Yangiliklar

Tadbirlar

 159

"Rektor va yoshlar uchrashuvi"

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida navbatdagi uchrashuv Menejment fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.Unda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.Tadbirni universitet rektori Tulaganov Bahrom Abdukabilovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda universitetda tahsil olayotgan talabalarga sifatli taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va  imkoniyatlarni taʼkidlab oʻtildi hamda xalqaro hamkorlik, loyihalar va yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuning bilan birga universitet ichki tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob oldilar.

E'lonlar

 159

XALQARO WINTER SCHOOL – 2025

“Madaniyatlararo muloqot kontekstida barqaror shahar va me’moriy rivojlanish”.Toshkent Arxitektura va Qurilish Muhandisligi Universitetida (TAQU) Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing University bilan hamkorlikda Xalqaro Winter School – 2025 dasturi tashkil etilmoqda.Mazkur xalqaro akademik loyiha shaharsozlik va me’morchilik sohasida barqaror rivojlanish masalalarini chuqur o‘rganish, ilg‘or ilmiy yondashuvlar va madaniyatlararo tajriba almashuvini rivojlantirishga qaratilgan.Dastur yo‘nalishlari: • Shahar morfologiyasi – turli sivilizatsiyalar ta’sirida Toshkent shahrining urban rivojini tahlil qilish; • Tarixiy merosni muhofaza qilish – tarixiy binolarni baholash va ularni moslashuvchan qayta foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish; • Past uglerodli dizayn – ekologik, iqtisodiy va madaniy jihatdan barqaror kichik hajmdagi loyihalarni ishlab chiqish.Winter School mashg‘ulotlari xalqaro professor-o‘qituvchilar va yetakchi mutaxassislar ishtirokida olib borilib, talabalarning ilmiy-amaliy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.O‘tkazilish muddati: 2025-yil 23–28-dekabr Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (TAQU)Jadvalni ko’rish ➔ Batafsil

Tadbirlar

 119

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bayramona dastur va unutilmas lahzalar

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yangi yil arafasida kechki ta'lim talabasi Abdurashidov Azamat boshchiligida bayramona muhit yaratildi.Yangi yil shousida talabalar o‘zining iste’dodi va ijodiy chiqishlari bilan bayram shukuhini his qildirdilar. Musiqa, raqs va kulgiga boy boʻlgan dasturlar ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun unutilmas taassurot qoldirdi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sho‘x musiqiy chiqishlar esa  zalni quvonch va olqishlarga to‘ldirdi. Bayram dasturida turli xil qiziqarli oʻyinlar tashkil etilib, barchaga yuqori kayfiyat bagʻishladi. Gʻolib boʻlgan ishtirokchilarga qorbobo va qorqiz tomonidan sovgʻalar taqdim etildi.

E'lonlar

 167

“BINUS” universiteti TAQU talabalar uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish uchun grant dasturlarini taklif qilmoqda

Maʼlumot uchun: “BINUS” universiteti Indoneziyadagi yetakchi xususiy oliy taʼlim muassasasi bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 12 ta kampusga ega. Talabalar soni 40 ming. Universitet IT, biznes, moliya, kommunikatsiya va dizayn yo‘nalishlaridagi dasturlari bilan shuhrat qozongan.“QS World University Rankings” agentligi maʼlumotiga ko‘ra, Indoneziyada birinchi raqamli xususiy universitet sanaladi, Osiyoda – 165 va dunyoda – 851-900 oralig‘idagi o‘rinlarni egallab kelmoqda.Bakalavriat yo‘nalishida talabalar ingliz tilida 9 ta mutaxassislik bo’yicha tahsil oladi hamda universitet talabalarning kontrakt to‘lovi va yotoqxona xarajatlarini to‘liq qoplab beradi (batafsil maʼlumot ilovada).Magistratura (International MBA/MM Professional) – 1 yarim yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unga ish tajribasiga ega mutaxassislar, rahbar xodimlar, menejerlar va tadbirkorlar qabul qilinadi. Kuzgi semestrga hujjatlar 2026-yil 15-mayga qadar qabul qilinadi.1. Indoneziyagrant ilova batafsil...2. Indoneziyagrant ilova batafsil...3. Indoneziya grant ilova batafsil...

