Finlandiya va Shvetsiyada xorijiy malaka oshirish kursi
Professor-o‘qituvchilar uchun Finlandiya va
Shvetsiyada xorijiy malaka oshirish kursi
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF–27-son Farmoni hamda 2020-yil
6-noyabrdagi PQ–4884-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim
muassasalarida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, professor-o‘qituvchilar
va rahbar kadrlarning xorijda malaka oshirishini tashkil etish bo‘yicha tizimli
ishlar amalga oshirilmoqda.
2024–2030-yillarda
professor-o‘qituvchilarni xorijiy davlatlarga tajriba almashish uchun yuborish
rejasi ishlab chiqilgan.
Shuningdek, Oliy ta’lim
tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Xalqaro
Nordik universiteti hamda Prime Education Finland (Finlandiya)
ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida oliy ta’lim
muassasalari rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilari uchun “Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida 1 oylik (144 soat) malaka
oshirish kursi tashkil etiladi.
📌
Kurs haqida ma’lumot:
- Muddat:
2026-yil fevral–mart
- Format:
- 16–28
fevral — 72 soat (BIMMda)
- 2–13 mart — 72 soat (Finlandiya va Shvetsiyada,
TOP–500 OTMlarda)
- Ishtirokchilar: OTM rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari
- Til talabi: talab etilmaydi (tarjimon jalb qilinadi)
- Xorijdagi
malaka oshirish muddati: 14 kun
🎓
Tinglovchilarga beriladigan hujjatlar:
- Davlat
namunasidagi malaka attestati
- Xorijiy
malaka oshirganlik sertifikati
- Xorijiy universitetda dars o‘tgani haqida
ma’lumotnoma
🗓 Hujjat topshirish muddati:
2026-yil 26-yanvarga qadar
📩
Hujjatlarni yuborish manzillari:
- Elektron pochta: niu_edu@exat.uz
- Telegram:
https://t.me/yuldashev0121
Batafsil
ma’lumot:
☎ Murojaat uchun:
+998
94 666 78 19
Mas’ul shaxs: Shukrullo Yuldashov

