Yangiliklar
E'lonlar
549
O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil oxirgi haftasida qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar
2024-yilning oxirgi haftasi O'zbekiston Respublikasida huquqiy sohada muhim o’zgarishlar davri bo'ldi. Bu davrda davlat boshqaruvi va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qator yangi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish va aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.Jumladan, O'zbekiston Respublikasining 2 ta yangi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunlar mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorlar davlatning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ular iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ijtimoiy muammolarni hal etish, aholining farovonligini oshirish va turli sohalarda islohotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi. Bu qarorlar davlat va jamiyatni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi.Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 4 ta qarori qabul qilindi. Ushbu qarorlar davlat boshqaruvi tizimining turli sohalariga taalluqli bo‘lib, ularning ijrosi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni samarali hal etish, davlat xizmatlari sifatini oshirish va hududiy rivojlanishni ta’minlashni nazarda tutadi.Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar O'zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan yangi bosqichni belgilab beradi. Yangi hujjatlarning amalda tatbiq etilishi mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirishga, aholining turmush darajasini oshirishga hamda davlat boshqaruvining samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.Qabul qilingan barcha hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va mazmuni bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havolani tavsiya etamiz: https://taqu.uz/file/huquqiy_axborot_sifatida_tarqatilishi_kozda_tutilgan.pdfMazkur hujjatlar va ularning ijrosi yuzasidan batafsil axborotlar muntazam ravishda taqdim etib boriladi. Ushbu huquqiy yangiliklar jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyotining muhim poydevorini tashkil etadi.
Yangiliklar
504
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A.Tulaganov hamda universitet prorektorlari, Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida bo'lishdi
Ushbu uchrashuv doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasida tajriba almashish, kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Ushbu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.
E'lonlar
383
2025-yilda Yaponiya oliygohlarida tahsil olish va malaka oshirish
Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan 2025-yilda Yaponiya oliygohlarida tahsil olish va malaka oshirish uchun e’lon qilingan quyidagi o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumot yuborilmoqda:– “Yapon tili va madaniyati” – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;– “Boshlang‘ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun amaliyot dasturi”.Mazkur dasturlar doirasida xalqaro aviachiptalar (borish va kelish), yashash hamda ta’lim olish xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2025-yil 24-yanvargacha.Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining http://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3 veb-sahifada batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi hamda barcha kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga topshirishlari kerak.
E'lonlar
241
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tadi
Qutliyev Abrorbek Anvarbek o‘g‘li 18.00.02-“ Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi “ixtisosligi bo'yicha “Tarixiy shaharlarda avtotransport harakatini rejalashtirishda shaharsozlik usullarini takomillashtirish (Xiva shahri misolida)” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/04.07.2023.T.11.03 raqamli Ilmiy Kengashning 2025 yil 10 yanvar soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino 5-qavat majlislar zali. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail: devon@taqu.uz
Yangiliklar
272
Azarbayjon me'morlik va inshoot universitetida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o'qituvchilari bilan yakuniy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Azarbayjon me'morlik va inshoot universitetida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o'qituvchilari bilan yakuniy uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv Azarbayjon me'morlik va inshoot universiteti o’quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Akif Kosimov, kafedra mudirlari: professor Muxlis Xojiyev, professor Nurmamed Mammadov, dotsent Salatin Ahmedova, dotsent Aygun Mammadova va Tashqi aloqalar bo‘limi boshlig’i o’rinbosari Kenul Shirinova hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ikki davlat universitetlari o‘rtasida o’quv, ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish, xalqaro loyihalar va grantlar doirasida birgalikdagi ishlash imkoniyatlarini rivojlantirish, o‘qituvchi va talabalar almashish, hammualliflikda maqola va monografiyalar nashr qilish, hamkorlikda seminar va konferensiyalar o‘tkazish, universitetlarning ilmiy jurnallarida tahririyat a’zoligi bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi. Uchrashuv yakunida AzMIU rahbariyati tomnidan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilariga stajirovka o'tganligi bo'yicha sertifikatlar topshirildi.Batafsil:https://azmiu.edu.az/az/news/4323
Yangiliklar
243
TAQU akademik ishlar bo'yicha prorektor R.M.Xadjayev boshchiligidagi stajirovkadagi professor-o'qituvchilar Turkiyadagi Istanbul texnika universitetiga tashrif buyurdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Аkademik faoliyat boʼyicha prorektor R.M.Xadjayev boshchiligidagi stajirovkadagi professor-oʼqituvchilar guruhi Turkiyaning Istanbul texnika universitetida mehmon boʼlishdi.Uchrashuv davomida universitet rahbariyati bilan qizgʼin muzokaralar oʼtkazilib, quyidagi masalalar muhokama qilindi:- professor-oʼqituvchilar va talabalar oʼrtasida akademik almashinuvni yoʼlga qoʼyish- qoʼshma taʼlim dasturlarini tashkil etish- ilmiy tadqiqotlar boʼyicha hamkorlikni kengaytirish ikki universitet oʼrtasidagi munosabatlarni yanada yuqori bosqichga koʼtarish. Shuningdek, tashrif davomida delegatsiya Istanbul texnika universiteti Аrxitektura fakulьtetining tashkil topganiga 80 yil toʼlishiga bagʼishlangan tadbirlarda ishtirok etdilar. Ular mazkur yubiley tadbirlari doirasida universitetning boy tarixi, ilmiy va akademik yutuqlari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʼlishdi.
