Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar
Tadbirlar
248
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajak kafolati!” shiori ostida “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tadbiri o‘tkazildi
“9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajak kafolati!” shiori ostida “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov, Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri o’rinbosari, dotsent, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev, Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB XPB, profilaktika katta inspektori mayor A.Shodiyev, universitet Yoshlar masalalari va manaviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i N.Kurbanova va Qurilish fakulteti dekani A.Abdullaev ishtirok etilar. Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, halollik va adolat tamoyillarini chuqur anglash, shuningdek, korrupsiyasiz muhitni shakllantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Talabalarga o‘z bilimlarini halol yo‘l bilan egallash, o‘qish jarayonida adolat, mas’uliyat va vijdon tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Ularning har birining halol mehnati va adolatli yondashuvi mamlakat kelajagi uchun muhim omil ekani alohida qayd etildi.Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar, korrupsiyaga qarshi madaniyatni yuksaltirish borasida amaliy g‘oyalar ilgari surildi. Shuningdek, tadbir davomida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan universitetda “Aksilkorrupsiya oyligi” e’lon qilingani ma’lum qilindi. Joriy oy davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va shaffoflik tamoyillarini targ‘ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar, uchrashuvlar hamda ma’naviy-ma’rifiy loyihalar o‘tkazilishi belgilab olindi. Shu jumladan, “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajak kafolati!” mavzusida “Eng yaxshi rasm”, “Eng yaxshi insho” va “Eng yaxshi videorolik” kabi tanlovlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgani ta’kidlab o‘tildi. Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida halollik, mas’uliyat va adolat ruhini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, universitetda korrupsiyaga toqat qilinmaslik muhitini yanada kuchaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.
Yangiliklar
240
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Menejment” fakultetining birinchi bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i M. Isakjanov hamda fakultet dekani Z. Abduvaliev ishtirok etdilar.Suhbat davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat va ta’lim tizimiga salbiy ta’siri, shuningdek, uning kelajak avlod rivojiga tahdid soluvchi omil ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, tadbir davomida talabalarga halollik, vijdon va mas’uliyat kabi insoniy qadriyatlarni hayotda ustuvor tamoyil sifatida shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.Ma’ruzachilar yoshlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish, qonunlarga hurmat bilan yondashish hamda bilim va mehnat orqali muvaffaqiyatga erishishga chorladilar. Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar, qiziqtirgan savollariga javob oldilar va faol ishtirok etishdi.
Tadbirlar
290
“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori Salomat Niyozova hamda yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Otabek Toshev ishtirok etib, talabalarga korrupsiyaning ijtimoiy xavfliligi, maishiy korrupsiya holatlarining salbiy oqibatlari va huquqiy javobgarlik masalalari yuzasidan atroflicha tushuncha berdilar.Ma’ruzachilar ta’kidladilar, arxitektura va qurilish sohasi mutaxassislari kelgusida katta javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Shu sababli, universitet talabalari halollik, vijdon va mas’uliyat tamoyillariga amal qilgan holda, bilim va mehnati orqali muvaffaqiyatga erishishlari lozimligini alohida qayd etdilar.Shuningdek, ishtirokchilar yoshlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lishga, qonunga hurmat bilan yondashishga hamda o‘z kelajaklarini faqat halol yo‘l bilan barpo etishga da’vat etdilar. Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
E'lonlar
289
“Korrupsiya – kelajakga tahdid” mavzusida davra suhbati
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov tomonidan talabalar bilan “Korrupsiya – kelajakga tahdid” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning ta’lim tizimidagi oqibatlari va har bir yoshning halol va mas’uliyatli bo‘lishi muhimligi ta’kidlab o‘tildi. Ta’kidlanishicha, korrupsiya nafaqat shaxsiy rivojlanishga, balki kelajakdagi kasbiy obro‘ va ishonchga ham jiddiy xavf soladi.Ayniqsa, bo‘lajak arxitektorlar uchun halollik, adolat va mas’uliyat — har bir loyihaning poydevori hisoblanadi. Agar bu tamoyillar buzilsa, qurilgan inshoot emas, ishonch yemiriladi.Shu munosabat bilan u talabalarni bilimli, faol va halol bo‘lishga, hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lishga chaqirdi.Har bir talaba o‘z halolligi va adolatli faoliyati bilan korrupsiyasiz universitet muhitini yaratishga hissa qo‘shishi lozim!Shu bilan birga tadbir, ishtirokchilariga universitetda faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlim toʻgʻrisida hamda korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuviga oid ma'lumotlarni xabar berish tartibi boʻyicha aloqa kanallari batafsil tushtirib oʻtildi.Murojaat uchun ishonch kanallari:📌 https://t.me/taqu_corruption_bot🔗 Telegram manzili: Havola 📧 Elektron pochta: m.iskdjanov@taqu.uz📞 Ishonch telefoni: +998 55 508 03 14 Unutmang! Adolatli va shaffof ta’lim muhitini yaratish har birimizning burchimizdir. Birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashib, halol va pok kelajak sari intilaylik!
