Yangiliklar
Yangiliklar
331
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A.Tulaganov Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b. Tulaganov Baxrom Abdukabilovich 2024-yil 24-dekabrdan 26-dekabrga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli topshirig'iga asosan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida xizmat safarida bo'lib turibdi. Mazkur xizmat safari davomida delegatsiya ilgʻor muhandislik maktablari tashkil etilishi tajribasini oʻrganish va bu tajribani O'zbekistonning turdosh oliy taʼlim muassasalarida qoʻllash boʻyicha yangi kelishuvlarga erishish maqsadini koʻzlamoqda. Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya aʼzolari N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetiga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan ilgʻor muhandislik maktabining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular universitetning Aerokosmik fakultetida boʻlib, fakultetning ishlash jarayonlari va imkoniyatlarini oʻrgandilar. Bu tashrif doirasida yangi ilmiy-texnik hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va muhandislik sohasida ilgʻor yondashuvlarni oʻzlashtirish boʻyicha samarali kelishuvlarga erishish kutilmoqda.
E'lonlar
262
O'zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasining ma'lumotiga muvofiq, 2025-o'quv yilida Seulning nufuzli universitetlaridan birida magistratura yo'nalishi bo'yicha tahsil olish uchun e'lon qilingan.
O’zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasining ma’lumotiga muvofiq, 2025-o’quv yilida Seulning nufuzli universitetlaridan birida magistratura yo’nalishi bo’yicha tahsil olish uchun e’lon qilingan. Mazkur stipendiya dasturi Seul shahri hokimiyati tomonidan amalga oshirilib, fan va muhandislik sohalari hamda “STEAM” fanlari bo‘yicha bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan yosh davlat xizmatchilari uchun mo‘ljallangan. Dastur bilan bog‘liq barcha xarajatlar (aviachipta, o‘qish, turar joy, tibbiy sug‘urta, oylik stipendiya) Koreya tomonidan qoplanadi. Koreya tomonining ma’lumotiga ko’ra, nomzodlar o'qituvchi, ilmiy xodim, doktorant, magistrant, talabalar qatoridan bo'lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar. Ushbu tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, 2025-yil 15-yanvarga qadar Xalqaro aloqalar bo’limiga (Bosh bino 604-xona) taqdim etishlari kerak. Hujjatlarga ularning ingliz yoki koreys tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.
Yangiliklar
250
Ayni daqiqalarda Toshkent Arxitektura-qurilish universitetining prorektorlari R.M. Xadjayev va D.Sh. Mirjalilova Yevropa Ittifoqining TEMPUS va Erasmus loyihalarining 30 yilligiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqdalar.
Ayni daqiqalarda Toshkent Arxitektura-qurilish universitetining prorektorlari R.M. Xadjayev va D.Sh. Mirjalilova Yevropa Ittifoqining TEMPUS va Erasmus+ loyihalarining 30 yilligiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqdalar. Konferensiyada taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va xalqaro loyihalarning natijalarini muhokama qilish masalalari ko’rib chiqilmoqda. TEMPUS va Erasmus+ loyihalari universitetlararo aloqalarni kuchaytirish va taʼlim sifatida sezilarli oʻzgarishlarni amalga oshirishga hissa qo'shib kelmoqda. Bu kabi xalqaro tadbirlarda qatnashish Toshkent Arxitektura-qurilish universitetining xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga va dunyo miqyosidagi ilg’or yutuqlardan foydalanishga imkon yaratadi.
Yangiliklar
261
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Moskvada o'tkazilgan TexnoNIKOL kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritib qaytishdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Moskvada o’tkazilgan TexnoNIKOL kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritib qaytishdi. Universitet jamoasi ushbu yutuqdan g’ururlanadi va talabalarni erishgan natijalari bilan qutlaydi. Bu g'alaba ularga berilgan bilim va mahoratning amaliy isboti, shuningdek, universitetning xalqaro maydonda obro’sini yanada oshirishga hissa qo’shdi. Universitet rektori v.v.b. B.A.Tulaganov talabalarimizning sa’y-harakatlarini munosib e’tirof etib, ularga universitet nomidan TASHAKKURNOMA topshirdi. Talabalarimizga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va baland cho'qqilarni zabt etishlarini tilaymiz!
