Yangiliklar

E'lonlar

 140

Avstriya grand dasturi

Avstriya Respublikasining Ta’lim, fan va tadqiqotlar vazirligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun TAQU talabalari, tadqiqotchilari hamda professor-o‘qituvchilari uchun xalqaro stipendiyalar (grantlar) ajratilishi e’lon qilinadi. Mazkur stipendiyalar haqida batafsil ma’lumotni www.grants.at rasmiy veb-sayti orqali olishingiz mumkin.

Yangiliklar

 210

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari bilan uchrashuvlar o'tkazdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom To‘laganov  boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning yirik sanoat va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari — Daito Trust Construction, Daiwa House hamda Mitsui Sumitomo rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.Mazkur kompaniyalar global miqyosda yetakchi o‘rinlarni egallagan bo‘lib, Daito Trust Construction kompaniyasining yillik aylanma mablag‘i 11,5–12 mlrd AQSH dollarini, dunyo bo‘ylab 26 ta ofisga ega Daiwa House kompaniyasining yillik aylanma mablag‘i 35–36 mlrd AQSH dollarini, 41 ta ofisga ega Mitsui Sumitomo kompaniyasining yillik aylanma mablag‘i esa 25–30 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.Uchrashuvlar davomida oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, talabalar uchun amaliyot va stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ilmiy-amaliy va investitsiyaviy yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish hamda kelgusida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik memorandumlarini imzolashga kelishib oldilar.

Yangiliklar

 137

XALQARO WINTER SCHOOL – 2025

“Madaniyatlararo muloqot kontekstida barqaror shahar va me’moriy rivojlanish”Toshkent arxitektura-urilishu universitetida  Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing University bilan hamkorlikda Xalqaro Winter School – 2025 dasturining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Mazkur xalqaro akademik loyiha shaharsozlik va me’morchilik sohasida barqaror rivojlanish masalalarini chuqur o‘rganish, ilg‘or ilmiy yondashuvlar va madaniyatlararo tajriba almashuvini rivojlantirishga qaratilgan.Dastur yo‘nalishlari:Shahar morfologiyasi – turli sivilizatsiyalar ta’sirida Toshkent shahrining urban rivojini tahlil qilish;Tarixiy merosni muhofaza qilish – tarixiy binolarni baholash va ularni moslashuvchan qayta foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish; Past uglerodli dizayn – ekologik, iqtisodiy va madaniy jihatdan barqaror kichik hajmdagi loyihalarni ishlab chiqish.

Tadbirlar

 171

ʻʻQuvnoqlar va Zukkolarʼʼ

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda ularga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida fakultetlar oʻrtasida  ʻʻQuvnoqlar va Zukkolarʼʼ musobaqasi oʻtkazildi. Tadbirda fakultetlar aro talabalar oʻz isteʼdodini namoyish etgan holda bellashdilar va barchaga yaxshi kayfiyat ulashdilar.✔️Tanlov natijalariga koʻra:🥇1-oʻrin: Muhandislik fakultetining ʻʻNational boysʼʼ jamoasi🥈2-oʻrin: Menejment fakultetining ʻʻTemadagi bolalarʼʼ jamoasi 🥉3-oʻrin: Qurilish fakultetining ʻʻQuruvchilarʼʼ jamoasi  qoʻlga kiritdi.✔️Tanlov gʻoliblari:🥇1-oʻrin: 5 million 🥈2-oʻrin: 3 million 🥉3-oʻrin: 2 million pul mukofotlari va diplom bilan taqdirlandilar. 💠Tadbir koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi.

Yangiliklar

 99

TAQU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning holidan xabar oldi

Unda ijarada istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoiti, uy ichidagi sanitariya holati, hamda ularning o‘qish va dam olish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, ijara uyida kimlar bilan birga istiqomat qilayotgani, qo‘shnilar bilan munosabatlari, atrof muhitdagi xavfsizlik va tinchlik holati ham tahlil qilindi. Uchrashuv davomida quyidagi ma'lumotlar berib o‘tildi:Is gazidan zaxarlanish, gaz havo aralashmasi chaqnashining oldini olish va ogohlantirish;Yong‘in xavfsizligi talablari, isitish moslamalari va pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish qoidalari. Shuningdek talabalarning muammolari, taklif va ehtiyojlari o‘rganildi. Qolaversa, ijara beruvchi xonadon egalari bilan ham muloqot o‘rnatilib, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan fikrlar almashildi.

