Yangiliklar

E'lonlar

 160

Koreya Respublikasining Dongduk ayollar universiteti stipendiya tanlovi

2026-o‘quv yilida Koreya Respublikasining Dongduk ayollar universitetida “Ipak yo‘li Koreyashunosligi” bakalavriat yo‘nalishi hamda “K-Ipak yo‘li turkiy tadqiqotlari” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risida ma’lumot yuborilmoqda.Koreya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika TAQU ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim, ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar.Ushbu tanlovda (bakalavriat, magistratura) ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, 2026-yil 12-yanvarga qadar www.uwayapply.com havolasi orqali on-line tarzda taqdim etishlari kerak. Hujjatlarga ularning ingliz yoki koreys tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.Bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan stipendiya sovrindorlariga har bir semestr uchun 50% o‘qish to‘lovidan chegirma va boshqa imtiyozlar taqdim etiladi. Stipendiya dasturi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot uchun intl@dongduk.ac.kr elektron pochta manziliga murojaat qilish mumkin.1. Dongduk universiteti ilovalari batafsil... 2. Dongduk universiteti ilovalari batafsil...

E'lonlar

 156

TAQU va NIU MGSU o‘rtasida xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi

Uchrashuvlarda Toshkent arxitektura-qurilish universitetining strategik rejalashtirish bo‘yicha birinchi prorektori Adduvahob Abdukarimov, TAQU Texnoparki rezidenti — “Art Electro” kompaniyasi bosh direktori Vyacheslav Belov hamda TAQU rektori maslahatchisi Oleg Rubtsov ishtirok etdi.NIU MGSU tomonidan Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va texnologiyalari kafedrasi mudiri Azariy Lapidus, Menejment va innovatsiyalar kafedrasi dotsenti Tatyana Meshcheryakova, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Olga Makarova hamda Ta’limni internatsionallashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Deev muzokaralarda qatnashdi.Muzokaralar davomida tomonlar ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi mustahkam tarixiy aloqalarni alohida ta’kidladilar.Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida rus va ingliz tillarida tarmoq ta’lim dasturlarini amalga oshirish, akademik mobillikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, “oyna (zerkal) laboratoriyalar” tashkil etish, shuningdek DPO va MBA dasturlarini joriy etish belgilandi.Uchrashuvlar doirasida NIU MGSUning laboratoriya majmuasi bilan tanishilib, tegishli tarkibiy bo‘linmalar vakillari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuv yakunda tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish va kafedralararo aloqalarni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Yangiliklar

 121

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “5 muhim tashabbus” doirasidagi kitobxonlik targʻiboti oʻtkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari boshchiligida talabalar oʻrtasida “5 muhim tashabbus” doirasidagi kitobxonlik targʻiboti oʻtkazildi.Unda yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, talabalar oʻrtasida kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.Bunda avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini keng targ‘ib qilishga alohida e'tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy va ilmiy adabiyotlarga qiziqishni kuchaytirish, maʼnaviy-axloqiy dunyoqarashni kengaytirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat.

Tadbirlar

 146

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent harbiy okrugi va universitet rahbariyati hamkorligida tashkil qilindi. Uchrashuvdan bir qator maqsadlar ko‘zlangan bo‘lib, muloqotlar ochiq va samimiy ruhda kechdi. Jumladan, talaba yoshlarni kasbga yo‘naltirish yoxud hayotda munosib o‘rnini topishida yaqindan ko‘maklashish, ularning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yanada yuksaltirish hamda milliy armiyamizda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar borasida fikr va mulohazalar tinglandi.Xususan, samimiy va ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv davomida talabalarning fikr va takliflari ham eshitilib, rahbar tomonidan zarur tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, talabalar Mudofaa vazirligi mas’ullaridan sohaga doir o‘zlarini qiziqtirga savollarga bevosita javob olish imkoniga ega bo‘ldi.  Universitetda tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh Koordinator talaba yoshlarga qo‘mondonlikning faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirlar

 135

“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida saqlanib qolayotgan korrupsiyaviy xavflar hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha Yo‘l xarita”

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida saqlanib qolayotgan korrupsiyaviy xavflar hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha Yo‘l xarita” doirasida universitetda moliya-xo‘jalik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xodimlar ishtirokida ogohlantiruvchi va profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.Mazkur tadbirlar universitetning moliya ishlari bo‘yicha prorektori I.G‘iyosov, universitet auditori M.Xamrayev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan tashkil etildi. Tadbir davomida moliya-xo‘jalik faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, moliyaviy intizomga qat’iy rioya etish, shuningdek davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, bunday holatlarning oldini olish mexanizmlari yetkazildi hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qat’iy ogohlantirishlar berildi.

