Yangiliklar

Tadbirlar

 183

"Rektor va yoshlar uchrashuvi"

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida navbatdagi uchrashuv Arxitektura fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori, professor Tulaganov Bahrom Abdukabilovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida universitetda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Tadbir yakunida Arxitektura fakulteti dekani Xasanov Azamat Ozodovich so‘zga chiqib, barcha g‘oliblarni chin dildan tabrikladi hamda yaqin orada dunyoning yetakchi arxitektura kompaniyalari ishtirok etishi rejalashtirilayotgan xalqaro konferensiyaga fakultet talaba-yoshlarini faol ishtirok etishga chorladi.

Tadbirlar

 195

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasi musobaqasi boʻlib oʻtdi

Unda universitetida tahsil oluvchi talaba va oʻquvchilar oʻrtasida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasi musobaqasida universitet  Koordinatorlar, Qalqon jamoasi yoshlar harbiy guruhi a'zolari qatnashdi.Sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan musobaqada jamoalar- yuz metr fasofaga yugurish;- arqon tortish;- tosh ko'tarish;-armlestlingboʻyicha kuch sinadilar.Musobaqada qatnashgan barcha talabalar koʻtarinki kayfiyatda vaqtlarini mazmunli oʻtkazdilar.

Tadbirlar

 163

Biz bir oilamiz

9-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talaba-yoshlaning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyobonida Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat haykali oldida “Milliy qadriyatlar sayli” tanlovi, “Zakovat”, “Besh muhim tashabbus” festivali, “Bilimlar estafetasi” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i N.Kurbanova boshchiligida fakultet dekanlari, professor-oʻqituvchilar,  tyutorlar hamda universitet talabalari faol ishtirok etdilar. Unda universitet talabalari oʻrtasida Zakovat intellektual o‘yinlari, sog‘lom turmush tarzining faol targ‘ib qilishlari uchun muntazam sport bilan shug‘ullanishlari, ularning sog‘lom hayot kechirishlari maqsadida estafetalar, talaba-yoshlar  o‘rtasida milliylikni targʻib qilish, o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilishda milliy  kiyimlar va urf-odatlarini namoyishi hamda talabalarning bilimlari va malakalarini sinash maqsadida ular o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

E'lonlar

 232

Obidjonov Jahongir Toxir o’g’lining doktorlik (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz

2025 yilning 6-may kuni soat 10:00 da J.T.Obidjonovning  doktorlik (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi offline va online (masofaviy) tarzida o’tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan sizlarni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshidagi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli ilmiy Kengashning himoya majlisiga taklif etamiz.Kun tartibi: Obidjonov Jahongir Toxir o’g’lining 05.09.05–“Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo’yicha “Monolit qurilish uchun fibrobetonlarning samarador tarkiblarini ishlab chiqish” mavzusidagi tayyorlagan doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi.

Tadbirlar

 180

“Milliy qadriyatlar sayli”

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tomonidan Adiblar xiyobonidagi Zokirjon Muhammad oʻgʻli Furqat siymosi oldida universitet talabalari oʻrtasida “Milliy qadriyatlar sayli” tanlovi bo‘yicha quyidagi natijalar qayd etildi1-o‘rin K.Abduraximova  Muhandislik fakulteti   34-23 guruh talabasi,2- o‘rin K.Asatullayeva Arxitektura fakulteti 5-23 guruh talabasi,3- o‘rin D.Baymuxamedova Arxitektura fakulteti 5-24 guruh talabalari faxirli o‘rinlarni egalladilar.“Bilimlar estafetasi” tanlovi bo‘yicha quyidagi natijalar qayd etildi:1- o‘rin  Sh.Eshmurodov Arxitektura fakulteti 1-24 guruh talabasi,2- o‘rin Q.Ibragimov Qurilish fakulteti  30-24 guruh talabasi,3- o‘rin O.Nazrullayev Arxitektura fakulteti 12-24 guruh talabasi faxirli o‘rinlarni egalladilar."Zakovat" tanlovi bo‘yicha quyidagi natijalar qayd etildi:1- o‘rin Menejment fakulteti;2- o‘rin Arxitektura fakulteti;3- o‘rin Qurilish fakulteti.Barcha gʻoliblarni muborakbod etamiz!

Tadbirlar

 162

Rektor B. Tulaganov 1-sonli talabalar turar joyida bo‘ldi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B. Tulaganov 1-sonli talabalar turar joyida bo‘lib, u yerda yashayotgan talabalar bilan bevosita muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq va samimiy suhbat qurilib, ularning fikr va takliflari diqqat bilan tinglandi. Talabalar tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarga alohida e’tibor qaratilib, ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

E'lonlar

 236

Reyimbayev Shuxrat Sadullaevichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi

Reyimbayev Shuxrat Sadullaevichning 18.00.01 – Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash ixtisosligi bo‘yicha “Arxitektura-tarixiy muhitni qayta tiklashning innovatsion metodologiyasi (Samarqand shahri misolida)” mavzusidagi arxitektura bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning 2025 yil 25 aprel kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino 5-qavat majlislar zali.Tel/faks: (71) 235-43-30, 234-15-11, e-mail: devon@taqu.uz

E'lonlar

 219

Sadikova Sitorabonu Nematdjonovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi

Sadikova Sitorabonu Nematdjonovnaning 18.00.02 - Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi ixtisosligi bo‘yicha “Oʻzbekistonda barqaror turizmni rivojlantirish uchun Temuriylar bogʻlarini me’moriy qayta tiklash strategiyasida GAT (Samarqand viloyati misolida)”  mavzusidagi arxitektura bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning 2025 yil 24 aprel kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino 5-qavat majlislar zali.Tel /faks: (71) 235-43-30, 234-15-11, e-mail: devon@taqu.uz

Yangiliklar

 223

Belarus Milliy Texnika Universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitishni yanada kengaytirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida, joriy yilning 9 aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Belarus Milliy Texnika Universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning turli jihatlari muhokama qilindi. Xususan, 2025–2026 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklariga talabalarni qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.