Yangiliklar
217
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining bir guruh professor-o'qituvchilari Rossiya Federatsiyasining Sankt Peterburg davlat arxitektura qurilish universitetida stajirovka o'tashmoqdalar.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining bir guruh professor-o'qituvchilari Rossiya Federatsiyasining Sankt Peterburg davlat arxitektura qurilish universitetida stajirovka o'tashmoqdalar. Sankt-Peterburg davlat arxitektura-qurilish universitetiga O'zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulligi raxbari A.Maxmudov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi, ularni birinchi prorektor Svetlana Golovina qabul qildi. Uchrashuv davomida S.Gennadievna Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bilan o'zaro hamkorlik keng rivojlanib borayotganini takidlab o'tdi.Batafsil: https://www.spbgasu.ru/news-and-events/news/spbgasu-posetila-delegatsiya-generalnogo-konsulstva-respubliki-uzbekistan/
Yangiliklar
190
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o'qituvchilari hozirda Rossiya Federatsiyasining Qozon Davlat Arxitektura-Qurilish Universitetiga xizmat safarini amalga oshirmoqdalar.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Muhandislik" fakulteti doirasida "Qurilish materiallari va konstruktsiyalari texnologiyasi" hamda "Qurilish va atrof-muhit muhandisligi" kafedralari professor-o'qituvchilari hozirda Rossiya Federatsiyasining Qozon Davlat Arxitektura-Qurilish Universitetiga xizmat safarini amalga oshirmoqdalar. Mazkur tashrif davomida QozDAQU rektori Nizamov Rashit Kurbangaliyevich, "Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari texnologiyasi" kafedrasi mudiri Xozin Vadim Grigoryevich va boshqa professor-o'qituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Safar davomida QozDAQUning turli bo'limlari, innovatsion markazlari va laboratoriyalari, shuningdek, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishuv ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida kelgusida ilmiy tadqiqotlar olib borish, tajriba almashish hamda ta'lim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda. Bu tashrif ikki tomonlama ilmiy va pedagogik hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangiliklar
250
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi va O'zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev hamda uning birinchi kotibi Elbek Saidovlar ishtirokida Kuala-Lumpur shahrida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi va O'zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev hamda uning birinchi kotibi Elbek Saidovlar ishtirokida Kuala-Lumpur shahrida uchrashuv bo'lib o'tdi. Tashrif davomida TAQU va Malayziyaning uchta yetakchi universiteti – USIM (Universiti Sains Islam Malaysia), UPM (Universiti Putra Malaysia), va UM (Universiti Malaya) o'rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ushbu uchrashuvda tomonlar o'zaro tajriba almashish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev universitetlar o'rtasidagi aloqalarni yuqori baholab, elchixona har tomonlama yordam ko'rsatishga tayyorligini taʼkidladi. Ayniqsa, TAQU va UM o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda 2025-yil fevral oyida O'zbekiston va Malayziya davlat rahbarlari uchrashuvi doirasida hamkorlik memorandumini imzolashni jadallashtirish masalasiga alohida urg'u berildi. Bundan tashqari, O'zbekiston va Malayziya oliy taʼlim muassasalari rektorlari uchrashuvining birinchi forumini o'tkazish va Malayziyada TAQU fakultetini qayta tashkil etish tashabbusi ham koʻrib chiqildi. Mazkur tashabbuslar ikki mamlakat taʼlim tizimini integratsiya qilishda yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.