Yangiliklar

E'lonlar

 186

Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazida "Qurilish laboratoriyasi laboranti (Qurilish laboratoriyasi texnigi)" yo‘nalishi bo‘yicha darslar davom etmoqda

🏛 Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazida "Qurilish laboratoriyasi laboranti (Qurilish laboratoriyasi texnigi)" yo‘nalishi bo‘yicha darslar davom etmoqda!📚 Tinglovchilar qurilish materiallari va konstruksiyalarini sinash, laboratoriya uskunalari bilan ishlash, sifat nazorati bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.✏️ O‘qish jarayoni tajribali mutaxassislar ishtirokida, zamonaviy laboratoriya sharoitida olib boriladi.📍 Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish universitetiToshkent shahri Yunusobod tumani yangi shahar ko'chasi 9-uy📲 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:📞 90 920 62 71📞 99 360 69 81 🌐 Веб-сайт: taqumalaka.uz 📢 Telegram: @KasbiyMarkaz

Tadbirlar

 185

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kitobxonlik kechasi o'tkazildi

Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar o'rtasida "Kitobxonlik - tafakkurni charxlovchi kuch!" shiori ostida kitobxonlik kechasi o'tkazildi. Kitobxonlik kechasini o'tkazishdan maqsad, talabalarni kitob o‘qishga jalb qilish, ularning bilim doirasini kengaytirish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishdan iborat. Talabalar o‘zning sevimli kitoblari haqida gapirib, ulardan olgan bilimlarini boshqalar bilan baham ko‘rdi. Shuningdek, kitob o‘qishning foydalari, uning inson tafakkuriga ta'siri haqida muhokamalar olib borildi.

E'lonlar

 203

Tajibayev Jur'at Xamroyevichning (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025 yilning 28 avgust kuni, soat 10:00 da Tajibayev Jur'at Xamroyevichning  18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” ixtisosligi bo‘yicha “Oʻzbekiston shaharlarining tarixiy hududlari “dizayn kod” qoidalarini shakllantirish tamoyillari (Buxoro va Samarqand shaharlari misolida)” mavzusidagi  (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz. Manzil: 4-bino, 5-qavat, Faollar zali

E'lonlar

 180

Najimov Jumabay Bazarbaevichning (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz

    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli bir martalik Ilmiy Kengash yig‘ilishi 2025-yil 27-avgust kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:    Talabgor Najimov Jumabay Bazarbaevichning 05.09.05–“Qurilish materiallari va buyumlari” va 02.00.15–“Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi” tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Shexjeli diabaz-porfirit elanmasidan foydalanib portlandsement tarkiblarini ishlab chiqish va uni beton namunalarida qo‘llash” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.    Ilmiy rahbar: t.f.d., prof. Usmanov X.L     Manzil: Yunusobod tumani, Yang ishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat faollar zali. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail:devon@taqu.uz

Tadbirlar

 186

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Pazanda qizlar toʻgaragi" boʻlib oʻtdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslaxatchisi D.Islamxadjayeva va tyutor M.Murodova boshchiligida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Pazanda qizlar toʻgaragi" boʻlib oʻtdi.Ushbu tashabbus yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va jamiyatdagi ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan. Shuningdek ishtirokchi qizlar bor mahoratlarini ishga solib, turli xil meva va sabzavotlar yordamida kaktel tayyorlash va karving san'atini oʻrgandilar.

Yangiliklar

 168

AFES–2025 Yozgi maktabi doirasida Samarqandga ilmiy-madaniy sayohat tashkil etildi

IAFES–2025 Xalqaro yozgi maktabi doirasida ishtirokchilar uchun O‘zbekistonning tarixiy va madaniy markazi — Samarqand shahriga ilmiy-madaniy sayohat uyushtirildi. “Sharq durdonasi” sifatida e’tirof etiladigan ushbu qadimiy shahar nafaqat mintaqa, balki butun insoniyat sivilizatsiyasi tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi.Dastur davomida ishtirokchilar Registon maydoni majmuasi, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi kabi betakror tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Temuriylar sulolasining buyuk vakili Amir Temur maqbarasi — Go‘ri Amir majmuasiga tashrif buyurish ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Maqbaraning noyob me’moriy uslubi, bezak san’ati hamda tarixiy ahamiyati barcha mehmonlarda chuqur hayrat uyg‘otdi. Mazkur sayohat ishtirokchilarning tarixiy va ma’naviy bilimlarini yanada boyitish, O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish bilan birga, turli davlatlardan kelgan jamoalar o‘rtasida madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

E'lonlar

 196

“Raqamli transformatsiya sharoitida biznesni tashkil etish va samarali boshqarish” mavzusida qisqa muddatli o'quv kursi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda – Oliy biznes maktabi) Italiyaning Milan shahrida Milan texnika universitetining Oliy menejment maktabi (POLIMI Graduate School of Business) bilan hamkorlikda 2025-yilning 22–26 sentabr yoki noyabr oyida “Raqamli transformatsiya sharoitida biznesni tashkil etish va samarali boshqarish” mavzusida qisqa muddatli kurs tashkil etmoqda.Mazkur qisqa muddatli o‘quv kursida ishtirokchilar raqamli transformatsiya sharoitida biznesni tashkil qilish, ularni strategik boshqarish, korporativ va loyiha boshqaruvini raqamlashtirish, biznesda sun’iy intellektni qo‘llash, korporativ boshqaruvda ESG-menejment, shuningdek, barqaror rivojlanishning xalqaro standartlari kabi mavzular bo‘yicha amaliy bilim va tajribalarga ega bo‘ladilar. Ishtirokchilar Italiyaning yetakchi kompaniyalariga, xususan EDISON, PIRELLI, ROLD, UNICREDIT tashrif buyuradilar.Ushbu o‘quv kursi ishtirokchilar uchun yuqori darajadagi tajriba va yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini taqdim etib, raqamli transformatsiya jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha ilg‘or amaliyotlardan foydalanishga imkon beradi. O‘quv kursining qiymati (havo yo‘llari chiptalari qo‘shilgan holda) bir nafar ishtirokchi uchun 43 559 000 so‘mni tashkil etadi. Mehmonxona va kunlik xarajatlar ishtirokchini yuborgan korxona yoki ishtirokchi tomonidan qoplanadi. Mazkur dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar Oliy biznes maktabiga murojaat qilishlari mumkin: ird@rgsbm.uz