oldida hisobdorlikni ta’minlash, amalga oshirilgan ishlar haqida ochiq va shaffof axborot yetkazish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga qaratilgan muhim axborot tadbiri sifatida ahamiyat kasb etdi.

Tadbirlar

 116

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.Seminar davomida Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ilgari surilgan dolzarb fikrlar, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoni (2025-yil 30-dekabr)ning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.Tadbir jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini kuchaytirish;manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish;byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash;ta’lim tizimida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash. Shuningdek, seminar davomida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish adolatli va barqaror kelajakni ta’minlashning muhim omili ekanligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirlar

 83

“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida saqlanib qolayotgan korrupsiyaviy xavflar hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha Yo‘l xarita”

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida saqlanib qolayotgan korrupsiyaviy xavflar hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha Yo‘l xarita” doirasida universitetda moliya-xo‘jalik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xodimlar ishtirokida ogohlantiruvchi va profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.Mazkur tadbirlar universitetning moliya ishlari bo‘yicha prorektori I.G‘iyosov, universitet auditori M.Xamrayev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan tashkil etildi. Tadbir davomida moliya-xo‘jalik faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, moliyaviy intizomga qat’iy rioya etish, shuningdek davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, bunday holatlarning oldini olish mexanizmlari yetkazildi hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qat’iy ogohlantirishlar berildi.

E'lonlar

 117

Universitetni korrupsiyadan holi hududga aylantirish - ustuvor vazifamiz

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat davlat siyosatining muhim yo‘nalishi, balki jamiyat taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, oliy ta’lim tizimida shaffoflik, halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash kelajak kadrlarining mas’uliyatli va vijdonli bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.Toshkent arxitektura-qurilish universitetida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, universitetni to‘liq “korrupsiyadan holi hudud”ga aylantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Ushbu yo‘nalishda Komplayns-nazorat bo‘limi tomonidan tizimli va izchil ishlar olib borilmoqda.Avvalo, universitet faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari mustahkamlanmoqda. Qabul jarayonlari, baholash tizimi, imtihonlar, attestatsiya va boshqa muhim jarayonlar qat’iy nazorat ostiga olinib, ularning adolatli va xolis o‘tkazilishi ta’minlanmoqda. Raqamlashtirish jarayonlarining joriy etilishi inson omili bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari muntazam olib borilmoqda. Seminarlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar orqali korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirilmoqda. Zero, korrupsiyaga qarshi kurash faqat nazorat bilan emas, balki ong va tafakkur bilan ham amalga oshiriladi.Komplayns-nazorat bo‘limi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, ularni xolisona ko‘rib chiqish va zarur choralarni ko‘rish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, fuqarolarning ishonchini mustahkamlash — bizning asosiy tamoyillarimizdan biridir.Shuni alohida ta’kidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurash — bu faqat bir bo‘lim yoki rahbariyatning vazifasi emas. Bu butun universitet jamoasining umumiy mas’uliyatidir. Har bir talaba, har bir o‘qituvchi va xodim halollik tamoyiliga sodiq bo‘lsa, korrupsiyaga qarshi eng kuchli immunitet shakllanadi.Kelgusida ham Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro standartlarga mos, adolatli va shaffof ta’lim muhitini yaratish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy barham berish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettiriladi. Chunki bizning maqsadimiz — nafaqat malakali mutaxassislar, balki halol va vatanparvar shaxslarni tarbiyalashdir. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Komplayns-nazorat bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Isakjanov

Tadbirlar

 104

“Korrupsiya - kelajakka tahdid”

Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Menedjment fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan targ‘ibot va profilaktik tadbirlar tashkil etildi.Mazkur tadbirlar Menedjment fakulteti tyutorlari tomonidan bevosita tashkillashtirilib, ular talabalar bilan ochiq va samimiy muloqotlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, halollik va adolat tamoyillarining ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tadbirlar doirasida talabalar ishtirokida korrupsiyaga qarshi mazmundagi ko‘rgazmali materiallar va plakatlar tayyorlandi. Ushbu jarayonda tyutorlar yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Mazkur tadbirlar “Korrupsiya - kelajakka tahdid” g‘oyasi asosida yoshlar qalbida halollik, adolat va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tadbirlar

 83

Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish bugungi kundagi eng asosiy masala” mavzusida  tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.M.Saidov, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi v.b. dotsentlari S.E.Atadjanova hamda J.S.Dalakyanlar tomonidan tashkil etildi.Unda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurash ilmiy markazi tadqiqotchisi S.B.Po‘latov, Qurilish fakulteti dekani A.J.Abdullaev, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishdan iborat bo‘ldi.Shuningdek, korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati, hamda  ta’lim muassasalarida halollik tamoyillarini qaror toptirish masalalari keng yoritib berildi. Ma’ruzachi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ilmiy tadqiqotlar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan savol-javob o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir shaxsning shaxsiy mas’uliyati muhim ekanligi ta’kidlandi. Ushbu tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, yoshlar ongida halollik va qonunga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbirlar

 91

Korrupsiyaga qarshi kurash – umumiy mas’uliyat

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar ishtirokida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov hamda universitet profilaktika katta inspektori, mayor A. Shodiyev ishtirok etdi.Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari, shuningdek halol hayot tarzini qaror toptirish va akademik halollik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, talabalar tomonidan bildirilgan savollarga mutasaddi mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi. Uchrashuv talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qildi.