22-dekabr — “Energetiklar kuni” munosabati bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bayramona tadbir tashkil etildi
Tadbirda energetika sohasi vakillari, professor-o‘qituvchilar
ishtroknetdilar.
Tadbirda universitetimizning moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori
Ilhom G‘iyosov mamlakatimizda energetika sohasini yanada rivojlantirish va
isloh qilish, aholi hamda iqtisodiyotni barqaror energiya resurslari bilan
ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya
samaradorligini oshirish va energiya tejovchi texnologiyalarni tatbiq etish
kabi ustuvor yo‘nalishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda faol ishtiroki va munosib hissasi bilan
ajralib turgan professor-o‘qituvchilar — Zaxidov Mansur, Norov Nusratjon va
Rashidov Jasur, shuningdek iqtidorli talabalar — Abdullayev Azimjon hamda
Qurbonov Bekzod munosib e’tirof etilib, universitet rektori nomidan
taqdirlandilar.
Universitetimiz bosh energetigi tomonidan universitet hududiga
o‘rnatilgan 768 kVt quvvatli quyosh panellari hisobiga 2025-yilda qariyb 777
ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgani, uning 66 foizdan ortig‘i
ichki ehtiyojni qoplab, qolgan qismi davlat tarmog‘iga uzatilayotgani qayd
etildi. Natijada 200 million so‘mdan ortiq qo‘shimcha tushum shakllantirilgani
ta’kidlandi.
Tadbir yakunida universitetimiz bosh energetigi Nurmatov Ravshan hamda
elektromontyorlar Ergashev Toshpo‘lat va Kuchkarov Hakimjon fidokorona
mehnatlari uchun universitet rektori nomidan tashakkurnoma va esdalik
sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Barchangizni “Energetiklar kuni” bilan tabriklaymiz! Energiya, ziyo va
barqaror taraqqiyot yo‘lida olib borayotgan ishlaringizga omad va ulkan
muvaffaqiyatlar tilaymiz!
