30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab faol va izlanuvchan yoshlar uchun tarixiy uchrashuv tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida
o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
talabasi Muhammadkarimov Muhammadsodiq faol ishtirok etish sharafiga muyassar
bo‘ldi.
Mazkur tadbir yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning bilim va
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Universitetimiz jamoasi Muhammadkarimov Muhammadsodiqni ushbu yuksak
ishonch va e’tibor bilan tabriklaydi hamda kelgusi ta’lim va faoliyatida ulkan
muvaffaqiyatlar tilaydi!