2025-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan PQ–209-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda professor-o‘qituvchilar va bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

2025-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan PQ–209-sonli “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda professor-o‘qituvchilar va bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Qarorda belgilangan vazifalar va ularning ijrosini samarali tashkil etish mexanizmlari batafsil muhokama qilindi. Jumladan:

  • ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash;
  • zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, tajriba maydonlari, axborot-resurs markazlari hamda innovatsion klasterlarni tashkil etish;
  • talabalar amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish;
  • xorijiy yetakchi universitetlar va ilmiy markazlar bilan qo‘shma ta’lim va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
  • o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni moddiy rag‘batlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur Qaror Toshkent arxitektura-qurilish universitetining ilmiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash va milliy arxitektura hamda qurilish sohasida xalqaro darajadagi raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul bo‘linmalarga Qarorda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirildi.