Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yunusobod tumanidagi 288-maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi
Mazkur tadbir Toshkent arxitektura-qurilish universiteti psixologi M.
Obidova tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda 288-maktab psixologlari — Voxidova
Nigora Yakubjanovna hamda Karimova Munisa Mansurovna faol ishtirok etdilar.
Ekskursiya jarayonida o‘quvchilar universitetning zamonaviy
laboratoriyalari va o‘quv ustaxonalari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini
qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar. Shuningdek,
yoshlarga kelgusida to‘g‘ri kasb tanlash va oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuv bitiruvchi o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini
aniqlash, ularning qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat
qildi.