Yangiliklar

 157

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom To‘laganov Winter School Workshop tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda dastur doirasidagi asosiy yo‘nalishlar — shahar morfologiyasi, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish hamda kam uglerodli binolar dizayni bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Chongqing universiteti talabalari ishtirokida ikki bosqichda amalga oshirilayotgan qo‘shma tadqiqot loyihalari boshlanganligi ta’kidlandi.Muloqot davomida oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, talabalar uchun amaliyot va stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ilmiy-amaliy va investitsiyaviy yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish hamda kelgusida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha har bir kafedra kesimida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Yangiliklar

 156

Istanbul Texnik Universiteti (ITU) 2026-yilgi oʻquv yili uchun magistratura va doktorantura dasturlariga arizalarni qabul qilmoqda

Istanbul Texnik Universiteti (ITU) 2026-yilgi oʻquv yili uchun magistratura va doktorantura dasturlariga arizalarni qabul qilmoqda.🗓 Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2026-yil 26-yanvar💰 Oʻqish toʻlovi: yiliga taxminan 780 AQSh dollari (kamaytirilishi rejalashtirilgan)🌍 Universitet dunyo boʻylab TOP 300 ta universitet (QS) va Barqaror rivojlanish maqsadlari (THE) boʻyicha TOP 50 talik qatoriga kiradi.📌 Qoʻshimcha maʼlumot va onlayn ariza: Batafsil📧 Aloqa: intstudents@itu.edu.tr ITU | Registrator idorasi Anasayfa

E'lonlar

 162

Universitetni korrupsiyadan holi hududga aylantirish - ustuvor vazifamiz

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat davlat siyosatining muhim yo‘nalishi, balki jamiyat taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, oliy ta’lim tizimida shaffoflik, halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash kelajak kadrlarining mas’uliyatli va vijdonli bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.Toshkent arxitektura-qurilish universitetida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, universitetni to‘liq “korrupsiyadan holi hudud”ga aylantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Ushbu yo‘nalishda Komplayns-nazorat bo‘limi tomonidan tizimli va izchil ishlar olib borilmoqda.Avvalo, universitet faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari mustahkamlanmoqda. Qabul jarayonlari, baholash tizimi, imtihonlar, attestatsiya va boshqa muhim jarayonlar qat’iy nazorat ostiga olinib, ularning adolatli va xolis o‘tkazilishi ta’minlanmoqda. Raqamlashtirish jarayonlarining joriy etilishi inson omili bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari muntazam olib borilmoqda. Seminarlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar orqali korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirilmoqda. Zero, korrupsiyaga qarshi kurash faqat nazorat bilan emas, balki ong va tafakkur bilan ham amalga oshiriladi.Komplayns-nazorat bo‘limi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, ularni xolisona ko‘rib chiqish va zarur choralarni ko‘rish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, fuqarolarning ishonchini mustahkamlash — bizning asosiy tamoyillarimizdan biridir.Shuni alohida ta’kidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurash — bu faqat bir bo‘lim yoki rahbariyatning vazifasi emas. Bu butun universitet jamoasining umumiy mas’uliyatidir. Har bir talaba, har bir o‘qituvchi va xodim halollik tamoyiliga sodiq bo‘lsa, korrupsiyaga qarshi eng kuchli immunitet shakllanadi.Kelgusida ham Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro standartlarga mos, adolatli va shaffof ta’lim muhitini yaratish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy barham berish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettiriladi. Chunki bizning maqsadimiz — nafaqat malakali mutaxassislar, balki halol va vatanparvar shaxslarni tarbiyalashdir. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Komplayns-nazorat bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Isakjanov

Tadbirlar

 150

“Korrupsiya - kelajakka tahdid”

Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Menedjment fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan targ‘ibot va profilaktik tadbirlar tashkil etildi.Mazkur tadbirlar Menedjment fakulteti tyutorlari tomonidan bevosita tashkillashtirilib, ular talabalar bilan ochiq va samimiy muloqotlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, halollik va adolat tamoyillarining ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tadbirlar doirasida talabalar ishtirokida korrupsiyaga qarshi mazmundagi ko‘rgazmali materiallar va plakatlar tayyorlandi. Ushbu jarayonda tyutorlar yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Mazkur tadbirlar “Korrupsiya - kelajakka tahdid” g‘oyasi asosida yoshlar qalbida halollik, adolat va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.