Toshkent arxitektura-qurilish universitetida amaliy mashg‘ulot doirasida "ARTON" zavodiga ekskursiya tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti
"Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi" kafedrasi
professor-o'qituvchilari tomonidan “Pardozlash va issiqlik izolyatsiya
materiallar” fanidan talabalar uchun amaliy mashg‘ulot doirasida fakultetning
69-22 QMBr va 75-22 MYaMTr guruhlari talabalari uchun "ARTON (East Mining
Invest)" gazoblok ishlab chiqarish zavodiga 1 kunlik ekskursiya tashkil
etildi.
Mazkur ekskursiya qurilish materiallarni
bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan mustahkamlash maqsadida
tashkil etildi. Uchrashuv davomida
talabalar «ARTON (East Mining Invest)» gazoblok ishlab chiqarish zavodi
faoliyati, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda sohadagi ilg‘or
texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
