Yangiliklar
Tadbirlar
168
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida universitet talabalari uchun xalqaro hamkorlik asosida onlayn vebinar tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida universitet talabalari uchun xalqaro hamkorlik asosida onlayn vebinar tashkil etildi.Mazkur vebinarda Menejment fakultetining 44-24 va 47-24-guruhi talabalari hamda “New Generation” jamoasi a’zolari faol ishtirok etdilar.Tadbirda Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Plekhanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti o‘qituvchisi Grigoryan Armine Eduardovna ma’ruza qildi.Ushbu vebinarda quyidagi mavzular bo‘yicha dolzarb va amaliy ma’ruzalar taqdim etildi:“Raqamlashtirish davrida samarali bandlik strategiyalari”“Xalqaro kompaniyada suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish strategiyalari”Sessiyalar davomida talabalar ayniqsa amaliy mashg‘ulotlarda yuqori faollik ko‘rsatib, mavzular yuzasidan fikr almashdilar. Taqdim etilgan ma’ruzalar global mehnat bozoriga chiqishni maqsad qilgan yoshlar uchun muhim nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oldi.
E'lonlar
443
Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash
Oliy ta'lim, fan va innovatsiaylar vazirligining taklifiga asosan 2024/2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta'lim grantlarini qayta taqsimlash hamda Kambag‘al oila reustriga kirgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha grantlar taqdim etish uchun talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirishga ruxsat berildi.Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025-2026 o‘quv yilida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etish uchun TAQU rasmiy veb sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 31-iyuldan 2025-yil 10-avgust (10-avgust kuni ham) 23:59 ga qadar qayta ishga tushirildi.Ushbu platformada GPA ko‘rsatkichi 3.5 va undan yuqori bo‘lgan (belgilangan toifadagi talabalar uchun GPA ko‘rsatkichi 3.3) talabalar tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Bu xabar faqat TAQU 1-kurs magistr va bakalavr kunduzgi ta'lim shaklidagi talabalarga tegishli.
E'lonlar
220
Shoisoyev Izatullo Kenjayevichning Arxitektura fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025 yilning 22 avgust kuni, soat 10:00 da Shoisoyev Izatullo Kenjayevichning 18.00.01 - “Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” ixtisosligi bo‘yicha “Shimoliy Ustrushonaning qadimgi va zamonaviy arxitekturasiga xos an’analari” mavzusidagi Arxitektura fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz. Manzil: 4-bino, 5-qavat, Faollar zali
E'lonlar
212
Nazarova Dinara Anvarovnaning (DSc) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025 yilning 21 avgust kuni, soat 10:00 da Nazarova Dinara Anvarovnaning 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” ixtisosligi bo‘yicha “Моделирование устойчивого роста городов Узбекистана на основе принципов рационального пространственного планирования (Ratsional fazoviy rejalashtirish tamoyillari asosida O‘zbekiston shaharlarining muhitining barqaror rivojlanishini modellashtirish)” mavzusidagi (DSc) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz. Manzil: 4-bino, 5-qavat, Faollar zali.
Tadbirlar
174
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kino kechasi o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "UCH QAHRAMON" filimi namoyishi bo'lib o'tdi.Mazkur film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti bilan hamkorlikda “Spectre Studio” studiyasi tomonidan suratga olingan bo‘lib, o‘tkir syujet va hayotiy voqealarga asoslangan.Filmning asosiy g‘oyasi jinoyatchilikka qarshi kurashda barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish, bunda o‘zaro hamkorlikka erishish va milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim qadriyatlarni targ‘ib etishdan iborat. Bu yondashuv filmga dramatik mazmun, balki tomoshabin qalbini larzaga keltiruvchi tuyg‘ularni ham bag‘ishlaydi. Filmining namoyishi talabalar uchun qiziqarli bo'ldi. Film orqali jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik va milliy xavfsizlikni ta'minlashning ahamiyati haqida muhim xabar berildi. Ushbu tadbir, shuningdek, talabalarni ijtimoiy masalalar bo'yicha fikr almashishga undadi va ularning madaniy rivojlanishiga hissa qo'shdi.
Tadbirlar
167
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport o'yinlari o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar o'rtasida "Sport - salomatlik garovi" shiori ostida shaxmat, shashka, badminton va voleybol musobaqalari o'tkazildi.Har bir sport turi bo'yicha qizg'in bahslar bo'lib o'tdi. Talabalar o'z mahoratlarini namoyish etib, jamoaviy ruhda ishtirok etishdi. "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida o'tkazilgan sport o'yinlari talabalar o'rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi. Talabalar o'zaro munosabatlarini rivojlantirib, sportning ahamiyatini yanada chuqurroq angladilar. Ushbu tadbirlar kelajakda ham davom ettirilishi rejalashtirilmoqda, chunki sport nafaqat salomatlik, balki o'zaro hurmat va hamjihatlikni ham rivojlantiradi.
Yangiliklar
235
Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida professional ta’lim sohasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamkorligida Xitoy Xalq Respublikasining Chjeszyan qurilish kolleji Xalqaro hamkorlik bo‘limi direktori Xu Dan O‘zbekistondagi qator kasb-hunar ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda Sergeli tumani politexnikumi, Olmaliq qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi, Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi hamda Qashqadaryo arxitektura va qurilish texnikumi rahbarlari ishtirok etdi.Mazkur uchrashuv doirasida ikki davlat professional ta’lim muassasalari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi:➡️Talabalar uchun qisqa muddatli o‘quv dasturlarini joriy etish➡️Kreditlar almashinuvini tashkil etish➡️Talabalarni xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishga tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash➡️O‘qituvchilarning malaka va ilmiy salohiyatini oshirish➡️Ta’lim muassasalarini boshqarishda tajriba almashish➡️Iqtidorli kadrlarni birgalikda tayyorlash➡️Xorijiy til va kasbiy ko‘nikmalarni o‘qitishni rivojlantirish➡️Kasbiy ta’lim standartlarini ilgari surish➡️Yuqori sifatli o‘quv-resurslarni joriy etish➡️Xalqaro konferensiyalar va tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish➡️O‘zaro rivojlanishga xizmat qiladigan va xalqaro ta’lim maydonidagi ta’sirni kuchaytiradigan almashinuv loyihalarini amalga oshirish. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolab, istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni mustahkamlashga kelishib oldilar.
E'lonlar
341
IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIMGA QABUL QILISH UCHUN SUHBAT DASTURI VA BAHOLASH MEZONLARI
2025-2026 O'QUV YILIDA IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA'LIMGA QABULQILISH UCHUN SUHBAT DASTURI VA BAHOLASH MEZONLARI
Tadbirlar
220
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida adabiy badiiy kecha o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqini mazmunli tashkil etish maqsadida yurtimizning buyuk adibi, O‘zbekiston xalq shoiri Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek xotirasiga bag'ishlangan adabiy badiiy kecha o'tkazildi.Tadbirda Respublika targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, taniqli adib Ahtamqul Karimov ishtirok etdi. U talaba yoshlar bilan maroqli suhbat olib borib, Oybekning ijodiy merosi haqida fikr almashdi. O'z nutqida, Oybekning adabiyotdagi oʻrni va uning milliy madaniyatga qo'shgan hissasi haqida so'z yuritdi. Tadbir davomida Oybekning eng mashhur asarlaridan namunalar o‘qildi hamda faol ishtirok etgan talabalarga adib tominidan jurnallar taqdim qilindi. Ushbu adabiy badiiy kecha talabalarda kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini uyg'otdi.
