Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Axborot xavfsizligi siyosati bilan tanishish” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xodimlar,
professor-o'qituvchilar va talabalarga “Axborot xavfsizligi siyosati bilan
tanishish” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.
➖Seminarda "Raqamlashtirish
va korporativ ma'lumotlar markazi" boʻlimi mutaxassislari N.Xakimov
va N.Rahmatov tomonidan axborot xavfsizligi nima, uni taʼminlash
uchun qanday choralar koʻrilayotganligi toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot
berildi.
➖ Unda Kibr
tahdidlar turlari, fishing, virus dasturlari, ularning turlari va tahdidlari,
veb saytlarning soxtalaridan ajratib olishda nimalarga eʼtibor berilishi
kerakligi sanab oʻtildi va xodimlar, talabalarga tushuntirish ishlari olib
borildi.
