Yangiliklar
E'lonlar
121
TICA: Tailandda 2026-yilgi xalqaro magistratura va o‘quv kurslari
Tailand Xalqaro Hamkorlik Agentligi (TICA) tomonidan 2026-yilda Tailand xalqaro aspirantura dasturi (TIPP) hamda Yillik xalqaro o‘quv kurslari (AITC) doirasida magistratura dasturlari va qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilishi ma’lum qilindi.Mazkur dasturlarda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar: ingliz tilini mukammal darajada bilishi; belgilangan talab va mezonlarga to‘liq javob berishi lozim. Ma’lum qilinishicha, Respublikadan har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafargacha nomzod tavsiya etilishi mumkin.Tavsiya etilgan nomzodlarning: anketa va qayd etish (ro‘yxatdan o‘tish) formalarining asl nusxalari belgilangan muddatdan kamida 2 hafta oldin vazirlikka taqdim etilishi shart.Yillik xalqaro o‘quv kurslari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar, shuningdek magistratura dasturlariga oid anketalar va ro‘yxatdan o‘tish shartlari havolalari ilova qilingan Tashqi ishlar vazirligining rasmiy xatida keltirilgan. Qo‘shimcha ma’lumot uchun ilovalar bilan tanishishingiz so‘raladi. 1. Ilova batafsil ma'lumot... 2. Ilova batafsil ma'lumot...
Yangiliklar
228
Qurilish fakultetida dual ta’lim amaliyotda!
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish yo‘lida muhim qadam tashlandi. 2025/2026 o‘quv yilining bahorgi semestridan boshlab “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi hamda “O‘zshahar qurilish invest” MChJ hamkorligida dual ta’lim tizimi joriy etildi.2-fevral kuni kafedra dotsenti Norov Nusiratjon Nuralievich rahbarligida Qurilish fakultetining 4-bosqich talabalari uchun “Qurilish obyektlarini texnik ekspluatatsiyasi asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulotlar bevosita qurilish obyektlarida tashkil etildi. Mazkur amaliyotlar talabalar uchun real ish jarayonlari bilan tanishish, nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangiliklar
245
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida A. Kuatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida talabalar almashuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mutaxassislarni kafedralar o‘rtasida jalb etish, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda boshqa turdagi ilmiy va o‘quv adabiyotlarini birgalikda tayyorlash va nashr etish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi. Mazkur hamkorlik kelgusida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
E'lonlar
195
Arifdjanova Zilola Dilshodovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Arifdjanova Zilola Dilshodovnaning 08.00.13 - Menejment. ixtisosligi bo‘yicha “Qurilish korxonalarida boshqaruv samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)” mavzusidagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 12-fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ( Bosh bino 502-majlislar zali).. e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89731174412?pwd=bFBngQrmxm0t7z9J7rRy2letvVzTzn.1
E'lonlar
163
Karimov Inomjon Ortikbayevichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Karimov Inomjon Ortikbayevichning 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Qurilish sanoati korxonalarida investitsiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 12-fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ( Bosh bino 502-majlislar zali).e-mail: devon@taqu.uzOnlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89731174412?pwd=bFBngQrmxm0t7z9J7rRy2letvVzTzn.1
Tadbirlar
89
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish profilaktik davra suhbati tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Qurilish fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, internet makonida yuzaga kelayotgan firibgarlik holatlarining oldini olish hamda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik M.R. Ma’murov hamda Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori, mayor A.K. Shodiyev, shuningdek Qurilish fakulteti talabalari ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida kiberjinoyatchilikning keng tarqalgan turlari, ularning huquqiy oqibatlari, raqamli xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda yoshlarning bu boradagi mas’uliyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib, kiberjinoyat holatlariga duch kelganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yangiliklar
101
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 2-sonli talabalar turar joyida talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 2-sonli talabalar turar joyida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S. Mardov boshchiligida, fakultetlar dekan muovinlari Yo. Mamashoripov, H. Xolov, U. Inayatov hamda U. Madaminovlar ishtirokida talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonida talabalar turar joyidagi xonalar, umumiy foydalanish hududlari, sanitariya-gigiyena holati hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, o‘qish jarayoni va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq fikr va takliflari tinglandi.
E'lonlar
122
Hurmatli talabalar!
O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash masalalari bo‘yicha fuqarolarni qiziqtirgan savollarga tezkor va aniq javoblar berish maqsadida oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida mas’ul bo‘limlarning telefon raqamlari joylashtirilgan.Mazkur masalalar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:Tel: 55-508-02-91Tel: 55-503-03-71Tel: 55-503-03-76
Yangiliklar
225
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi mutaxassislari ishtirokida talabalar o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi.Mazkur so‘rovnoma ta’lim jarayonining sifati, talabalarga yaratilgan o‘quv sharoitlari hamda ta’lim xizmatlaridan qoniqish darajasini aniqlash maqsadida tashkil etildi. So‘rovnoma onlayn formatda o‘tkazilib, unda universitet talabalari faol ishtirok etdi.So‘rovnoma natijalari ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif hamda xulosalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eslatib o‘tamiz, so‘rovnomada hali ishtirok etmagan talabalar quyidagi havola orqali qatnashishlari mumkin: https://survey.hemis.uz/
