Yangiliklar
Yangiliklar
371
Oliy ta'limdan keyingi ta'limga imtihonlarsiz o'qishga qabul qilish tartibi joriy qilinmoqda
Bunda, talabgorning Yagona elektron tizimdagi shaxsiy kabinetida toʻplanadigan maʼlumotlari oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kiruvchi talabgorlarga qoʻyiladigan talablarga muvofiq shakllanadi va oʻzlashtirgan fanlari, xorijiy tillarni bilish darajasi, faoliyat natijalari ballari bo‘yicha hisoblanadi.
Tadbirlar
286
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Babur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi
Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov soʻzga chiqib, Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u oʻzini “Xitoydan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy “qavm” (el, urug’)larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga katta ta’sir koʻrsatdi-deya ta'kidlab oʻtdi. Tadbir mehmoni sifatida A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bosh xazinaboni A.Q.Eshonboboyev hamda "O'zbek tili adabiyoti" kafedrasi dotsenti N.Alimova ishtirok etdilar. Menejment fakulteti va Qurilish fakulteti talabalari tomonidan gʻazal hamda ruboiylar, sahna koʻrinishlari ijro etildi.
Tadbirlar
388
Milliy qadriyatlar-millat ma'naviyatining ko'zgusi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Milliy qadriyatlar haftaligi doirasida "Milliy qadriyatlar-millat maʼnaviyatining koʻzgusi" mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirlar
336
Chempion bilan uchrashuv
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Ogʻir atletika sport turi boʻyicha jahon hamda olimpiyada chempioni Ruslan Nuriddinov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov, Muhandislik fakulteti "Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi" kafedrasi dots Sh.Komilov, N.Bobokulova, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo'lib, qizig'in savol javoblar tadbirni yanada ko'tarinki kayfiyatga olib chiqdi. Tadbir davomida Ruslan Nuriddinov universitetimizda tahsil olayotgan sport sohasida ham yutuqlarga erishib kelayotgan talabalarga omad tiladi va o'z tavsiyalarini berdi.
Yangiliklar
302
MGTC kompaniyasi hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari Malayziyada hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi
O‘zbekiston - Malayziya oliy ta’lim forumi doirasida Malaysian Green Technology and Climate Change Corporation (MGTC) kompaniyasi hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari Malayziyada hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yashil arxitektura va yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar kelajakdagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
E'lonlar
311
Obidjonov Jahongir Toxir o’g’lining (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.Т.11.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025 yil 27 fevral kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:Talabgor Obidjonov Jahongir Toxir o’g’li 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha “Monolit qurilish uchun fibrobetonlarning samarador tarkiblarini ishlab chiqish” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.Ilmiy rahbar: t.f.f.d., dots.Raximov Sh.T.Manzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat Kovorking markazi. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, E-mail:devon@taqu.uz
E'lonlar
310
Mamatov Vaxidjon Shuxratovichning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz
Mamatov Vaxidjon Shuxratovichning 05.09.05 –“Qurilish materiallari va buyumlari’’ ixtisosligi bo’yicha “Fosfor o‘g‘itlarining chiqindisi asosida ko‘pikfosfogipsli bloklarni optimal tarkibi va ishlab chiqarish metodologiyasi’’ mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining ilmiy seminari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 20 fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: 100011, Yunusobod tumani, Yangi Shahar ko’chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat faollar zali. Tel/faks: (99855) 508 02 95; (99855) 508 50 06, e-mail: devon@taqu.uz.
Yangiliklar
343
Xalqaro xamkorlik
Ayni kunlarda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b B.A.Tulaganov Malayziya - Oʻzbekiston Oliy taʼlim forumi va koʻrgazmasida qatnashish maqsadida Malayziyada xizmat safarida.Kecha 3-fevral kuni, UPM Universiti Putra Malaysia va TAQU oʻrtasida Memorandum of Understanding imzolanishi toʻgʻrisida kelishuv boʻlib oʻtdi. Memorandum esa bugun 4 fevral kuni boʻlishi rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuvda, bugungi forumda ishtirok etish va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Memorandum imzolash masalalari batafsil koʻrib chiqildi.Bu forum oʻzaro hamkorlik kelishuvini imzolanishi TAQU universiteti va UPM oʻrtasida yangi ilmiy va akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, talaba almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va oʻzaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish uchun katta ahamiyatga ega.Umid qilamizki, bu hamkorlik ikki tomonlama rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va ilmiy-texnikaviy sohada yanada samarali aloqalar oʻrnatishga yordam beradi.Eslatib oʻtamiz! Toshkent arxitektura-qurilish universiteti UPM professorlari bilan avvalroq aloqalarni yoʻlga qoʻyilgan edi. Universitetning bir qator professor-oʻqituvchilari TAQUda mehmon boʻlib tajriba almashish maqsadida tashrif buyurishgan.Ma'lumot uchun UPM Universiti Putra Malaysia – bu Malayziyaning eng nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlib, jahon miqyosida QS reytingi boʻyicha 148-oʻrinni egallaydi.
Tadbirlar
360
Talabalar ligasi
Bugun 4 fevral kuni “Talabalar ligasi” doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sport kompleksida talabalar o‘rtasida "Shaxmat" sport musobaqasining hududiy shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Sport klubi raisi G‘.Ibragimovich va talaba yoshlar ishtirok etib, fahrli oʻrin egalladilar.
