Yangiliklar
E'lonlar
66
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari diqqatiga!
Yangi o‘quv yilida dars mashg‘ulotlari quyidagi vaqtlar asosida tashkil etiladi:🕜 1-smena — 08:00🕜 2-smena — 13:30🕜 3-smena — 18:00 O‘zingizga biriktirilgan guruh va dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarda o‘z vaqtida ishtirok etishingizni so‘raymiz.
E'lonlar
272
IQAC 2026-yil 28-avgust kunlari o'tkazilgan qabul imtihoni natijalari
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Britaniya ta'lim dasturlarining quyidagi yo'nalishlari bo'yicha 2026-yil 28-avgust kunlari o'tkazilgan qabul imtihoni natijalari e'lon qilindi:⚡️Arxitektura - o'zbek va ingliz tili guruhlari⚡️Biznes boshqaruvi - ingliz va oʻzbek tili guruhlari⚡️Axborot xavfsizligi- oʻzbek tili guruhi NATIJALARNI KO'RISH (ustiga bosing) Qabul qilinganlar quyidagi telegram profiliga aloqaga chiqishlari so'raladi: 🔹 @admissions_IQAC
E'lonlar
691
TAQU 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil oluvchi talabalar uchun stipendiyasiz, bir yillik to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.2026/2027 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari To‘lov-kontraktni oshirish to‘g‘risida
E'lonlar
173
O‘zbekistonda in’ektsiya texnologiyalari!
O‘zbekistonda in’ektsiya texnologiyalari! ✔️ Yoriqlarni to'ldirish va mustahkamlash ✔️ Suv o‘tkazmaslik ✔️ Mineral in’eksiya ✔️ Tarixiy binolarni saqlash ✔️ Professional o‘qitish Germaniya sifati + TAQU Ilmiy tadqiqot laboratoriyasi Manzil: 100149, Toshkent, Yunusobod, Yangi shahar ko‘chasi 9a-uy Telegram: +998 91 785 77 72 Mas'ul xodim: Popov Aleksandr Pavlovich
E'lonlar
175
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Sun’iy intellekt (AI) dan foydalanishda axborot xavfsizligi” mavzusida bo‘lib o‘tkaziladigan seminar-treningga taklif etamiz
Hurmatli xodimlar, professor-o'qituvchilar va talabalar! Sizlarni 2026-yil 9-sentyabr kuni soat 10:30 da 3-blok 401-xonada "Sun'iy intellekt (AI) dan foydalanishda axborot xavfsizligi" mavzusida o'tkaziladigan seminar-treningga taklif etamiz. Seminarda Raqamlashtirish va korporativ ma'lumotlar markazi mutaxassislari tomonidan sun'iy intellekt xizmatlaridan foydalanishda xizmat ma'lumotlarini himoya qilish, maxfiy va shaxsiy ma'lumotlarni AI tizimlariga kiritish bilan bog'liq xavflar hamda ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari to'g'risida atroflicha ma'lumot beriladi. Barchangizni ishtirok etishga taklif qilamiz!
E'lonlar
150
Buranov Samandar Baxtiyorovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi seminari haqida e’lon
Buranov Samandar Baxtiyorovichning 18.00.02 – «Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi» (texnika) ixtisosligi bo‘yicha “Shahar yo‘lovchi transport tizimida yo‘lovchilar oqimini shakllantirish masalalari (Toshkent shahri misolida)” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.T.03.M raqamli Ilmiy kengashning qoshidagi ilmiy seminarning 2026-yil 4-sentaybr kuni soat 16:00 dagi majlisida muhokama qilinadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 2-bino 1-qavatda 111-xona. E-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
116
Rashidov Sardor Ulug‘bek o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi seminari to‘g‘risida
Rashidov Sardor Ulug‘bek o‘g‘lining 18.00.02 – «Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi» (texnika) va 05.09.01 – «Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar» tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Ko‘p kvartirali uylarning texnik holati monitoringi tizimini raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi seminari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.T.03.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy seminarning 2026-yil 4-sentaybr kuni soat 14:00 dagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 2-bino 1-qavatda 111-xona. E-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
156
Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
E'lonlar
107
Pulatov Shaxron Axmedovichning iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Pulatov Shaxron Axmedovichning 08.00.13 - “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Investitsion-qurilish kompleksida loyiha boshqaruvini takomillashtirish yo’llari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 8-sentyabr kuni sanasida soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavatda Faollar zalida ( Bosh bino 502-majlislar zali).. E-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