E'lonlar

 122

“Kvant maʼlumotni qayta ishlash boʻyicha 29 anjuman” (QIP 2026)

2026-yil 24-30-yanvar kunlari Riga shahrida “Kvant maʼlumotni qayta ishlash boʻyicha 29 anjuman” (QIP 2026) boʻlib o‘tishi rejalashtirilgan.Mazkur tadbir doirasidagi kvant hisoblash, kriptografiya va maʼlumotlar nazariyasiga oid sessiyalarga Oʻzbekistondan olimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etishi taklif etilmoqda (taklifnoma va batafsil maʼlumot ilova qilinadi).Tadbirda roʻyxatdan oʻtish muddati 2026-yil 12-yanvar va aloqa uchun Latviya elchixonasining xodimi Elena Puntsule mas’ul etib belgilangan (tel: 90 186-79-38). Yuqoridagilardan kelib chiqib, www.qip2026.lu.lv internet veb-sahifasida keltirilgan maʼlumotlarni batafsil oʻrganib chiqishingiz mumkin.

E'lonlar

 118

Belarus Milliy Texnika Universiteti professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini taklif etadi

Belarus Milliy Texnika Universiteti (БНТУ) huzuridagi “Texnika, texnologiya va iqtisodiyotning yangi rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti” O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini taklif etadi.Dastur yo‘nalishlari:innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodikasi;ta’lim va ilmiy faoliyatda sun’iy intellekt;zamonaviy elektron axborot resurslari;mehnat psixologiyasi asoslari;elektron ta’lim kommunikatsiyasi psixologiyasi;professional faoliyatda texnokultura.Malaka oshirish hajmi – 144 soat.O‘qish shakli: an’anaviy, masofaviy yoki aralash.O‘qish Belarus Respublikasida yetakchi sanoat korxonalariga tashriflar bilan tashkil etilishi mumkin.O‘qish narxi: 300 AQSh dollaridan boshlab.Yashash joyi: Belarus Milliy Texnika Universiteti (БНТУ) yotoqxonasi (mehmonxona turi) – 25 AQSh dollari/kun.Bog‘lanish uchun:+375 29 643 87 48 – Konopatskiy Denis Aleksandrovich+375 29 629 66 12 – Rijova Tatyana ViktorovnaRasmiy veb-sayt: https://www.bntu.by

E'lonlar

 131

B.K.Erimbetovning (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz

2025 yilning 26 dekabr kuni soat 10:00 da B.K.Erimbetovning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi offline va online (masofaviy) tarzida o’tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan sizlarni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshidagi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli ilmiy Kengashning himoya majlisiga taklif etamiz. Kun tartibi: Erimbetov Berdimurat Karlibaevichning 05.09.05  - Qurilish materiallari va buyumlari va 02.00.15- Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha  “Uchsay bentoniti va ikkilamchi resurslar asosida keramzit ishlab chiqarishning energosamarador texnologiyasi” mavzusidagi tayyorlagan doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi.

E'lonlar

 144

Diqqat e'lon

Professor-o‘qituvchilar va talabalar diqqatiga!18 dekabr 2025 yil soat 18:00 da, Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-binosi 306-xonada Yong’in xavfsizligini taminlash fanida “Foydalanishga qabul qilingan binolarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash” mavzusi bo‘yicha ochiq darsga (ma’ruza) taklif etamiz. MUK68-23АТo’ Ma’ruzachi: “Qurilish va atrof-muhit muxandisligi” kafedrasi  professori I.I.Siddikov.

Tadbirlar

 132

Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish bugungi kundagi eng asosiy masala” mavzusida  tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.M.Saidov, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi v.b. dotsentlari S.E.Atadjanova hamda J.S.Dalakyanlar tomonidan tashkil etildi.Unda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurash ilmiy markazi tadqiqotchisi S.B.Po‘latov, Qurilish fakulteti dekani A.J.Abdullaev, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishdan iborat bo‘ldi.Shuningdek, korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati, hamda  ta’lim muassasalarida halollik tamoyillarini qaror toptirish masalalari keng yoritib berildi. Ma’ruzachi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ilmiy tadqiqotlar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan savol-javob o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir shaxsning shaxsiy mas’uliyati muhim ekanligi ta’kidlandi. Ushbu tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, yoshlar ongida halollik va qonunga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.