Yangiliklar
Tadbirlar
216
Toshkent Arxitektura-Qurilish Universitetining iqtidorli talabalari taqdirlandi!
Toshkent Arxitektura-Qurilish Universitetining iqtidorli talabalari taqdirlandi!Quyidagi talabalar davlat stipendiyalariga sazovor bo'ldilar:Umarkulova Shaxodat Mashrab qiziO'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi.Ne'matjonova Mahliyo Nizomjon qiziNavoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi.Xolyorova Maftuna Azamat qiziBeruniy nomidagi davlat stipendiyasi g'olibasi.Ular Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti rektori v.v.b. B. Tulaganov tomonidan taqdirlandilar. Tabriklaymiz! Talabalarimizga kelgusi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
Yangiliklar
219
Xalqaro xamkorlik.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura” fakulteti professor oʻqituvchilari Turkiyada boʻlgan xizmat safari davomida Istanbul Universitetida uchrashuv bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik.Uchrashuvda ikki universitet oʻrtasida hamkorlik memorandumni imzolashga kelishilgan edi. Kuni kecha Toshkent Arxitektura qurilish Universiteti rektori v.v.b B.Tulaganov tomonidan ushbu memorandum imzolandi.Memorandum shartlariga ko'ra endilikda ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, yozgi taʼlim maktablarini tashkil etish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda ilmiy maqolalar boʻyicha hamkorlikni kengaytirish kabi masalalar nazarda tutilgan.Eslatib o'tamiz! Istanbul Universitetida bugungi kunda 17 ta fakultetda 48000 ta talaba tahsil oladi. Universitet QS reytingida dunyo universitetlari orasida 621-oʻrinni egallab, xalqaro ilmiy va akademik hamkorlikda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Ushbu memorandum ikki universitet oʻrtasida akademik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.
Tadbirlar
184
Satira teatrida rahbar xodimlar, professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talabalar bilan ma'daniy hordiq.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov boshchiligida Oʻzbekiston Davlat Satira teatriga borildi.Unda muallif Sh.Mahkamovning "Quticha" asari rejissor M.Xoliqov tomonidan sahnalashtirilgan. Spektakl komediya janrida boʻlib, unda boylikka osonlikcha erishib boʻlmaslik, qoʻshnilar bilan mehr oqibatni buzmaslik hamda oila muqaddasligi haqida aks etgan.Universitet xodimlari va talabalari komediya janrli ushbu spektakldan maʼnaviy ozuqa olishdi.
E'lonlar
216
Diqqat e'lon!
Quvayt bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari, yirik qo‘shma anjuman tashkil qilish, O‘zbekiston oliygohlarida Quvayt ko‘magida laboratoriyalar yaratish kabi aniq va istiqbolli loyihalar hamda investitsiyalarni va texnik ko‘makni jalb qilishni nazarda tutuvchi takliflar ro‘yxati shakllantirilmoqda.Ma’lumot uchun: 2017-yil 8-fevralda Al-Quvayt shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati oʻrtasida oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim” imzolangan (bitim matni bilan tanishish uchun havola – https://lex.uz/uz/docs/-3580202#-3580298).
E'lonlar
172
Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar uchun bakalavr va magistrlik o'quv dasturlariga grantlar.
Bruney Tashqi ishlar vazirligi Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar uchun bakalavr va magistrlik o'quv dasturlariga grantlar ajratilganini ma'lum qiladi. Arizalar 2025-yil 15-fevralga qadar https://www.mfa.gov.bn/Pages/online-bdgs.aspx havolasi orqali qabul qilinadi hamda tanlov tartibi, shartlari va boshqa jihatlari yuzasidan batafsil ma'lumotlarni ham ushbu havola orqali olishingiz mumkin.Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar 2025-yil avgustdan boshlab quyidagi universitetlardan birida ta'lim olishi mumkin:1. Universiti Brunei Darussalam (https://ubd.edu.bn/);2. Universiti Islam Sultan Sharif Ali (https://unissa.edu.bn/);3. Universiti Teknologi Brunei (https://www.utb.edu.bn/);4. Kolej Universiti Perguruan Ugama Seri Begawan (https://www.kupu-sb.edu.bn/Theme/Home.aspx) ;5. Politeknik Brunei (https://pb.edu.bn/).
Yangiliklar
482
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati "TASHGIPROGOR" AJ bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati "TASHGIPROGOR" AJ bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv davomida o'zaro hamkorlik istiqbollari, loyihalash va qurilish sohasidagi tajriba almashish, shuningdek, kelgusida qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu tashabbus ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangiliklar
174
Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Xitoyning qurilish va energetika sohasida faoliyat olib boruvchi bir guruh tadbirkorlar tashrif buyurishdi.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Xitoyning qurilish va energetika sohasida faoliyat olib boruvchi bir guruh tadbirkorlar tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, arxitektura va qurilish sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Unda Xitoyning yetakchi kompaniya vakillari o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yangi loyihalar va kelajakdagi rejalar haqida fikr almashishdi. Bu hamkorlik istiqbolda xalqaro loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Tadbirlar
278
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A.Tulaganov, Akademik faoliyat boʻyicha prorektor R.M.Xadjaev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.X.Mardov va fakulteti dekani D.K.Xoliqov talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Muhandislik fakulteti dekani D.K.Xoliqov tadbirni kirish soʻzi bilan ochib berdi va universitet rektori B.A.Tulaganovga soʻz berdi. Ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvda universitetda yoshlar uchun yaratilgan koʻplab imkoniyatlarni ta’kidlab, talabalar ulardan unumli foydalanishga chaqirildi. Bundan tashqari talabalar uchun loyiha markazlari tashkil etilganligi va u yerda talabalar oʻz malakalarini oshirish mumkinligini ta’kidlab oʻtdi. Uchrashuvda yangiliklar, xalqaro hamkorliklar, loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tadbir davomida Akademik faoliyat boʻyicha prorektor R.M.Xadjaev universitetning oʻquv jarayoni va kredit modul tizimi toʻgʻrisida ma’lumot berib oʻtdi. Talabalar bilan qiziqarli savol javob ham boʻlib oʻtdi.
Yangiliklar
295
Universitet rahbariyati va "GOLDEN HOUSE " kompaniyasi bosh direktori bilan navbatdagi uchrashuv
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati “GOLDEN HOUSE” kompaniyasi bosh direktori V. L Kalina bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda imzolangan shartnomaga asosan ikki tashkilot tomonidan hamkorlikdagi vazifalarni yana bir bor koʻrib chiqib amalga oshirilgan bir qator vazifalar sanab oʻtildi. Bundan tashqari “GOLDEN HOUSE” tashabbusi bilan talabalarga yangi yoʻnalishlarni yaʼni mahsulotshunoslik fanlarini joriyi etish taklifi namoyish etildi. Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda talabalar uchun amaliyot masalalariga ham to'xtalib o'tildi.