Yangiliklar

E'lonlar

 160

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Munozara” debat musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 25-sentabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Munozara” debat musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning Arxitektura fakultetidan “Arxitektor”, “Zukkolar”, “TAQU DEBAT”, “Zehn”, Qurilish fakultetidan “Notiqlar”, “Yuksalish”, “Idrok”, Menejment fakultetidan “Yangi nigoh”, “Strateglar”, “Fikr maydoni”, “Intelekt”, Muhandislik fakultetidan “Tafakkur”, “Notiqlar”, “Argument” jamoalari faol ishtirok etishdi.    Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash, notiqlik, dalillar asosida fikr yuritish hamda munozara olib borish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.   Hakamlar hayatining yakuniy natijalariga ko‘ra, Muhandislik fakultetining “Tafakkur” jamoasi munosib ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Gʻoliblar diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Tadbirlar

 153

“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi

“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi doirasida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan fotoalbomlar mazmun-mohiyati, mavzuni yoritish darajasi, ijodiy yondashuv, fotosuratlarning sifati va o‘ziga xosligi, kompozitsion yechim hamda tanlov talablariga muvofiqligi kabi mezonlar asosida ko‘rib chiqildi. Belgilangan hakamlar hayati qaroriga koʻra universitetning quyidagi talabalari gʻolib deb topildi (hakamlar hayati bayonnomasi ilova qilinadi). 1-oʻrin – Arxitektura fakulteti talabasi – Safaraliyev Ozod 2-oʻrin – Arxitektura fakulteti talabasi – Abdushukurov Abduvohob 3-oʻrin – Muhandislik fakulteti talabasi – Komilov Asad “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovida esa ishtirokchilarning ijrochilik mahorati, ovoz imkoniyatlari, sahna madaniyati, qo‘shiqni ijro etish sifati, repertuarning mazmuni, badiiy va ijodiy yondashuvi hamda tomoshabinlarga ta’sirchan yetkazib berish darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Berilgan e’lon asosida mazkur tanlovlar 2026-yil 28-sentyabr kuni “Eng yaxshi qoʻshiq” tanlovi belgilangan tartibda, yuqori saviyada va tashkiliy jihatdan puxta tashkil etilib, o‘tkazildi. Tanlov jarayonida ishtirokchilarning teng huquqli ishtiroki ta’minlanib, ularning ijodiy ishlari va chiqishlarini xolis baholash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Belgilangan hakamlar hayati qaroriga koʻra “Eng yaxshi qoʻshiq” tanlovida quyidagi talabalari gʻolib deb topildi (hakamlar hayati bayonnomasi ilova qilinadi). 1-oʻrin – Arxitektura fakulteti talabasi – Qoʻyliyev Sardor 2-oʻrin – Qurilish fakulteti talabasi – Ulugʻbekov Otabek 3-oʻrin – Muhandislik fakulteti talabasi – Abduqosimova Munira Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning natijalari umumlashtirilib, tasdiqlangan baholash mezonlari asosida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Tanlov natijalari koʻra gʻolib boʻlgan talabalar diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Yangiliklar

 267

“Yashil qo‘llar” — tozalik tadbirida faol ishtirok etdik!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari hamda tyutor N. Xidoyatova boshchiligida “Yashil Qo‘llar” tozalik tadbirida faol ishtirok etdik. Atrof-muhitni asrash, hududlarimizni obodonlashtirish va tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish — barchamizning muhim vazifamizdir. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan yurtimiz obodligi va ekologik tozaligiga o‘z hissamizni qo‘shdik! Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir! Toza va obod muhit yaratish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz! Yashil qo‘llar — obod yurt sari!

Tadbirlar

 163

Yosh ekologlar amaliy mashg‘ulotlarda bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi "Yosh ekologlar" qanoti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "Eko volontyorlar" loyihasining II mavsumi doirasida navbatdagi tadbirlar ham qiziqarli tarzda, amaliy mashg‘ulotlar bilan o‘tkazildi.Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekistondagi ekologik muammolar, ularni hal etishda jamoat tashkilotlarining o‘rni, shuningdek, ekologiya va inson salomatligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi."Ekolog.uz" rahbari, taniqli eko-jurnalist Nargiza Qosimova "O‘zbekistonda ekologik muammolarga qarshi Ekolog jamoat birlashmasi qanday kurashmoqda?" mavzusida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berdi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 6-kurs talabalari, "Salomatlik volontyorlari" koordinatorlari Ilyosbek Tojialiyev va Abdulaziz Abduhamidov ishtirokchilarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur ma’lumot va amaliy tavsiyalarni berdilar.

Tadbirlar

 159

“Eko-volontyorlar” loyihasining yangi mavsumiga start berildi!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari “Eko-volontyorlar” loyihasining 2-mavsumida faol ishtirok etdilar. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida “Eko-volontyorlar” loyihasining yangi mavsumiga start berilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga intilayotgan faol yoshlar jamlandi. Loyiha doirasidagi ilk trening mashg‘ulotida uning maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyati, amalga oshirilgan amaliy ishlar hamda kelgusidagi tashabbuslar haqida ma’lumotlar berildi. Trening davomida yoshlarning jamoaviy faoliyatini rivojlantirish, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni asrash va aholining ekologik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan g‘oyalar yuzasidan fikr almashildi.Yashil kelajak — bugungi ezgu tashabbuslarimizdan boshlanadi! Biz tabiatni asrashga befarq emasmiz!  

E'lonlar

 199

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

E'lonlar

 268

Qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish imtihonlari natijalari

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 2026-yil 23-sentabr kuni o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.    Imtihon o‘tkazilgan ta’lim yo‘nalishlari:🔹 70730102-Arxitekturanazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash    Eslatma:    Imtihon komissiyasi tomonidan tasdiqlangan natijalarni qayd etish varag‘iga asosan, imtihonda ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 30 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda, abituriyent imtihondan o‘tgan hisoblanadi.

E'lonlar

 223

Raxmatillayeva Zilola Zokirjon qizining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Raxmatillayeva Zilola Zokirjon qizining 18.00.02 – «Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi» (texnika) ixtisosligi bo‘yicha “Arxitektura muhitini loyihalash jarayonlarini sun’iy intellekt vositalari yordamida optimallashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.T.03.M  raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 5-oktyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, 4-bino 5-qavatda Faollar zalida. e-mail: devon@taqu.uzOnlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…

E'lonlar

 235

Hurmatli abituriyentlar va talabalar!

    Hurmatli abituriyentlar va talabalar!   2026/2027 o'quv yilida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining bakalavriat va magistraturasida o'qish istagini bildirgan abituriyentlar, shuningdek, o'qishi ko'chirilgan (ko'chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalarga diqqatiga!    Bazaviy to'lov-kontrakt bo'yicha bir yillik oʻqitish qiymatining 25%    Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt bo'yicha bir yillik o'qitish qiymatining 50%miqdoridagi to'lovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so'nggi muddati 2026-yil 15-oktabr (shu kuni ham)    To'lovlarni belgilangan muddatda amalga oshirish va talabalikka qabul qilishni rasmiylashtirishni kechiktirmaslik so'raladi.  Mazkur muddat O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 19-sentabrdagi 02/29-8141-son xati asosida belgilangan.     Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.