Yangiliklar

E'lonlar

 234

Hurmatli izlanuvchilar!

Joriy yilning 3-4-aprel kunlari soat 14:00 da TAQU Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida tahsil olayotgan PhD va DSc izlanuvchilari uchun ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha monitoring o‘tkaziladi.Monitoring ilovada belgilangan mezonlar asosida baholanadi.O‘tkazilish joyi: TAQU, 4-bino, 3-qavat, o‘quv zaliMuddat: 3-4 aprel, soat 14:00Barcha izlanuvchilar belgilangan muddatga qadar o‘z ilmiy faoliyati bo‘yicha hisobotlarini tayyorlashlari so‘raladi.https://taqu.uz/storage/files/Savolnoma-20250228104504.pdfQo‘shimcha ma’lumot uchun: [99-820-99-10] Ilmiy izlanishlaringizda muvaffaqiyat tilaymiz!

Yangiliklar

 249

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Xalqlar Do‘stligi Universiteti o'rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga  Qozog'iston Respublikasi A. Kuatbekov nomidagi Xalqlar Do‘stligi universiteti rektori, professor Kuatbekova Rabiga Abdimusaevna boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar universitetning o‘quv va ilmiy laboratoriyalari, ustaxonalari hamda moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishib, ta’lim jarayoni bo‘yicha taqdimotlarda ishtirok etdilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazilib, universitetning innovatsion ta’lim yondashuvlari, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda xalqaro hamkorlik doirasidagi loyihalari muhokama qilindi. Tashrifning asosiy maqsadi Xalqlar Do‘stligi universitetida TAQUning  bakalavriat bosqichida uchta yo‘nalishni ochish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Muzokaralar davomida tomonlar ushbu tashabbusni amalga oshirishning tashkiliy va huquqiy jihatlarini muhokama qilib, professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish, o‘quv jarayonlarini uyg‘unlashtirish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Tashrif yakunida TAQU va Xalqlar Do‘stligi Universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Uchrashuv doirasida mehmonlar O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish maqsadida Samarqand shahriga yo‘l oldilar. Madaniy dastur doirasida ular shahar me’moriy yodgorliklari va tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishib, milliy merosimizga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbirlar

 192

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti M.Obidova hamda fakultet tyutorlari hamkorlikda talabalar oʻrtasida "Baxt formulasi" va "Yashash uchun ming bir sabab" psixologik trening aksiyasi boʻlib oʻtdi

Bundan maqsad talaba yoshlarda hayotga nisbatan pozitiv fikrlashni uygʻotish, oʻz oldiga toʻgʻri maqsad qoʻya olish, talabalarning oʻziga boʻlgan ishonch tuygʻusi "Samootsenka" tushunchasini toʻgʻri talqin etish, talabalar oʻrtasida oʻzaro xurmat va doʻstona munosabatlarni shakllantirishdan iborat. Psixologik aksiyada talabalar faol ishtirok etishdi. Aksiya juda qiziqarli psixologik trening va texnikalarga boy tarzda yuqori koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Tadbirlar

 188

NEW GENERATION loyihasining ilk sayohati

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining ingliz tilini mukammal biladigan iqtidorli talabalari “NEW GENERATION” loyihasi doirasida Chimyon tog‘lariga ilk sayohatini amalga oshirdi. Mazkur loyiha talabalar uchun nafaqat unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi, balki ularning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Sayohat davomida barcha ishtirokchilar faqat ingliz tilida muloqot qilib, o‘z bilim va tajribalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari Malayziyalik professor Dr. Ziad Baydoun ham talabalar bilan birgalikda sayohatda qatnashdi va o'z  tajribalarini yoshlarga ulashdi. Professor va mutaxassislarning qimmatli tavsiyalari yosh avlod vakillarining bilimlarini kengaytirib, ularga yangi ufqlarni ochdi. Ushbu loyiha ta’lim va dam olishni uyg‘unlashtirib, talabalar uchun noyob o‘rganish muhitini yaratdi. Ishtirokchilar cheksiz energiya, yangi bilimlar va yorqin taassurotlar bilan boyib, bunday tashabbuslarning davom etishini intiqlik bilan kutmoqdalar.

