Yangiliklar
Tadbirlar
269
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida interyer dizayniga qiziquvchilar uchun master-klasslar tashkil etildi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida interyer dizayniga qiziquvchi maktab o‘quvchilari va talabalar uchun “Interior Drawing” hamda “Interior Sketching” mavzularida master-klasslar tashkil etildi.
Tadbirlar
186
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Amaliy fizika laboratoriyasi" va "Amaliy kimyo laboratoriyasi" to'garaklari davom etmoqda
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Amaliy kimyo laboratoriyasi" va "Amaliy fizika laboratoriyasi" to'garagida laborotoriya ishlari amalga oshirildi. Jumladan, reaksiya tezligiga haroratning ta’sirini aniqlovchi mashqlar bajarildi. Mazkur laboratoriyani har bir talaba mustaqil bajarib ko‘rdi va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. “Amaliy fizika laboratoriyasi” toʻgaragida talabalar matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlashdi. Shuningdek, “Amaliy fizika laboratoriyasi” toʻgaragi doirasida Qurilish, Muhandislik, Arxitektura va Menejment fakultetlari talabalarining fizikaviy formulalar va tajribalar boʻyicha amaliy koʻnikmalarini shakllantirish hamda ushbu fanga qiziqishlarini yanada oshirish hamda fizika qonunlarini bevosita arxitektura va qurilishda tutgan o’rni haqida toʻliq ma’lumotlar berildi.
Tadbirlar
177
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Bir talabaga – bir loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturi asosida amaliy seminar-trening o‘tkazildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakultetida “Bir talabaga – bir loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturi asosida amaliy seminar-trening o‘tkazildi.“Bino va inshootlarning zilzilabardoshliligi” mavzusidagi ushbu mashg‘ulot “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Treningni kafedra mudiri Sh.X. Baymatov hamda dotsent v.b. M.M. Qambarov olib bordilar.Seminar-trening davomida talabalar:seysmik kuchlar va ularning sabablari;bu kuchlarning bino konstruksiyalariga ta’siri;zamonaviy aniqlash usullari;konstruksiyalar ustida amaliy ishlash bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.Bunday mashg‘ulotlar:nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘laydi;real ishlab chiqarish jarayonlariga tayyorlaydi;muammolarni tahlil qilish va texnik yechim topish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ilmiy-amaliy seminarlar yoshlarning kasbiy shakllanishida muhim o‘rin egallab, ularni kelajakda malakali mutaxassis sifatida voyaga yetishlarida muhim zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
E'lonlar
251
“Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida 1 oylik malaka oshirish kursi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalari rahbar kadrlari va professor-oʻqituvchilari uchun shartnoma asosida “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida navbatdagi 1 oylik (144 soat) malaka oshirish kursini tashkil etish rejalashtirilgan.Mazkur kursning 72 soati 2025-yil 8-sentyabrdan 20-sentyabrgacha Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida hamda qolgan 72 soati 22-sentyabrdan 2-oktyabrgacha Finlyandiya va Shvetsiya davlatlarining nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tashkil etiladi.Malaka oshirish kursi yakunida tinglovchilarga davlat namunasidagi malaka attestati, xorijiy malaka oshirganlik sertifikati hamda xorijiy universitetda dars mashgʻuloti olib borganligi haqida maʼlumotnoma beriladi. Ushbu kurslarda ishtirok etish istagini bildirgan rahbar va professor-oʻqituvchilar maʼlumotlarini joriy yilning 26-iyul kuniga qadar ilovadagi namuna asosida Xalqaro Nordik universitetiga (niu_edu@exat.uz yoki https://t.me/yuldashev0121) tasdiqlangan variantda taqdim etishi soʻraladi.
Tadbirlar
155
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Kibersport" onlayn musobaqasi o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Rektor kubogi" "Kibersport" onlayn musobaqasi o'tkazildi.Musobaqa davomida talabalarning kibersportga bo‘lgan qiziqishi va iste’dodlari namoyon bo‘ldi. Rektor kubogi uchun o‘tkazilgan bu musobaqa, shuningdek, yoshlar orasida jamoaviy ruhni oshirish, raqobatni rivojlantirish va kibersportni ommalashtirishga xizmat qiladi. O'yin davomida qatnashchilar o‘rtasida kuchli raqobat bo‘ldi, har bir jamoa o‘zining eng yaxshi natijalarini ko‘rsatishga intildi. Tanlov natijalariga ko'ra Menejment fakultetining "Nintendo" jamoasi g'olib bo'ldi.
E'lonlar
322
TAQU da davlat stipendiyalari tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.Sinovlar quyidagi jadval asosida o‘tkaziladi:➡️ O‘zbekiston tarixi🗓2025-yil 24-iyul⏰ Soat 11:00📍 4-bino, ARM kompyuterlar zali➡️Test va og‘zaki shaklida ➡️Chet tili🗓 2025-yil 25-iyul📎 Soat 11:00📍 4-bino, ARM kompyuterlar zali➡️ Test va og‘zaki shaklidaTanlovda ishtirok etuvchi barcha nomzodlarga omad tilaymiz!Batafsil ma’lumotlar:Baholash mezonlariIlovalari Stipendiya buyrug‘i
Tadbirlar
183
Toshkent arxitektura qurulish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida psixologik seminar o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida universitet psixologi Toshkent arxitektura-qurulish universitet psixologi tomonidan “Talaba qizlarni oilaviy hayotga va turmushga psixologik tayyorlash” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.Unda psixolog M.Obidova va Qurulish fakulteti talaba-qizlari ishtirok etdi.Trening davomida qizlarga oilaviy hayotga psixologik tayyorlash, ularni nikoh oldi omillari, nikohga yetuklik bosqichlari to‘g‘risida psixologik tushunchalar berildi. Jamiyatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qizlarning or-nomusi va qadr-qimmatlarini oshirishlari, o‘z erkinliklarini daxlsizligini ta’minlashlariga erishishlari tushuntirildi. Treningda talaba qizlar bilan turli xil psixologik texnikalar va mashqlar bajarildi. Tashkil etilgan seminar-trening talaba qizlar uchun foydali va mazmunli bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar
280
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining tashrifi bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovnaning tashrifi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy va ta’limiy loyihalar doirasida tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar o‘rtasida ko‘p tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, tomonlar universitetlar faoliyatini integratsiyalash, madaniy-ma’rifiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, va xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish borasida yangi taklif va tashabbuslarni ilgari surishdi. Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning mustahkamlanishiga va kreativ g‘oyalar almashinuviga zamin yaratdi.
Tadbirlar
227
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport musobaqalari davom etmoqda
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o'rtasida sportning voleybol va stol tennis turi bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.Qizg'in va murosasiz o'tgan voleybol o’yinida 23-22BIQo’ va 25-22Ngo’ guruh talabalari faol ishtirok etishdi. O'yinga universitetning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi G’ayrat Yorqulov hakamlik qildi. Musobaqaning asosiy maqsadi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida do‘stlik va jamoaviy ruhni mustahkamlash.