E'lonlar

 242

TAQU da 2026/2027 o‘quv yili uchun 2-kurs va 3-kurs kunduzgi BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI hamda 2-kurs MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI bo‘yicha ta’lim tili kesmida to‘liq ta’lim granti va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti TAQSIMOTI

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2026/2027 o‘quv yili uchun 2-kurs va 3-kurs kunduzgi BAKALAVRIAT TA'LIM YO‘NALISHLARI hamda 2-kurs MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI bo‘yicha ta'lim tili kesmida to‘liq ta'lim granti va to‘liq bo‘lmagan ta'lim granti TAQSIMOTI

E'lonlar

 136

“Butunjahon turkiy tillar kuni”

O‘zbekiston Respublikasi, Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tomonidan UNESCOga a’zo 26 ta davlat hammuallifligida ilgari surilgan tashabbus asosida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida 15-dekabr “Butunjahon turkiy tillar kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida 2025-yil 25-dekabr kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faollar zalida “Turkiy tillar birligi - Bir ildiz, bir til, bir madaniyat” mavzusida adabiy-ma’rifiy kecha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirda turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlardan tashrif buyurib mamlakatimizda tahsil olayotgan talabalar, mazkur soha doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan doktorantlar hamda mahalliy va xorijlik turkiy olimlar ishtirokini ta’minlashlari so‘raladi.

Tadbirlar

 108

22-dekabr — “Energetiklar kuni” munosabati bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bayramona tadbir tashkil etildi

Tadbirda energetika sohasi vakillari, professor-o‘qituvchilar ishtroknetdilar. Tadbirda universitetimizning moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Ilhom G‘iyosov mamlakatimizda energetika sohasini yanada rivojlantirish va isloh qilish, aholi hamda iqtisodiyotni barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish va energiya tejovchi texnologiyalarni tatbiq etish kabi ustuvor yo‘nalishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda faol ishtiroki va munosib hissasi bilan ajralib turgan professor-o‘qituvchilar — Zaxidov Mansur, Norov Nusratjon va Rashidov Jasur, shuningdek iqtidorli talabalar — Abdullayev Azimjon hamda Qurbonov Bekzod munosib e’tirof etilib, universitet rektori nomidan taqdirlandilar.Universitetimiz bosh energetigi tomonidan universitet hududiga o‘rnatilgan 768 kVt quvvatli quyosh panellari hisobiga 2025-yilda qariyb 777 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgani, uning 66 foizdan ortig‘i ichki ehtiyojni qoplab, qolgan qismi davlat tarmog‘iga uzatilayotgani qayd etildi. Natijada 200 million so‘mdan ortiq qo‘shimcha tushum shakllantirilgani ta’kidlandi.Tadbir yakunida universitetimiz bosh energetigi Nurmatov Ravshan hamda elektromontyorlar Ergashev Toshpo‘lat va Kuchkarov Hakimjon fidokorona mehnatlari uchun universitet rektori nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Barchangizni “Energetiklar kuni” bilan tabriklaymiz! Energiya, ziyo va barqaror taraqqiyot yo‘lida olib borayotgan ishlaringizga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Yangiliklar

 170

Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” va “Talabalar ligasi” doirasida badminton sport turi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” va “Talabalar ligasi” doirasida badminton sport turi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Unda universitetning Sport klubi rais oʻrinbosari S.Abduxoliqov, jismoniyb tarbiya va sport oʻqituvchilari B.Davrambekov, D.Xidirov va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.Talaba-yigitlar oʻrtasida Badminton sport musobaqasining natijasiga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:1-o‘rin: Dehqonov Maqsad O‘tkirjon o‘g‘li 427-24 guruh talabasi;2-o‘rin: Meliqo‘ziyev Ruslan Sayidazim o‘g‘li 42-25 guruh talabasi;3-o‘rin: Mahkamov Xaytmat Shavkat o‘g‘li 2-25 guruh talabasi.Talaba-qizlar oʻrtasida Badminton sport musobaqasining natijasiga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:1-o‘rin: Rixsixo‘jayeva Roziyaxon Doniyorxodja qizi 17-25 guruh talabasi;2-o‘rin: Maqsudova Madinabonu Jahongir qizi 3-25 guruh talabasi;3-o‘rin: Xolosova Gulsora Dilmurod qizi 42-25 guruh talabasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Barcha gʻoliblarni muborakbod etamiz!