Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Halollik soati” nomli interaktiv suhbat tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari hamda tyutorlar boshchiligida barcha fakultetlarda talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida chuqur tushuncha berish hamda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash maqsadida “Halollik soati” nomli interaktiv suhbat tashkil etildi.

Unda korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi.

Suhbat davomida talabalar halollik, mas’uliyat, vijdon va adolat tamoyillarining hayotdagi o‘rnii borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.