Yangiliklar
246
Xalqaro xamkorliklar yanada mustahkamlanmoqda TAQU konstruktorlik buyrosini ochish va uni davomiylashtirish maqsadida bir qator mutaxassislar Germaniyada stajirofkaga o'tashmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining bir guruh professor-o'qituvchilari Germaniyaning Veymar shahrida joylashgan "Bauhaus-Universität Weimar" da stajirovka o'tashmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17-sentabr kuni qabul qilgan 42-sonli bayoni asosida Toshkent arxitektura-qurilish Universitetida konstruktorlik byurosini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bu loyiha doirasida universitetdagi professor-o'qituvchilar va mutaxassislar Germaniyaning Bauhaus Universitetiga borishdi. Bauhaus universiteti professori, texnika fanlari doktori Lars Abrahamczyk professor-o'qituvchilar va mutaxassislarni iliq kutib oldi va universitetning ilmiy markazlar faoliyati hamda qurilish konstruksiyalari, seysmoizolyatsiya bo’yicha Germaniya standartlari va normalari bilan tanishtirdi. Arxitektura va konstruktsiya, hamda bino va inshootlarning seysmik chidamliligi sohalaridagi qo’shma tadqiqotlar olib borish, talabalar va doktorantlar almashinuvi masalalari bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi. Hozirda professor-o'qituvchilar uchun 16 qavatdan yuqori binolarni zamonaviy dasturlarda loyihalash bo'yicha mashg'ulotlar olib borilmoqda. Stjirovka davomida seysmik laboratoriya faoliyati va seysmik akselerometr o’rnatilgan inshoot bilan hamda Myunxen shahridagi seysmoizolyatorlar ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Yangiliklar
158
TAQUning bir qismi endi Malayziyaning USIM universitetida.
2024-yil 18-dekabr kuni TAQU va USIM universitetlari o’rtasidagi yangi hamkorlik xonasi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda ikkala universitetning professor-o’qituvchilari, xodimlari va iqtidorli talabalari ishtirok etib, ilm-fan va ta’lim sohasidagi yangi imkoniyatlarni muhokama qilishdi. Hamkorlik xonasi — bu ikki universitet o’rtasidagi ilmiy va pedagogik sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan ajoyib maydon. Bu yerda talaba va professor-o’qituvchilar birgalikda ishlash, tajriba almashish va yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Yangiliklar
334
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Malayziyaning USIM universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi PQ- 416- sonli qarori asosida professor o’qituvchilar va xodimlar malakasini oshirish, xorijiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bir guruh delegatsiya a'zolari 16.12.2024 yilda Malayziyaga tashrif buyurishdi. Delegatsiyani USİM universiteti jamoasi kutib oldi, dastlabki uchrashuv va muhokamalar USİM universiteti Ta'lim sifati nazorati bo'limi (Quality Control Department) vakillari hamda Xalqaro aloqalar bo'limi (İnternational office) boshlig'i Dr.Fauziah Hassan ishtirokida bo'lib o'tdi. Bundan tashqari USİM ning Malaka oshirish markazi direktori Dr. Khafiz Bin Abu Hassan markaz faoliyati, talablari, Dr. Rami Universitet o'quv reja va dasturlari, bosqichma-bosqich professor Ramiaida Binti Darmi rivojlanish strategiyalari haqida ma'lumot berdi. Delegatsiyaning asosiy maqsadi TAQU va USİM o'rtasida qisqa va uzoq muddatli hamkorlik rejalarini amalga oshirish orqali TAQU ni xalqaro miqyosda o'z o'rni va mavqeiga ega universitet bo'lishiga hissa qo'shishdan iborat.
Yangiliklar
202
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Malayziyaning USIM universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi PQ- 416- sonli qarori asosida professor o’qituvchilar va xodimlar malakasini oshirish, xorijiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bir guruh delegatsiya a'zolari 16.12.2024 yilda Malayziyaga tashrif buyurishdi. Delegatsiyani USİM universiteti jamoasi kutib oldi, dastlabki uchrashuv va muhokamalar USİM universiteti Ta'lim sifati nazorati bo'limi (Quality Control Department) vakillari hamda Xalqaro aloqalar bo'limi (İnternational office) boshlig'i Dr.Fauziah Hassan ishtirokida bo'lib o'tdi. Bundan tashqari USİM ning Malaka oshirish markazi direktori Dr. Khafiz Bin Abu Hassan markaz faoliyati, talablari, Dr. Rami Universitet o'quv reja va dasturlari, bosqichma-bosqich professor Ramiaida Binti Darmi rivojlanish strategiyalari haqida ma'lumot berdi. Delegatsiyaning asosiy maqsadi TAQU va USİM o'rtasida qisqa va uzoq muddatli hamkorlik rejalarini amalga oshirish orqali TAQU ni xalqaro miqyosda o'z o'rni va mavqeiga ega universitet bo'lishiga hissa qo'shishdan iborat.
E'lonlar
150
Barcha yoshlarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori bilan jonli muloqotga taklif etamiz.
Joriy yilning 20-dekabr kuni Agentlik direktori Akmal Burxanov yoshlar bilan uchrashadi. Muloqotda ishtirok etish istagini bildirgan barcha yoshlar oldindan roʻyxatdan oʻtgan holda qatnashishlari mumkin. Uchrashuv Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi binosida, 20-dekabr kuni soat 15.00 da boshlanadi. Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi so‘rovnomani (https://forms.gle/FQej7R4voV9HJQAz6) to‘ldirish so‘raladi. Roʻyxatdan o'tish joriy yilning 18-dekabr soat 16.00 ga qadar davom etadi. Roʻyxatdan oʻtish ishtirokchilar soni belgilangan miqdorga yetganda muddatidan oldin yakunlashi mumkin.Murojaat uchun raqamlar: 71 2020402 (423)Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.