Tadbirlar

 165

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida PhD bitiruvchi doktorantlar bilan ilmiy va amaliy muhokamalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi

Mazkur uchrashuv ilmiy izlanishlarning samaradorligini oshirish, doktorantlarga ilmiy-tadqiqot faoliyatida metodik ko‘mak berish hamda dissertatsiya himoyasi jarayonlarini muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi. Uchrashuvda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor D. Mirjalilova hamda Oliy ilm-fan maktabi rahbari A. Metyakubov so‘zga chiqib, doktorantlarning ilmiy faoliyatiga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir davomida doktorantlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, yaqin kelajakda dissertatsiya himoyasiga tayyorlanayotgan yosh tadqiqotchilarga ilmiy-tahliliy yondashuvlarni chuqurroq o‘zlashtirish, ilmiy ishlarda xalqaro standartlarga mos yondashuvlarni qo‘llash hamda tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini oshirish borasida qimmatli metodik ko‘rsatmalar taqdim etildi.

Tadbirlar

 186

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Dotsent” ilmiy unvoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Universitet rektori v.v.b. B.A.Tulaganov tomonidan samimiy tilaklar va ulkan zafarlar tilab quyidagi nomzodlarga “Dotsent” unvoni topshirildi.Meyliyeva Gulnoza MinggirovnaAllanyazov Marat BaxavedinovichNarbayev Sanjar MuxammatovichNazarov Komil Igamberdiyevich

Tadbirlar

 238

Xabaringiz bor Respublikamiz bo‘ylab eʼlon qilingan “Milliy liboslar kuni” oliy taʼlim muassasalarida ham o‘tkazilmoqda

Milliy madaniyatimiz va an’analarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Milliy liboslar kunini o'tkazish an'ana tusiga kirdi. Universitet professor-oʻqituvchilari va xodimlari talabalarga oʻrnak boʻlib gʻurur va iftixor bilan milliy kiyimlarda oʻz faoliyatlarini olib bormoqdalar. Talabalar ham oʻz navbatida haftaning har juma kunlari dars jaroyida milliy libos va doʻppilarda ishtirok etmoqdalar.

E'lonlar

 222

E'lon

Sizni Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan ta’lim tadbirlarida ishtirok etishga taklif qilamiz. Pyatigorsk va Minsk (Belarus Respublikasi)2025 yil 25-29 mart, Sochi (Xosta) ta’lim tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari uchun VI yillik “Ta’lim 2025: maktablar va bolalar bog‘chalarini samarali boshqarish” konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi.– 2025-yil 7-10 aprel, Pyatigorsk ta’lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari uchun “ZAMONAVIY MAKTAB VA BOG‘CHA” amaliy seminar.– 2025-yil 22-26 aprel, Minsk (Belarus Respublikasi) Ta’lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari uchun “ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDA O‘QITUVCHI ISHLAB CHIQISHI” mavzusida amaliy seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Barcha savollar boʻyicha tashkiliy qoʻmita bilan bogʻlaning: Tel.: 8(495)227-15-17; elektron pochta: info@conventus-center.ru: http://conventus-center.ru

Tadbirlar

 209

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti psixologi M.Obidova tomonidan talaba-yoshlar o'rtasida "Art- terapiya" mashg'uloti o'tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti psixologi M.Obidova tomonidan  talaba-yoshlar o'rtasida "Art- terapiya" mashg'uloti o'tkazildi. Oʻtkazilgan psixologik seminar treningda talabalar o'rtasida psixologik zo'riqishlarni oldini olish, emotsional psixologik holatlarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etildi. Trening davomida psixologik texnikalar va qiziqarli savol-javoblar boʻlib oʻtdi. Tashkil etilgan psixologik seminar trening talabalar tomonidan yuqori kayfiyatda qabul qilindi.