Yangiliklar

Yangiliklar

 174

IAFES - 2025 Xalqaro yozgi maktabida talabalar vaqtlarini mazmunli oʻtkazdilar

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "IAFES - 2025" workshopi davom etmoqda.Unda University of Malaya (Malayziya),Universiti Teknologi MARA (Malayziya),Universiti Sains Islam Malaysia – USIM (Malayziya),Inner Mongolia University (Xitoy),Satbayev University (Qozog‘iston),Sankt-Peterburg davlat arxitektura va qurilish universiteti (Rossiya)  va boshqa nufuzli universitet ishtirokchilari mahoratlarini ishga solib oʻzlarining milliy taomlarini tayyorladilar. Shuningdek taom tayyorlash jarayonida oʻzaro fikr almashib, bir-birlari bilan baham koʻrdilar. Tadbir soʻngida barcha faol ishtirokchilar kuy-qoʻshiqlarga raqsga tushib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazdilar.

Yangiliklar

 190

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Inner Mongolia University of Technology o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2025-yilning 7-avgust kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari va Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Inner Mongolia University of Technology delegatsiyasi o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.Mazkur uchrashuv doirasida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish kabi qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Yaqin istiqbolda imzolanishi rejalashtirilayotgan hamkorlik memorandumi ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik va ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Yangiliklar

 195

“Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sayohat tashkil qilindi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti talabalari va tyutori birgalikda “Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sayohat tashkil qilindi.Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Vatan bo'ylab sayohat qil!" shiori ostida Shahrisabz shahriga sayohat tashkil etildi.Talabalar Shahrisabzning boy tarixi va madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ular shaharning mashhur diqqatga sazovor joylarini, jumladan Amir Temur muzeyini va Ko’k gumbaz masjidini ham ziyorat qilishdi.Bu esa ularning bir-birlari bilan do'stlik aloqalarini o'rnatishga va birgalikda mazmunli vaqt o'tkazishlariga yordam berdi. Bu talabalar uchun nafaqat ko'ngilochar, balki ta'limiy ahamiyatga ega sayohat bo'ldi.

E'lonlar

 186

IAFES-2025 Xalqaro yozgi maktabining ikkinchi kuni faol va mazmunli tarzda o‘tdi

2025-yil 5-avgust kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida davom etayotgan IAFES – 2025 Xalqaro yozgi maktabining ikkinchi kuni yuqori kayfiyatda boshlandi.Dasturga muvofiq, bugungi kun Malayziyaning USIM universiteti jamoasiga bag‘ishlandi. Kun ertalab jismoniy mashg‘ulotlar va madaniy tadbirlar bilan boshlandi. Shundan so‘ng, USIM universitetining Arxitektura fakulteti dekani Dr. Nurul Syala tomonidan “Malayziyaning Kuala Terengganu shahri va Toshkentning Eski Shahar hududi dizayn tamoyillari” mavzusida ma’ruza taqdim etildi. Workshop doirasida ishtirokchi jamoalar kun davomida ularga berilgan topshiriqlar ustida ishladilar, loyiha konsepsiyalarini muhokama qilishdi hamda birgalikda tahliliy ishlarni olib bordilar.

Tadbirlar

 175

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport tadbiri oʻtkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida mahalla yoshlarini boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport tadbiri oʻtkazildi.Musobaqada Yunusobod tumanidagi "Otchopar-2", "Akbarobod", "Yunusobod" va "Yunus ota" mahalla yoshlari ishtirokida Estafeta, Workout va Stritbol sport turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Musobaqa natijalariga koʻra:1-oʻrin: Yunusobod;2-oʻrin: Akbarobod; 3-oʻrin: Yunus ota mahalla yoshlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

E'lonlar

 227

Germaniya Bundestagi prezidenti homiyligida universitet bitiruvchilariga mo‘ljallangan Xalqaro parlament stipendiyasi

