Yangiliklar

Tadbirlar

 197

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yunusobod tumanidagi 288-maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi

Mazkur tadbir Toshkent arxitektura-qurilish universiteti psixologi M. Obidova tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda 288-maktab psixologlari — Voxidova Nigora Yakubjanovna hamda Karimova Munisa Mansurovna faol ishtirok etdilar.Ekskursiya jarayonida o‘quvchilar universitetning zamonaviy laboratoriyalari va o‘quv ustaxonalari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, yoshlarga kelgusida to‘g‘ri kasb tanlash va oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Mazkur uchrashuv bitiruvchi o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ularning qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Yangiliklar

 1371

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yaponiyaning nufuzli tashkilot bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yaponiyaning kanalizatsiya ishlari agentligi "Japan Sewage Works Agency, JS" nomli nufuzli tashkilot bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari, tajriba almashish, kadrlar tayyorlash hamda zamonaviy muhandislik va ekologik yechimlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.Eslatib o'tamiz Yaponiya Kanalizatsiya Ishlari Agentligi (Japan Sewage Works Agency, JS) — Yaponiya davlatiga qarashli tashkilot bo‘lib, kanalizatsiya tizimlari va oqova suvlarni tozalash inshootlarini rejalashtirish, loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish hamda modernizatsiya qilish sohasiga ixtisoslashgan. Ushbu memorandum barqaror infratuzilma va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

E'lonlar

 230

Meliqulov G'ayrat Abdug'afforovichning arxitektura fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Meliqulov G'ayrat Abdug'afforovichning  18.00.01 - “Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash” ixtisosligi bo‘yicha “Qashqadaryo yodgorliklarining kompozitsion-tipologik yechimlari va yangi turistik marshrutlarni rivojlantirish yo‘llari” mavzusidagi arxitektura fanlari doktori (DSc)  DISSERTATSIYASIning himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.A.01.M raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarining 2026 yil 28 yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 100194, Toshkent shahri, Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasi, 9a uy.Seminarimiz Bosh bino 5-qavatidagi 502 auditoriyada boʻlib oʻtadi. Tel/faks: (93) 105-83-55e-mail: devon@taqu.uzOnlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/86842037576?pwd

Yangiliklar

 974

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Students' Union of TUACE jamoasi prezidentligiga saylov boʻlib oʻtdi

Studentsʼ union prezidentligiga saylovda universitet rektori B.A.Tulaganov va universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisi Sh.A.Mirzaxmedov hamda iqtidorli talabalar faol ishtirok etishdi. Nomzodlar yashirin ovoz berish yoʻli orqali aniqlandi.Saylov natijalariga koʻra:1.Abdugʻaniyev Xasan-21%2.Sobirov Ogʻabek-25%   3.Ismatova Muxarram-54% ovoz toʻpladilar. Oʻz nomzodini qoʻygan Ismatova Muxxaram 54% ovoz bilan   Studentsʼ Union of TUACE jamoasi prezidenti etib saylandi.

E'lonlar

 233

Finlandiya va Shvetsiyada xorijiy malaka oshirish kursi

Professor-o‘qituvchilar uchun Finlandiya va Shvetsiyada xorijiy malaka oshirish kursiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF–27-son Farmoni hamda 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, professor-o‘qituvchilar va rahbar kadrlarning xorijda malaka oshirishini tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.2024–2030-yillarda professor-o‘qituvchilarni xorijiy davlatlarga tajriba almashish uchun yuborish rejasi ishlab chiqilgan.Shuningdek, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Xalqaro Nordik universiteti hamda Prime Education Finland (Finlandiya) ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilari uchun “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida 1 oylik (144 soat) malaka oshirish kursi tashkil etiladi.📌 Kurs haqida ma’lumot: Muddat: 2026-yil fevral–mart Format: 16–28 fevral — 72 soat (BIMMda) 2–13 mart — 72 soat (Finlandiya va Shvetsiyada, TOP–500 OTMlarda) Ishtirokchilar: OTM rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari Til talabi: talab etilmaydi (tarjimon jalb qilinadi) Xorijdagi malaka oshirish muddati: 14 kun 🎓 Tinglovchilarga beriladigan hujjatlar: Davlat namunasidagi malaka attestati Xorijiy malaka oshirganlik sertifikati Xorijiy universitetda dars o‘tgani haqida ma’lumotnoma 🗓 Hujjat topshirish muddati:2026-yil 26-yanvarga qadar📩 Hujjatlarni yuborish manzillari: Elektron pochta: niu_edu@exat.uz Telegram: https://t.me/yuldashev0121 Batafsil ma’lumot:👉 http://nordictraining.uz/☎ Murojaat uchun:+998 94 666 78 19 Mas’ul shaxs: Shukrullo YuldashovFinlandiya malaka oshirish ilova batafsil...

Yangiliklar

 784

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida doktorantlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov universitetda ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borayotgan doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv davomida doktorantlarning ilmiy izlanish jarayonida duch kelayotgan muammolari, dissertatsiya ishlari bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar, shuningdek, ilmiy loyihalar va ilgari surilayotgan yangi innovatsion g‘oyalar muhokama qilindi. Rektor tomonidan yosh olimlarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning tadqiqotlarini amaliyotga joriy etish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuvda doktorantlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Yangiliklar

 306

Keng Makon Mebellar Fabrikasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida dual ta’lim hamkorligi rivojlanmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida “Dizayn” kafedrasi tomonidan mebel dizayni yo‘nalishida talabalar ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.Mazkur tadbirda universitetning hamkor korxonasi — “Keng Makon” mebellar fabrikasi vakillari faol ishtirok etib, dual ta’lim yo‘nalishi doirasida talabalar tomonidan qo‘l mehnati asosida yaratilgan mebel namunalarini baholadilar hamda ularning amaliy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdilar.Ko‘rgazma yakunida talabalar ishlari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:✅Eng yaxshi konstruktiv mebel✅Eng yaxshi innovatsion mebel✅Mebel dizaynida eng yaxshi badiiy yechimAyni paytda “Keng Makon” mebellar fabrikasi va Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Dizayn” kafedrasi o‘rtasida mebel dizayni yo‘nalishida dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur hamkorlik talabalarni amaliy bilim va kasbiy ko‘nikmalar bilan ta’minlash, ularning ishga tayyorlik darajasini oshirish hamda sanoat uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur ko‘rgazma dual ta’limning amaliy samaradorligini namoyon etgan holda, universitet va ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

E'lonlar

 204

“Yapon tili va madaniyati”

Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan 2026-yil uchun Yaponiya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkonini beruvchi quyidagi o‘quv dasturi e’lon qilindi:“Yapon tili va madaniyati” – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun.1-Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 30-yanvar.Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining quyidagi veb-sahifasi orqali dastur shartlari va ariza topshirish tartibi bilan tanishishlari lozim:http://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3 Nomzodlar barcha zarur hujjatlarni mustaqil ravishda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga topshiradilar.

E'lonlar

 209

Xojabayev Alisher Maxmudovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Xojabayev Alisher Maxmudovichning 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” va 02.00.15 – “Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi” ixtisosliklari boʻyicha “Qoraqalpog‘istondagi Xo‘jako‘l koni ganchi va noorganik xomashyolari asosida gipsli devorbop mahsulot tarkiblarini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi (DSc).26/30.12.2019.Т.11.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi 2026-yil 28-yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavatda Faollar zalida. e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/84627212552?pwd