Yangiliklar
E'lonlar
212
"YASHIL TASHABBUS" TANLOVI BILAN KELAJAKNI OʻZGARTIRING!
Sizda atrof-muhitni asrash boʻyicha innovatsion gʻoya yoki tayyor loyiha bormi? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun! Respublika miqyosidagi "Yashil tashabbus" tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov quyidagi 3 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi: A yoʻnalishi: Atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlarini yumshatish va chiqindilarni qayta ishlash. B yoʻnalishi: Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish. D yoʻnalishi: Innovatsion ekologik texnologiyalar, qurilmalar va veb-ishlanmalar. Tanlov nizomi bilan tanishing: Arizalar qabuli: 20-fevralga qadar.Hududiy bosqich: 15-martga qadar.Respublika bosqichi: 10-aprelga qadar. Arizalar faqat yashiltashabbus.uz platformasi orqali qabul qilinadi. ⚠️ Eslatma: Har bir ishtirokchi faqat bitta loyiha bilan qatnashishi mumkin. "Yashil energiya va innovatsion texnologiyalar orqali tabiatni asrashga oʻz hissangizni qoʻshing!
E'lonlar
233
TICA: Tailandda 2026-yilgi xalqaro magistratura va o‘quv kurslari
Tailand Xalqaro Hamkorlik Agentligi (TICA) tomonidan 2026-yilda Tailand xalqaro aspirantura dasturi (TIPP) hamda Yillik xalqaro o‘quv kurslari (AITC) doirasida magistratura dasturlari va qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilishi ma’lum qilindi.Mazkur dasturlarda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar: ingliz tilini mukammal darajada bilishi; belgilangan talab va mezonlarga to‘liq javob berishi lozim. Ma’lum qilinishicha, Respublikadan har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafargacha nomzod tavsiya etilishi mumkin.Tavsiya etilgan nomzodlarning: anketa va qayd etish (ro‘yxatdan o‘tish) formalarining asl nusxalari belgilangan muddatdan kamida 2 hafta oldin vazirlikka taqdim etilishi shart.Yillik xalqaro o‘quv kurslari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar, shuningdek magistratura dasturlariga oid anketalar va ro‘yxatdan o‘tish shartlari havolalari ilova qilingan Tashqi ishlar vazirligining rasmiy xatida keltirilgan. Qo‘shimcha ma’lumot uchun ilovalar bilan tanishishingiz so‘raladi. 1. Ilova batafsil ma'lumot... 2. Ilova batafsil ma'lumot...
Yangiliklar
452
Qurilish fakultetida dual ta’lim amaliyotda!
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish yo‘lida muhim qadam tashlandi. 2025/2026 o‘quv yilining bahorgi semestridan boshlab “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi hamda “O‘zshahar qurilish invest” MChJ hamkorligida dual ta’lim tizimi joriy etildi.2-fevral kuni kafedra dotsenti Norov Nusiratjon Nuralievich rahbarligida Qurilish fakultetining 4-bosqich talabalari uchun “Qurilish obyektlarini texnik ekspluatatsiyasi asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulotlar bevosita qurilish obyektlarida tashkil etildi. Mazkur amaliyotlar talabalar uchun real ish jarayonlari bilan tanishish, nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangiliklar
331
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida A. Kuatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida talabalar almashuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mutaxassislarni kafedralar o‘rtasida jalb etish, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda boshqa turdagi ilmiy va o‘quv adabiyotlarini birgalikda tayyorlash va nashr etish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi. Mazkur hamkorlik kelgusida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
E'lonlar
192
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Zakovat klubining 2-mavsum 1-tur o'yini bo'libdi o'tdi
24.01.2026 kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Zakovat klubining 2-mavsum 1-tur o'yini bo'libdi o'tdi. Unga ko'ra jamoalar quyidagicha natijalarni qayd etishdi:1. Iter Lenta - 10 ball2. Dinamo - 8 ball3. United - 8 ball4. IQ-IMPERIA - 6 ball5. Voyagers - 6 ball6. Art - 5 ball7. Elita - 4 ochko8. Me'ros - 4 ball9. Mind Hub - 3 ball10. Focus - 2 ball2-tur o'yini 31.01.2026 kuni soat 10:30da 4-bino 5-qavatda bo'lib o'tadi.Qatnashish istagidagi jamoalar ishtirokchilari soni minimum 3 ta va maximum 6 ta boʻlishi va o'yinlarga kechikmay kelishi talab etiladi. Bizni kuzatishda davom eting: Universitet zakovat klubiTAQU Yoshlar ittifoqi
E'lonlar
127
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Zakovat intellektual klubida 2-mavsum o'yinlari davom etadi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Zakovat intellektual klubida 2-mavsum o'yinlari davom etadi! Barcha iqtidorli, bilimdon va o'ziga ishongan talabalarni oʻyinga taklif qilamiz. 12ta turdan iborat boʻlgan Zakovat intellektual oʻyinining 2-turi bo'lib o'tadi. 31-Yanvar Soat: 10:30da 4-bino, 5-qavatda boʻlib o'tadi. Boshlovchi: Mahmudjonov Muhammadjon Qatnashish istagidagi jamoalar ishtirokchilari soni minimum 3 ta va maximum 6 ta boʻlishi va o'yinlarga kechikmay kelishi talab etiladi. Bizni kuzatishda davom eting: Universitet zakovat klubi TAQU Yoshlar ittifoqi
E'lonlar
428
Arifdjanova Zilola Dilshodovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Arifdjanova Zilola Dilshodovnaning 08.00.13 - Menejment. ixtisosligi bo‘yicha “Qurilish korxonalarida boshqaruv samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)” mavzusidagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 12-fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ( Bosh bino 502-majlislar zali).. e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89731174412?pwd=bFBngQrmxm0t7z9J7rRy2letvVzTzn.1
E'lonlar
292
Karimov Inomjon Ortikbayevichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Karimov Inomjon Ortikbayevichning 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Qurilish sanoati korxonalarida investitsiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 12-fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ( Bosh bino 502-majlislar zali).e-mail: devon@taqu.uzOnlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89731174412?pwd=bFBngQrmxm0t7z9J7rRy2letvVzTzn.1
Tadbirlar
254
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish profilaktik davra suhbati tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Qurilish fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, internet makonida yuzaga kelayotgan firibgarlik holatlarining oldini olish hamda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik M.R. Ma’murov hamda Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori, mayor A.K. Shodiyev, shuningdek Qurilish fakulteti talabalari ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida kiberjinoyatchilikning keng tarqalgan turlari, ularning huquqiy oqibatlari, raqamli xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda yoshlarning bu boradagi mas’uliyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib, kiberjinoyat holatlariga duch kelganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
