Yangiliklar

Tadbirlar

 204

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yoshlarni qutqaruvchilik kasbiga qiziqtirish bo‘yicha amaliy uchrashuv o‘tkazildi

Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalarni qutqaruvchilik kasbiga qiziqtiриsh, ularni yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbirda katta leytenant T. Quchqarov, katta leytenant B. Lutfullaev va mayor Sh. Salixovlar tomonidan talabalar uchun favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yong‘in sodir bo‘lganda evakuatsiya qilish tartibi, dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi. Uchrashuvda Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i O. Berdiyorov hamda yong‘in xavfsizligi instruktori R. Axunovlar ham ishtirok etib, yong‘in xavfsizligini ta’minlashda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida so‘z yuritdilar. Tadbir doirasida talabalar ishtirokida yong‘in o‘chirish uskunalari bilan ishlash, o‘t o‘chirish moslamalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi. Talabalar yong‘inga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘zlari sinab ko‘rishdi va mutaxassislar rahbarligida mashqlarni muvaffaqiyatli bajarishdi. Uchrashuvda bino va inshootlar qurilishi fakulteti hamda muhandislik fakulteti talabalari, dotsent Farhod Xonturayev Safarovich va Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi vakillari faol ishtirok etdilar.

Tadbirlar

 231

Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan poytaxtda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun yurtimizda buyuk sarkarda, dono siyosatchi va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlanmoqda. Ushbu muhim sana munosabati bilan ertalabdan Toshkent shahridagi Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yilib, xalqimiz qalbida chuqur iz qoldirgan tarixiy siymoga hurmat bajo keltirildi. Shu bilan birga, ma’naviy-ma’rifiy ruhda boyitilgan tantanali tadbir tashkil etildi. Poytaxtimizning yuragi sanalmish Amir Temur xiyobonida o‘tkazilgan mazkur tadbirda turli sohalarning yetuk vakillari ishtirok etdilar. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, fan va ta’lim sohasining nufuzli olimlari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda madaniyat arboblari tadbirga tashrif buyurdi. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.b. B.Tulaganov ham ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etib, Amir Temur merosining zamonaviy taraqqiyotimizdagi o‘rniga oid fikr-mulohazalarini bildirdi.

E'lonlar

 216

Nagoya University Osiyo satellit campuslari institutining 2025 yildagi doktorantura dasturlariga qabul boshlanganligini ma’lum qiladi

Doktorlik ta’lim dasturining o‘ziga xos xususiyati shundaki, nomzod o‘z mehnat faoliyatidan ajralmagan holda 3 yil davomida Nagoya universitetida doktorlik tadqiqotini amalga oshiradi. O‘quv yili mobaynida doktorant bir necha marotaba Nagoya universitetiga intensiv tadqiqot uchun taklif qilinadi. Shuningdek, doktorant individual o‘quv va tadqiqot jadvali asosida Nagoya universiteti professorlari va hodimlarining har tomonlama ko‘magida o‘z ilmiy ishini olib boradi. Ta’lim va tadqiqot hamda Nagoya universitetiga tashrif bilan bog‘iq barcha xarajatlar yapon tomonidan qoplanadi.Doktoranturaga hujjat topshirish muddati:1) Huquqshunoslik, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar yo‘nalishidagi dasturga 2025 yilning 25 aprel kuni (juma) soat 18:00 (O‘zbekiston vaqti) etib belgilangan.2) Pedagogika va inson resurslarini rivojlantirish hamda psixologiya fanlari yo‘nalishidagi dasturga 2025-yilning 21-aprel kuni (dushanba) soat 18:00 (O‘zbekiston vaqti) etib belgilangan.Dastur bilan bog‘liq batafsil ma’lumot olish uchun Nagoya universiteti vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin. Manzil: Amir Timur ko‘chasi, 107, 14-B, Xalqaro biznes markaziTel: 71-238-94-05/06Elektron pochta: elmurodov@nagoya-university.uz. 