Germaniya Bundestagi prezidenti homiyligida universitet bitiruvchilariga mo‘ljallangan Xalqaro parlament stipendiyasi joriy etilgan.Xorij tomoni mazkur stipendiya dasturida ishtirok etish uchun O‘zbekiston fuqarolarini taklif etmoqda.Mazkur dastur davomiligi 4 oy bo‘lib, 2026-yil 1-martdan 2026-yil 31-iyulga qadar davom etadi.Shuningdek, stipendiya bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ilovaga muvofiq yuborilmoqda. Ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar joriy yil 31-avgustga qadar onlayn tarzda info@tasc.diplo.de  e-mail manziliga PDF formatda ilovada keltirilgan xujjatlarni topshirilishi belgilangan.Talablar:   1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lish;   2. Oliy ma’lumotga ega bo‘lish;   3. Nemis tilini yuqori darajada bilish (kamida B2 daraja); 6. Yosh cheklovi – stipendiya beriladigan vaqtda 30 yoshdan oshmagan bo‘lish. Batafsil ma’lumot uchun:

Yangiliklar

 291

TOSHKENTDA “IAFES 2025” XALQARO ARXITEKTURA WORKSHOPI BOSHLANDI

Bugun 4-avgust kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “International Architecture Field Study – IAFES 2025” xalqaro arxitektura workshopi o‘z ishini boshladi.Mazkur xalqaro tadbirda Rossiya, Xitoy, Malayziya va O‘zbekistondan 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etmoqda. Jumladan, quyidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari workshopda faol qatnashmoqda:🫥University of Malaya (Malayziya),🫥Universiti Teknologi MARA (Malayziya),🫥Universiti Sains Islam Malaysia – USIM (Malayziya),🫥Inner Mongolia University (Xitoy),🫥Satbayev University (Qozog‘iston),🫥Sankt-Peterburg davlat arxitektura va qurilish universiteti (Rossiya)va boshqa nufuzli universitetlar.Workshop doirasida Toshkent shahri Eski Shahar hududi – poytaxtning tarixiy markazi sifatida asosiy loyiha obyekti etib belgilandi.Tadbirning asosiy maqsadi – turli davlatlardan kelgan ishtirokchilar tomonidan shaharning tarixiy muhitini zamonaviy arxitektura yondashuvlari asosida o‘rganish, tajriba almashish va innovatsion loyihaviy yechimlar ishlab chiqishdan iborat.Tadbirning tantanali ochilish marosimida Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A. Tulaganov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston va xorijdan tashrif buyurgan yetakchi arxitektorlar, yirik kompaniyalar vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari qatnashdi.Dastlabki sessiyalar doirasida ishtirokchilar o‘zaro tanishib, ilmiy-amaliy tajriba almashdilar hamda loyiha yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar. “IAFES 2025” workshopi 4–10 avgust kunlari davom etadi. Ushbu haftalik jarayon davomida xalqaro guruhlar Eski Shahar hududida joyida tadqiqotlar olib borib, yakuniy loyihaviy takliflarini taqdim etishadi.Dastur doirasida qo'shimcha ma'lumotlarni  http://iafest.taqu.uz orqali olishingiz mumkin.

Tadbirlar

 215

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Qurilish muhandisligi” kafedrasining o‘quv kompyuter xonasida talabalarga mo‘ljallangan “Лира САПР 2022 dasturida ko‘p qavatli binolarni modellashtirish va hisoblash” mavzusida amaliy master-klass darslari o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulotlar kafedra katta o‘qituvchilari D.Q. Saydullayeva va A.A. Azimov tomonidan olib borildi.Tadbir davomida talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini real loyihalar asosida amaliyotda sinab ko‘rishdi.Ko‘p qavatli binolarning zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida konstruktiv modellari yaratildi va texnik hisobi bajarildi. Mashg‘ulotlar talabalarning mustaqil fikrlashi, muammolarni tahlil qilish va texnik yechimlar ishlab chiqish ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.

Yangiliklar

 188

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Xitoylik professorlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamkorligida Xitoy Xalq Respublikasining Chjeszyan qurilish kollejidan tashrif buyurgan professorlar Yang Yang, Wang Jinghui, Chen Jia hamda Zhang Yaoyao ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.Mazkur seminar-treningda universitet professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, shuningdek, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti negizidagi Sergeli tumani politexnikumi, Olmaliq qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi, Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi hamda Qashqadaryo arxitektura va qurilish texnikumi kabi professional ta’lim muassasalari rahbar xodimlari qatnashdi. Tadbir davomida arxitektura va qurilish sohasidagi zamonaviy va dolzarb mavzular muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar. Seminar-trening samimiy va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tdi.