“Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” yoshlar tanlovi
“Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” yoshlarning korrupsiyaga qarshi tanlovi Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlatlararo kengash shafeligida o‘tkaziladi.
Tanlovning asosiy
tashkilotchisi Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi hisoblanadi. Tanlov
hamkorlari Armaniston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Belarus Respublikasi
Bosh prokuraturasi, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qozog‘iston
Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Tojikiston Respublikasi
Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi sanaladi.
Tanlovda
“Davlatlararo Kengashni tuzish to‘g‘risida”gi Bitim ishtirokchisi bo‘lgan
davlatlar, shuningdek, 10 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan boshqa davlatlar
fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov
nominatsiyalari: “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi rasm” va “Eng yaxshi
video”.
“Eng
yaxshi plakat” - kompyuter dasturlari, planshetlar
yordamida grafik tarzda qilingan, A3 formatda (297x420 mm) 15 mb dan
oshmaydigan ishlar;
“Eng
yaxshi rasm” - qo‘lda chizmachilik aksessuarlari
- qalam, flomaster, rangli qalamlar, bo‘yoqlar, eskiz markerlari yordamida
qo‘lda tayyorlangan A3 formatda (297x420 mm) 15 mb dan oshmaydigan ijod
namunalari;
“Eng
yaxshi videorolik” – umumiy hajmi 300 mb
oshmaydigan, 3840x2160 o‘lchamdan ortiq bo‘lmagan, mp4 formatda.
Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari Tanlov ramzlari tushirilgan faxriy
medallar, esdalik sovg‘alari, elektron sertifikatlar (Tanlov qoidalarining 4.1
va 4.2-bandlarida belgilangan mezonlarga javob beradigan barcha Tanlov
ishtirokchilari uchun) shuningdek, belgilangan boshqa sovrinlar bilan
taqdirlanadilar.
Tanlovga arizalar (plakatlar, rasmlar va videolar) www.anticorruption.life veb-saytida 1-maydan 1-oktabrgacha qabul qilinadi.