Yangiliklar
Yangiliklar
121
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida IAFES–2025 xalqaro workshopi muvaffaqiyatli yakunlandi
Mazkur anjuman davomida dunyoning 8 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan jamoalar berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli himoya qilib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘zaro almashdilar.Workshopning yopilish marosimida ishtirokchilar o‘z milliy madaniyatlari, urf-odatlari hamda raqslarini namoyish etishdi. Bu orqali jamoalar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yanada mustahkamlandi.Shuningdek, tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga universitet tomonidan sertifikatlar topshirilib, ularning erishgan yutuqlari munosib e’tirof etildi. Universitet rahbariyati tomonidan mazkur xalqaro loyihani tashkillashtirishda ko‘rsatilgan keng ko‘lamli ko‘mak alohida ta’kidlandi. TAQU jamoasi kelgusida ham bunday xalqaro hamkorlik loyihalari muntazam ravishda davom etishiga ishonch bildirdi.
E'lonlar
212
Toshkent arxitektura qurulish universiteti davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyini barpo etish loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi e’loni
Toshkent arxitektura qurulish universiteti davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyini barpo etish loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi e’loni
Tadbirlar
172
"KITOBLAR OLAMIGA SAYOHAT"
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida Arxitektura fakulteti tyutorlari M.Murodova, D.lslamxadjayeva, S.Nasirovalar boshchiligida talabalar bilan "Yoshlar ijodiyot saroyi" kutubxonasida "Men sevib oʻqigan asarlarim" shiori ostida kitoblar olamiga sayohat tashkil qildilar.Unda talabalar oʻzlari sevib oʻqigan asarlari, romanlari,hikoyalaridan va asar qahramonlari haqida soʻzlab berdilar. "Kitob – bu kichik deraza, u orqali butun dunyoni ko‘rish mumkin!"
Yangiliklar
187
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Pskom suv omborini loyihalash bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti Geomatika muhandisligi yo‘nalishi 62-23-guruh talabasi Ochilov Bexruz tomonidan ilmiy-taqdimot tashkil etildi. Taqdimotga Gidrotexnika va geotexnika kafedrasi mudiri Toshxojayev Alisher Ulxojayevich ilmiy rahbarlik qildi.“Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Pskom suv omborini loyihalash” mavzusida hududning tabiiy-geografik xususiyatlari, suv resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda suv ombori qurilishi jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan muhandislik yechimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Shuningdek, talabalar gidroelektrostansiyalarning ishlash prinsiplari, aholini suv va toza energiya bilan ta’minlash imkoniyatlari haqida yangi bilimlarga ega bo‘ldilar. Muhokamalar davomida suv resurslarini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati ham alohida ta’kidlandi. Mazkur tashabbus yoshlarning muhandislik ko‘nikmalarini rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish va energetika sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, ularning amaliy tajribalarini boyitishga xizmat qilmoqda.
E'lonlar
289
2025/2026-o‘quv yilida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo'lgan fuqarolarni kechgi ta’lim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish
2025/2026-o‘quv yilida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni kechgi ta’lim shakliga suhbat asosida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakti bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan abiturientlarni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishSUHBAT JARAYONI O‘TKAZISH GRAFIGI № Yoʻnalish nomi Suhbat oʻtkaziladigan sana va vaqti Auditoriya raqami 1. Arxitektura 29.08.2025 Soat 10:00 3/105 2. Qurilish muhandisligi 29.08.2025 Soat 10:00 3/105 3. Iqtisodiyot 29.08.2025 Soat 10:00 3/105
E'lonlar
907
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish istagini bildirgan abiturientlarni universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish natijalari
NatijalarNatijalarNatijalarNatijalarNatijalar
Yangiliklar
180
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kibersport musobaqasi o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar o'rtasida kibersport bo'yicha 🏆"Rektor kubogi" musobaqasi o'tkazildi.Musobaqada universitetning turli fakultetlaridan jamoalar ishtirok etdi va natijaga ko'ra:🥇-o'rinni Menejment fakulteti jamoasi🥈-o'rinni Arxitektura fakulteti jamoasi🥉-o'rninni Muhandislik fakulteti jamoalari egallashdi Ushbu musobaqa talablar faoliyatini sport va raqamli texnologiyalar orqali yanada rivojlantirish, talabalar o'rtasida sog'lom raqobatni kuchaytirish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Yangiliklar
171
Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida ikkinchi mutaxassislikka kirish uchun imtihon va suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi
2025-yil 22-avgust kuni Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida ikkinchi mutaxassislikka kirish uchun imtihon va suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon natijalarini universitetning rasmiy veb-sayti — www.taqu.uz orqali bilib olishingiz mumkin.
E'lonlar
338
Britaniya ta’lim standarti bo‘yicha qabul qilingan talabalar natijasi
Britaniya ta’lim standarti bo‘yicha qabul qilingan talabalar natijasi
