Yangiliklar

Tadbirlar

 212

Yoshlar oʻrtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasi tashkil etish

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchilari bilan “Yoshlar oʻrtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasi tashkil etish” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining magistratura yo'nalishi tinglovchisi podpolkovnik J.Samandarov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, Yunusobod tumani IIO FMB XPB profilaktika katta inspektori kapitan A.Shodiyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshligʻi N.Kurbanova, tyutorlar hamda talaba-yoshlar tomonidan olib borildi.  Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov soʻzga chiqib tadbirni ochib berdi va barchani ogohlikka chaqirdi. Ushbu targ'ibot tadbirini o'tkazishdan asosiy maqsad talabalar o'rtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, bezorilik, huquqbuzarliklar va ularni oqibatlaridan ogohlikka chaqirishdan iborat. Podpolkovnik J.Samandarov  bu bo'yicha o'zining tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi.

Yangiliklar

 674

2025-yil 15-yanvarda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aktsiyadorlik tijorat banki, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallariLITI” MChJ, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshidagi R&D tadqiqotlar markazi rahbariyati va mutaxassislari bilan 2025 yil 15 yanvar kuni uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda quyidagi vazifalar muhokama etildi, xususan:-  qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning munosabatlari asosida ta’lim mazmuni takomillashtirish; -  dual ta’lim tizimi asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini takomillashtirish; ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani yanada rivojlantirish; korxonalarda talabalarning amaliyotlarini sifatli o‘tkazish;-  korxonalarning muammolari Yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va bitiruv malakaviy ishi mavzularini shakllantirish; -  qurilishda talabi yuqori bo‘lgan sifatli yangi mahsulot turlarini yaratish va kengaytirish hamda tarmoqning eksport salohiyatini oshirishga doir ilmiy asoslangan innovatsion va fundamental loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish; -  qurilish materiallari ishlab chiqarishdan boshlab foydalanish davrigacha ekologiya va atrof-muhitga ta’sirni cheklash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar asosida “yashil sertifikatlar” tizimida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish; -  Toshkent arxitektura-qurilish universiteti imkoniyatlarini tijoratlashtirish. Uchrashuvda belgilangan vazifalarni natijadorligini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yo‘l xaritasi kelishib olindi.

Tadbirlar

 268

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "14-yanvar vatan himoyachilari kuni'' munosabati bilan universitet professor-o'qituvchi va xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "14-yanvar vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan universitet professor-oʻqituvchi va xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda universitet rektori B.Tulaganov so'zga chiqib, bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va kelgusida xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayramidir. Ushbu bayram munosabati bilan barchani tabriklagan holda tadbirni ochib berdi. Tadbir davomida universitet hamda Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan ko'p yillik samarali mehnati, kasbiga fidoyligi va intellektual qobiliyati bilan yuksak hurmat va ehtiromga sazovor bo'lgan xodimlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

E'lonlar

 184

Akramov Axror Adxamjonovichning doktorlik (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz.

Akramov Axror Adxamjon o'g'lining 05.09.04 – “Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha “Suv tozalash inshootlarida ichimlik suvini tindirish usulini takomillashtirish.” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining ilmiy seminari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 21 yanvar kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 100011, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi 9-uy, Muhandislik fakulteti 3-bino 106-xona. Tel/faks: (99855) 508 02 95; (99855) 508 50 06,  e-mail: devon@taqu.uz.

E'lonlar

 173

Akramov Axror Adxamjon o'g'lining doktorlik (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz.

Akramov Axror Adxamjon o'g'lining 05.09.04 – “Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari” ixtisosligi bo'yicha “Suv tozalash inshootlarida ichimlik suvini tindirish usulini takomillashtirish.” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining ilmiy seminari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 21 yanvar kuni soat 15:00 dagi majlisida bo'lib o'tadi.Manzil: 100011, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi 9-uy, Muhandislik fakulteti 3-bino 106-xona Tel/faks: (99855) 508 02 95; (99855) 508 50 06,                                                      E-mail: devon@taqu.uz.

Tadbirlar

 314

2025-yil 9-yanvar kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat'' tizimini boshqarish bo'limi tomonidan seminar tadibri tashkilashtirildi.

