Yangiliklar
Yangiliklar
113
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Milliy qadriyatlar koʻrgazmasi” boʻlib oʻtdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakultetida Talabalar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Y.G.Mamasharipov va fakultet tyutorlari boshchiligida talaba-yoshlar bilan birgalikda “Milliy qadriyatlar koʻrgazmasi” boʻlib oʻtdi.Koʻrgazmada chizilgan milliy naqshlar, sapol buyumlariga tushirilgan naqshlar, talaba qizlar tomonidan tikilgan milliy liboslar bilan bezatildi. Shuningdek, “Muhandislik grafikasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Berdiyev F., Bekmirov A., Ergashev A. tomonidan koʻrib chiqib baholandi.Amaliy sanʼat asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda oʻzining koʻrinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati va kayfiyatiga ijobiy ta'sir koʻrsatadi.
E'lonlar
137
Korrupsiyaga qarshi kurash – har birimizning burchimiz!
Universitetda o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida talabalar ishtirokida maxsus videorolik tayyorlandi. Shuningdek, halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib qilish maqsadida #STOPKORRUPSIYA xeshtegi ostida chelenj yo‘lga qo‘yildi.
E'lonlar
139
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalar o'rtasida tanlov eʼlon qiladi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalar o'rtasida tanlov eʼlon qiladi.Tanlovda:Universitet logotipi;Tashrif qogʻozi;Madhiyasi va vizual identifikatsiyasini yaratish orqali ishtirok etishingiz va oʻz iqtidoringizni namoyish qilishingiz mumkin. Murojaat uchun: Gaziyeva Nazokat Tel: +998977676160
E'lonlar
123
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Sizlarni 2025-yil 15-dekabr kuni soat 13:30 da Muhandislik fakultetining 3-binosi, 208-auditoriyasida “Bog’lovchi moddalar” fanidan “Magnezial bog’lovchi moddalar” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi dotsent, texnika fanlari nomzodi Qodirova Dilorom Sharipovna
Yangiliklar
121
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va sog‘lom muhit yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borildi.
Ekologiyaga befarq bo‘lmagan talaba-yoshlar hamda universitet hodimlari birgalikda universitet hududini tozalash ishlarini amalga oshirdilar. Yo‘laklar, piyodalar yo‘nalishlari hamda yashil maydonlar chang va to‘kilgan bargalardan tozalandi.Shuningdek, hududdagi barcha daraxtlar va yashil maydonlar suv purkagichlar yordamida namlantirilib, changdan xoli qilindi. Bu amaliy ishlar universitet hududining yanada toza, saranjom va qulay bo‘lishiga xizmat qildi. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kelgusida ham ekologik xavfsizlik va toza muhitni ta’minlash bo‘yicha izchil ishlarni davom ettiradi.
E'lonlar
104
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Sizlarni 2025-yil 26-noyabr kuni soat 15:00 da Muhandislik fakultetining 3-binosi, 105-auditoriyasida “Pardozlash va issiqlik izolyatsion materiallar” fanidan “Tabiiy toshlar va sun’iy materiallar asosidagi pardozbop plitalar” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi professori, texnika fanlari nomzodi Shakirov Tuyg’unjon Turg’unovich
Yangiliklar
122
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida arxitektura-qurilish sohalarida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Germaniyada o‘tkazilayotgan Birinchi O‘zbekiston–Germaniya rektorlar forumi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Bahrom Tulaganov va Karlsruhe shahrida joylashgan Mondus Consult kompaniyasi direktori Dr. Frank Gericke o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni quyidagi yo‘nalishlarda kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.O‘qituvchi va talabalarning o‘zaro almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yishIlmiy va amaliy stajirovkalarni tashkil etishDolzarb mavzular bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishDual ta’lim asosida talabalar uchun yozgi amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi nafaqat oliy ta’lim sohasidagi, balki shaharsozlik, yo‘l va transport muhandisligi, atrof-muhit muhofazasi kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.
E'lonlar
101
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Sizlarni 2025-yil 25-noyabr kuni soat 15:00 da TAQU ning 3 bino 104 auditoriyasida “Issqilik texnik uskunalari” fanidan “Silikat betonlar” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi dotsent v.b. Yeshbayeva Fardia Rismatillayevna
Yangiliklar
103
22-noyanbr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida GAT kuni munosabati bilan ilmiy amaliy seminar bo'lib o'tdi
Tadbirda Qishloq Xo'jaligi vazirligi Agrokosmik texnologiyalarni joriy qilish bo'limi boshlig'i Maxsudov Bobomurod Yuldoshovich, Respublika aerogeodeziya markazi direktorining birinchi o'rinbosari Mayinov Shuhrat Qo'chqorovich, O'zGASHKLITI Texnik siyosat va axborot ta'minoti departament direktori Primov Azimjon Baxridinovich, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Qurilish muhandisligi va arxitektura kafedrasi mudiri Usmanov Saidislomxon Mannonovich, Mineral resurslar instituti DM xodimi Goipov Akram Bayramovich, Toshkent shahar hokimligi, Raqamli rivojlanish departamenti, Geoaxborot tizimlari bo'limi boshlig'i Shermanov Utkir Ortiqovich, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Geomatika muhandisligi kafedrasi professor-o'qituvchilari, bir nechta tashkilotlardan mutaxassislar va bir qancha universitetlardan professor-o'qituvchilar, hamda talabalar ishtirok etishdi.Geoaxborot tizimlari hozirgi kunda dolzarb yo'nalishlardan biri bo'lib, davra suxbatida "Yer hisobini yuritish va qishloq xo'jaligi xaritalarini yaratishda raqamlashtirish", "O'zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari", "ArcGIS Pro platformasida Empirical Bayesian Kriging asosidagi fazoviy-statistik interpolatsiya va 3D fizik-geologik modellashtirish", "Shaharsozlik faoliyatini geoaxborot bilan ta'minlashda Topografiya ma'lumotlar bazasining o'rni" va "Yashil Toshkent Loyihasi" mavzularida muhokamalar bo'ldi. Talabalar va soha mutaxassislari ma'ruzalarni tinglash davomida qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ushbu tadbir natijasida talabalar O'zbekiston Respublikasida geoaxborot tizimlarida bajarilayotgan loyiha va ishlar haqida ma'lumotga ega bo'lishdi.