E'lonlar

 417

E'lon

Muhandislik oyligi doirasida rektor kubogi“Muhandislik oyligi” doirasida o‘tkaziladigan tanlovning NIZOMI

Tadbirlar

 190

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari “Quyi Chotqol GES”da tanishuv amaliyotida bo‘lishdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Qurilish” fakulteti hamda “Muhandislik gidrotexnikasi va geotexnika” kafedrasi talabalari “Quyi Chotqol GES”ga tanishuv amaliyoti doirasida tashrif buyurishdi. Mazkur tashrifning asosiy maqsadi  zamonaviy gidroelektr stansiyasining ishlash jarayoni bilan bevosita joyida tanishish, ishlab chiqarish tizimi haqida amaliy bilim va tasavvurlarni kengaytirishdan iborat bo‘ldi.Tashrif davomida talabalar quyidagi yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilargidroturbinlar va generatorlarning ishlash prinsipielektr energiyasini uzatish tizimlariyordamchi injenerlik kommunikatsiyalariobyekt hududida joylashgan beton ishlab chiqarish zavodi.Ma’lumot uchun: Quyi Chotqol GES — quvvati 90 MVt bo‘lgan, yiliga 292,2 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik energetik inshoot hisoblanadi. Stansiyani ishga tushirish 2025-yilga rejalashtirilgan.Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasi nomidan AO “O‘zbekgidroenergo”ga amaliyot jarayonini tashkil etganlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Yangiliklar

 181

Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Xitoy harbiy muhandislik sohasining vakillari tashrif buyurdi

7-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining harbiy muhandislik sohasi vakillari rasmiy tashrif bilan kelishdi. Tashrif davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha tajriba almashish hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalari sohasida qo‘shma faoliyat olib borish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ikki tomonlama talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, akademik hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarda ishtirok etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Tadbirlar

 182

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Saksoniya Oliy ta’lim delegatsiyasi vakili bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o'tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Saksoniya federal yerlarining Oliy ta’lim vazirligi delegatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Zlixa Tileuova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Suhbat davomida Zlixa Tileuova Saksoniya federal yerlarining Oliy ta’lim vazirligi tomonidan ajratilayotgan stipendiyalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ushbu stipendiyalar doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining bakalavriat bosqichining 1-, 2- va 3-kurs talabalari hamda magistratura bosqichining 1-kurs talabalari Germaniyada tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkinligi ta’kidlandi. Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan ingliz tilini kamida B2 yoki nemis tilini B1 darajasida bilishlari talab etiladi. Mazkur imkoniyatdan foydalanishni istagan talabalar universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Tadbirlar

 186

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil qurilish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil qurilish” masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Rossiya Federatsiyasidan taklif etilgan faxriy mehmon — fan nomzodi, dotsent, Rossiya arxitektura va qurilish fanlari akademiyasi (RAASN) maslahatchisi Andrey Benuj ishtirok etdi.Davra suhbatida quyidagi dolzarb mavzular muhokama qilindi: O‘zbekiston Respublikasida “yashil” qurilishni rivojlantirish strategiyalari;“Yashil” qurilish boʻyicha davlatlararo qoʻmita tashkil etish masalalari;“Yashil” standartlar bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yangilash ehtiyoji;Yashil moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish imkoniyatlari.Tadbir doirasida ishtirokchilar barqaror qurilish yondashuvlarini joriy etish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashdilar.

Tadbirlar

 191

Ochiq dars

2025-yil 3-aprel kuni “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Alimova Nigora Sunnatullayeva tomonidan 32-21 PT IK guruhida “Kasbiy ta’lim metodikasi” fanidan “Kasb ta’limi muassasida tarbiyaviy ishlar nazariyasi va amaliyoti” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Darsda “O‘zbek tili va adabiyoti” hamda “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ochiq dars interfaol metodlar – “Keys-stadi”, “Nima uchun” sxemasi, “SWOT tahlil”, “Baliq skeleti” hamda zamonaviy texnik vositalar yordamida yuqori saviyada tashkil etildi. Talabalar tarqatma materiallar asosida amaliy mashg‘ulotlarni bajarib, faol ishtirok etdilar. O‘qituvchi tomonidan mavzuga oid taqdimot namoyish etilib, darsning samaradorligi ta’minlandi.