Tadbirlar
252
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A.Tulaganov Arxitektura fakulteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi.Unda Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan rektor maslaxatchisi N.Nishonboyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda universitetda tahsil olayotgan talabalarga sifatli taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarni taʼkidlab oʻtildi hamda xalqaro hamkorlik, loyihalar va yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuning bilan birga universitet ichki tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi. Undan tashqari talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga to'laqonli javob berildi.
Yangiliklar
397
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Kengash majlisi
Universitet Kengash majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan rejalar haqida ma’lumot berdi.Ta’kidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida universitetda korrupsion huquqbuzarliklarning kamayishiga erishildi. Shuningdek, shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan mexanizmlar joriy etildi. Yangi o‘quv yilida esa Vazirlik tomonidan belgilangan topshiriqlar asosida mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.Shu munosabat bilan, joriy yil mart oyida Prezidentimiz Milliy kengash yig‘ilishida ta’kidlagan quyidagi fikrlar yana bir bor eslatib o‘tildi:“Korrupsiya – islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ovdir. Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar insonning burchidir.” Majlis yakunida halollik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik barcha uchun ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.
Tadbirlar
356
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakultetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suxbati tashkil etildi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov tomonidan talabalarga korrupsiyaning jamiyat, ilm-fan va ayniqsa qurilish sohasi uchun qanday xavf tug‘dirishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.Tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻlimi boshligʻi N.Kurbanova tomonidan universitetning "Odob-axloq" kodeksi bilan tanishtirib oʻtdi.Korrupsiya — adolatga, taraqqiyotga va eng muhimi, inson hayotiga tahdid ekani ta’kidlandi. Talabalar adolatli va halol mehnat orqali haqiqiy mutaxassis bo‘lish, poraga “yo‘q” deyish jasorat emas, balki vijdon va mas’uliyat belgisi ekanini anglab yetishlari to‘g‘risida fikr bildirildi. Talaba yoshlarga “korrupsiya kelajakni vayron qiladi, yoshlarning sofligi esa uni muhofaza qiladi” degan fikr bilan amal qilishlari to‘g‘risida tushuncha berildi. Talabalarga korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid murojaat qilishlari uchun quyidagi aloqa kanallari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbirlar
321
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida aksilkorrupsiya profilaktik tadbiri o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Ofis registratori xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir tashkil etildi.Uchrashuvda universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov, Inson resurslarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Tronevich hamda Toshkent davlat yuridik universiteti vakili A. Yuldashev ishtirok etdilar. Ular xodimlarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berishdi.Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — xodimlar orasida korrupsiya xavf-xatarlarini oldindan bartaraf etish, qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, hamda mas’uliyatni oshirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, muhokamalar davomida korrupsiya huquqbuzarliklarining oqibatlari, jazolarning muqarrarligi hamda bunday holatlarning nafaqat huquqiy, balki axloqiy jihatdan ham og‘ir oqibatlarga olib kelishi alohida ta’kidlandi.
Tadbirlar
545
“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suxbati tashkil etildi
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov tomonidan talabalarga korrupsiyaning jamiyat, ilm-fan va ayniqsa qurilish sohasi uchun qanday xavf tug‘dirishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.Tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻlimi boshligʻi N.Kurbanova tomonidan universitetning "Odob-axloq" kodeksi bilan tanishtirib oʻtdi.Korrupsiya — adolatga, taraqqiyotga va eng muhimi, inson hayotiga tahdid ekani ta’kidlandi. Talabalar adolatli va halol mehnat orqali haqiqiy mutaxassis bo‘lish, poraga “yo‘q” deyish jasorat emas, balki vijdon va mas’uliyat belgisi ekanini anglab yetishlari to‘g‘risida fikr bildirildi. Talaba yoshlarga “korrupsiya kelajakni vayron qiladi, yoshlarning sofligi esa uni muhofaza qiladi” degan fikr bilan amal qilishlari to‘g‘risida tushuncha berildi.Talabalarga korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid murojaat qilishlari uchun quyidagi aloqa kanallari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.Murojat uchun: Email: taqukorrupsiyakomolaens@gmail.com, m.isakdjanov@taqu.uzTelefon: +998555080314 Telegram: @taqu_corruption_bot , @Taqu_korrupsiya