2025-yil 9-yanvar kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo'limi tomonidan 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI”” (4-bandi)da belgilab berilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida universitet professor-o'qituvchilari va tyutorlar ishtirokida seminar tadibri tashkilashtirildi. Ushbu tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev, hamda universitet bosh yuristkonsulti L.Bahromov lar ishtirok etidilar. Tadbir boshida universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi M.Isakdjanov so‘zga chiqib, Universitetda bugungi kunda  Odob-axloq, manfaatlar to'qnashuvini oldini olish va Ichki mexnat qoidalariga rioya qilish bo‘yicha bo‘lim, inson resurslarini boshqarish bo'limi va universitet huquqshunoslari bilan birgalikda belgilangan tartibda chora-tadbirlar amalga orilib kelinmoqdaligi ishtirokchilarga yetkazildi. 2.  Shundan so‘ng, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev so‘zga chiqib, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” bo‘yicha tadbir ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.  Yig‘ilishda universitet bosh yuristkonsulti L.Baxromov so‘zga chiqib universitet rektorining 2023-yil 22-iyundagi 168-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki mexnat qoidalari” to'g'risida ma’lumotlar berib o'tdi. Xususan, u tadbir ishtirokchilarni universitet “Ichki mexnat qoidalari”ga barcha universitet xodimlari qat’iy amal qilishlari lozimliklari va ushbu xujjat bilan tanishib chiqishlarini tavsiya qildi. Tadbir so'ngida ishtirokchilarning ma'sullar bilan qizg'in savollar-javoblari bilan yakunlandi.

E'lonlar

 163

Salayev Ergashbek Atonozarovichning doktorlik (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz.

Salayev Ergashbek Atonozarovichning 18.00.01-Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash ixtisosligi bo'yicha “Xiva me’moriy yodgorliklarini holatini baholash, saqlash va ta’mirlash tamoyillarini yaratish” mavzusidagi arxitektura fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 23 yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida bo'lib o'tadi. Manzil: 100194, Toshkent shahri, Yunusobod tumani Yangi shahar ko'chasi, 9a uy. Kengash 4 bino 5-qavatida katta zalda bo'lib o'tadi. Tel: (95) 019-77-00 E-mail: shuh_1977@mail.ru

Yangiliklar

 256

Turkiyaning Mimar Sinan universitetida va Istanbul texnika univeristetida malaka oshirish va hamkorlikni yo'lga qo'yish

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura” fakulteti vakillari, Turkiyaning Mimar Sinan va Istanbul texnika universitetlarida xizmat safarida bo’lib turibdi.Safar davomida  mutahassislarimiz  Turkiyaning Istanbul universitetida ham bo’lishdi. Uchrashuvda halqaro aloqalar bo’limi boshligi   Dots. Dr. Feyza Nur TUNCER KILINÇ, Arxitektura fakulteti dekani Prof.Dr. YUKSEL DEMİR hamdaShahar va hududiy rejalashtirish boshqarmasi boshligi Dots.Dr. METE BAŞAR BAYPINAR va Erasmus va boshqa  turli loyihalar bo’yicha mutahassislar  ishtirok etishdi.Uchrashuvlar chog’ida quyidagi masalalar muhokama qilindi:-         ikkita universitet o’rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash-         birgalikda ilmiy loyihalar bajarish-         Professor-o’qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik almashinuvni yo'lga qo'yish.-         Yozgi ta’lim maktablarini tashkil etish.-         Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy maqolalar bo’yicha hamkorlikni kengaytirish. Shuningdek, delegatsiya Istanbul  universitetining turli kafedralari, innovatsion markazlari,  o’quv jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Ma’lumot uchun Istanbul universiteti Qs reytingda topda  621 o’rinda turadi.

E'lonlar

 764

"Men giyohvandlikka qarshiman'' shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi e'lon qilamiz!

"Men giyohvandlikka qarshiman!" shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi eʼlon qilamiz!Tanlov quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi:a) Adabiyot yo'nalishi-bunda talabalar tomonidan mavzuga doir yozilgan she'r, hikoya, esse, dramatik asar va insholar ko'rib chiqiladi:b) Tasviriy va amaliy san'at yo'nalishi- bunda talabalar tomonidan tayyorlangan plakatlar, rasmlar, grafik ishlanmalar, akvarel, naqqoshlik, qo'lda ishlangan buyumlar shuningdek, boshqa tasviriy va amaliy san'at turlari bo'yicha ijodiy ishlar ko'rib chiqiladi.Ishtirokchilar ijodiy ishlarini 25-fevralga qadar bosh bino 210-xonaga taqdim etishlari so'raladi.Tanlov nizomi bilan tanishish:Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, bilimlaringizni sinovdan o'tkazing va g'oliblar qatoridan joy egallang. Batafsil: https://taqu.uz/file/tanlov giyohvandlik NIZOM.PDF