Yangiliklar
E'lonlar
15
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakulteti O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi PhD, v.b.professor M.M.Qambarova tomonidan “Public speaking for urban projects” mavzusida ochiq dars o‘tkaziladi.Sana: 16-dekabr 2025-yilVaqt: 11:30 – 12:50 Joy: 2-bino, 420-xona
E'lonlar
16
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Sizlarni 2025-yil 15-dekabr kuni soat 13:30 da Muhandislik fakultetining 3-binosi, 502-auditoriyasida “Binolarning energiya tejamkorlik kommunikatsiyalari” fanidan “Oqova suv qabul qiluvchilar, gidravlik zatvorlar, ularning tuzilishi va ishlash prinsiptlari” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi v.v.b dotsenti Abbasova Adiba Ozodovna
E'lonlar
15
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti, “Muhandislik grafikasi” kafedrasi dotsenti N.A.Aripova tomonidan “Pedagogning innovatsion faoliyati” mavzusida ochiq dars o‘tkaziladi.Sana: 19-dekabr 2025-yilVaqt: 13:30 – 14:50Joy: 1-bino, 106-xona
E'lonlar
56
Diqqat e'lon
Professor-o‘qituvchilar va talabalar diqqatiga! 17 dekabr 2025 yil soat 15-00 da, Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 3-binosi 106-xonada Issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarning energiya samaradorligi fanida “Energiya samarador issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarning ekspluatatsion xossalarini prognozlash” mavzusi bo‘yicha ochiq darsga (ma’ruza) taklif etamiz.68-23 ATo‘z, 69-23 ATo‘z Ma’ruzachi: “Qurilish va atrof-muhit muxandisligi” kafedrasi professor v.b. Majidov S.R.
Yangiliklar
0
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Halollik soati” nomli interaktiv suhbat tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari hamda tyutorlar boshchiligida barcha fakultetlarda talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida chuqur tushuncha berish hamda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash maqsadida “Halollik soati” nomli interaktiv suhbat tashkil etildi.Unda korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi.Suhbat davomida talabalar halollik, mas’uliyat, vijdon va adolat tamoyillarining hayotdagi o‘rnii borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirlar
82
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Penopleks” kompaniyasi ishtirokida seminar tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalarni soha bo‘yicha yetuk mutaxassis sifatida shakllantirish, ularni amaliyotga yaqinlashtirish va mavjud hamkorliklarni yanada mustahkamlash maqsadida “Penopleks” kompaniyasi mas’ul xodimi Maxmud Jamalov ishtirokida seminar tashkil etildi.Tadbirda “Qurilish materiallari va konstruktsiyalari texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etdilar.Seminar davomida:talabalar egallashi zarur bo‘lgan zamonaviy ko‘nikmalar,xalqaro sertifikatlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni,muvaffaqiyatli karyera qurish uchun muhim omillar kabi mavzular atroflicha yoritildi. Uchrashuv davomida talabalarning qiziqarli savollariga javob berildi, sohaga oid amaliy tavsiyalar taqdim etildi hamda universitet va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorliklarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Yangiliklar
90
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yangi tashabbus!
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 1-bosqich talabalari orasidan “Aksilkorrupsiya volontyorlari” guruhi tashkil etildi. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi — ta’lim muassasamizda halollik, shaffoflik va adolat tamoyillarini rivojlantirish, shuningdek, yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni kuchaytirishdan iborat. Volontyorlarning dastlabki yig‘ilishida guruhning vazifalari, kelgusidagi rejalari hamda amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar yuzasidan muhokamalar olib borildi. Talabalar tashabbuskorlik bilan, faol va yuqori qiziqish bilan ishtirok etishdi.
Tadbirlar
75
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va G.V. Plekhanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida onlayn vebinar tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ijrosini ta’minlash, shuningdek, o‘zaro ilmiy-amaliy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tashabbusi bilan G.V. Plekhanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti bilan online vebinar o‘tkazildi.Tadbirda Menejment fakultetining 2-bosqich 57-24, 60-24 hamda 1-bosqich 44-25, 46-25 guruhlari talabalari faol ishtirok etdilar. Vebinar ma’ruzasini mazkur universitetning Oliy ijtimoiy-gumanitar fanlar maktabi chet tillar kafedrasi lektori Armine Eduardovna Grigoryan ingliz tilida olib bordi.Vebinarda quyidagi mavzularda dolzarb ma’ruzalar taqdim etildi:“What Marketing Mix Models Show Advertisers”“The Most Effective Advertising Techniques in Digital Era”Tadbir davomida talabalar amaliy mashg‘ulotlarda yuqori faollik ko‘rsatib, mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ma’ruzalar global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishni maqsad qilgan yoshlar uchun muhim nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oldi. Shuningdek, talabalar zamonaviy boshqaruv, jamoaviy ish, marketing va reklama sohalariga oid xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishdilar hamda ingliz tilidagi ilmiy-amaliy terminlar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga erishdilar.
Tadbirlar
138
Toshkent arxitektura-qurilish unversitetida Aksilkorrupsiya kovorking markazi faoliyatining 2025-yil yakunlariga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi o‘tkazildi
Tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i N. Kurbanova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov, universitet profilaktika katta inspektori mayor A. Shodiyev, Yoshlar yetakchisi Sh. Mirzaaxmedov, Registrator offisi menejeri L. Xalmamatova hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.Yig‘ilishni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov olib bordi. Unda markaz tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i N. Kurbanova ta’kidlashicha, ayrim fakultetlarda talabalarning turli o‘quv platformalari, masofaviy modullar, antikorrupsiya yo‘nalishidagi interaktiv mashg‘ulotlar va raqamli resurslarda ishtirokining yetarli emasligi kuzatilmoqda. Bu holat markaz faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlariga to‘liq erishishda sezilarli to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi. Shuningdek, universitet profilaktika katta inspektori mayor A. Shodiyev talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyat va huquqiy ongni oshirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish, profilaktika yo‘nalishida yangi pedagogik yondashuvlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.
