Yangiliklar
Tadbirlar
239
Haykaltaroshlik va tasviriy san’at to‘garaklari o‘z faoliyatini qizg‘in davom ettirmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalarning amaliy mahoratini oshirishga qaratilgan haykaltaroshlik va tasviriy san’at to‘garaklari o‘z faoliyatini qizg‘in davom ettirmoqda.Arxitektura va dizayn yo‘nalishi talabalari uchun hajmli-fazoviy fikrlash hamda materiallar bilan ishlash birinchi galdagi kasbiy ko‘nikmadir. Tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarligida o‘tayotgan mashg‘ulotlarda yoshlar: Klassik va zamonaviy haykallar, fasad bezaklari hamda relyeflarni;Park va favvoralar uchun kichik me’moriy shakllarni loyihalashni;Loy va gips orqali bino hamda haykalning o‘zaro mutanosibligini (mashtab, simmetriya, dinamika) amalda his etishni o‘rganishmoqda.To‘garak mashg‘ulotlari talabalarning ijodiy salohiyatini charxlab, ularni kelajakning yetuk arxitektor va dizaynerlari bo‘lib yetishishlarida xizmat qiladi.Kelajak me’morchiligi — san’at va mahorat birlashgan joyda yaratiladi!
Tadbirlar
130
Korrupsiyasiz ta’lim - adolatli kelajakning kafolati
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida korrupsiyaning oldini olish, akademik halollik va talabalarda halollik tamoyillarini shakllantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda Muhandislik fakulteti talabalari hamda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi vakillari ishtirok etdi.Suhbat davomida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, halol bilim olish, imtihon va topshiriqlarni mustaqil bajarish, plagiat hamda noqonuniy yo‘llar orqali baho olishning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalarga universitetda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaat qilish uchun maxsus aloqa kanallari faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumot berildi.
Tadbirlar
115
Yoshlar ittifoqi tomonidan Zakovat intelektual o‘yini o‘tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yoshlar ittifoqi tomonidan Zakovat intelektual oʻyini oʻtkazildi.Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilimi, mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilishi va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyish etdilar. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar davomida jamoalar murakkab savollarga javob topish uchun o‘zaro bellashdilar.G‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Zakovat — bu nafaqat bilim, balki fikrlash, izlanish va jamoa bilan birgalikda g‘alaba sari intilishdir!
Tadbirlar
113
Qizlarjon klubi o‘z faoliyatini boshladi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi S.Aliboyeva va tyutorlar boshchiligida "QIZLARJON KLUBI" aʼzolari bilan birgalikda pazandalik sirlari boʻyicha master klass boʻlib oʻtdi. Talaba qizlarga oziq-ovqat mahsulotlarining vitaminli balansini saqlash va roʻzgʻor yuritishda tejamkorlik usullari, taomlarni estetik va chiroyli tortish, milliy hamda zamonaviy dasturxon odoblari oʻrgatildi.
Tadbirlar
124
“Tikuvchilik san’ati” toʻgaragi davom etmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 1-sonli TTJda N.Mamanova talaba-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Tikuvchilik san’ati” to‘garagi tizimli davom etmoqda. Tikuvchilik san’ati to‘garagi talaba-yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy kasb-hunar sirlariga o‘rgatish hamda iste’dod va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
E'lonlar
292
Xalqaro ta'lim sari yo'lingizni Toshkentdan boshlang!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi (SIP) 2026/2027-o‘quv yili uchun qabulni boshladi!Oliy maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–269-son qarori asosida tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasidir.Xalqaro ta’lim yo‘liTa’limni Toshkentda boshlang va 1+3, 2+2, shuningdek 1+1 modeli orqali Buyuk Britaniyadagi hamkor universitetlarda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ling.Ingliz tilida ta’limDarslar ingliz tilida malakali mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokida olib boriladi.“El-yurt umidi” orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiBelgilangan talablarga javob beruvchi talabalar uchun O‘zbekistondagi Foundation bosqichi hamda keyinchalik xorijda ta’limni davom ettirish xarajatlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyati nazarda tutilgan.2026/2027-o'quv yili uchun yo'nalishlar:"IT (Axborot xavfsizligi)""Biznes boshqaruvi"Ariza topshirish: ARIZA TOPSHIRISHTelegram: @sip_admission | +998 87 649-10-44Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 9A-uySIP - Xalqaro ta'lim imkoniyatlari sari yo'l Toshkentdan boshlanadi!
E'lonlar
188
TAQU huzuridagi seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutida oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirish boshlandi!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutida oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirish boshlandi! Institut 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlarni qabul qiladi. Hujjat topshirish muddati: 15-sentabrdan 15-oktyabrgacha Arizalarni quyidagi elektron tizimlar orqali topshirish mumkin: 🔹daraja.ilmiy.uz — Yagona ilmiy darajalar elektron tizimi 🔹my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali2027-yil uchun mavjud ixtisoslilar: 🔹Seysmik xavfsizlik (05.10.03) 🔹 “Geotexnika” (Аsoslar, poydevor va yer osti inshootlari. Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi) (05.09.02) Jami: PhD — 2 ta Stajyor-tadqiqotchi — 2 ta Umumiy — 4 ta o‘rinMuhim: Hujjatlarni belgilangan muddatda va elektron tizim talablari asosida to‘liq rasmiylashtirib topshirish lozim. Telefonlar: (+99897) 404-14-27E-mail: info@naris.uz
E'lonlar
1027
2026/2027-o‘quv yili uchun magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi!
Magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari bilan belgilangan tartibda tanishishingiz mumkin. Magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalariBarcha magistraturaga qabul qilingan talabalarni tabriklaymiz va kelgusi ta’lim faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!Eslatma: o'qishga tavsiya etilgan abituriyentlar 18-sentabrgacha tegishli hujjatlarni bosh bino 701-xonaga kelib rasmiylashtirishingiz so'raladi. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
E'lonlar
344
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 2026 yil 08 sentyabr kuni o‘tkazilgan imtihon natijalari
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 2026 yil 08 sentyabr kuni o‘tkazilgan imtihon natijalari. 💠 70730401-Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji 💠 70730102-Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash 💠 70410102-Iqtisodiyot 💠 60410100-Iqtisodiyot bakalavr Eslatma: O‘tkazilgan imtihon komissiyasi tomonidan tasdiqlangan natijalarni qayd etish varag‘iga asosan, imtihon komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 30 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda, abituriyent imtihondan o‘tgan hisoblanadi.
