Yangiliklar
Tadbirlar
213
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasidagi to'garaklar davom etmoqda
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Qurilishda axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan “3D modellashtirish” to'garaki o'tilmoqda.To'garak mashg'ulotlari dotsent M.Azimjonova tomonidan olib borilmoqda. Mashg'ulotlar davomida talabalarga 3D modellashtirish dasturlari asoslari, texnologik jarayonlar, amaliy loyihalar ustida ishlash tushuntirildi. Mazkur to'garakning tashkil etilishi talabalar orasida axborot texnologiyalari sohasiga qiziqishni oshirdi hamda ularning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Tadbirlar
183
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida seminar trening o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Xitoylik mutaxassislar tomonidan "Baland binolarni loyihalash" mavzusida seminar trening o'tkazildi.Seminar talabalar tomonidan yuqori qiziqish bilan qabul qilindi. Seminarning asosiy maqsadi baland binolarni loyihalash sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, ilg'or tajribalar va innovatsion yondashuvlarni o‘rganish, va amaliy bilimlarni oshirish. Mutaxassislar baland binolarning struktura tuzilishi, xavfsizlik qoidalari, dizayn va qurilish materiallari bo‘yicha batafsil ma’ruzalar taqdim etdilar. Bu esa talabalar va yosh mutaxassislarning malakasini oshirishga xizmat qildi.
E'lonlar
161
Suvda cho‘kish holatlari oldini olish – har birimizning burchimiz!
Yozgi ta'til kunlarida ommaviy ravishda suv havzalariga borish holatlari ortib bormoqda. Shuni unutmang: ruxsat etilmagan va tartibga solinmagan joylarda cho‘milish hayotingiz uchun xavf tug‘diradi!Suvda cho‘kish xavfini kamaytirish uchun quyidagilarga amal qiling: Faqat belgilangan, qutqaruv xizmatlari bor bo‘lgan joylarda cho‘miling Kichik yoshdagi bolalarni qarovsiz qoldirmang Suvga to‘yib ovqatlangandan so‘ng darhol tushmang Mast holatda suvga tushmang Suv havzalariga sakrash, chuqur joylarga suzishdan saqlaning Cho‘milayotgan odam cho‘ka boshlasa, uni qutqarishga faqat suzishni va yordam chaqirishni bilsangiz kirishingRuxsat etilmagan joylarda cho‘milish nafaqat xavfli, balki qonunga zid hisoblanadi! Suv – do‘stingiz bo‘lishi mumkin, lekin unga nisbatan mas’uliyatli va ehtiyotkor bo‘ling!
Tadbirlar
217
“Taqiqlagan suv havzalarida cho‘milmaslik va ruhsat etilgan joylarda cho‘milish qoidalariga rioya qilish”
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Yo.G‘ Mamasharipov va fakultet tyutorlari tomonidan “Taqiqlagan suv havzalarida cho‘milmaslik va ruhsat etilgan joylarda cho‘milish qoidalariga rioya qilish” mavzusida talabalar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Jumladan, hududlarda cho‘kish bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berilib, suvda cho‘kayotgan odamlarni qutqarishda to‘g‘ri harakatlanish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari haqida tushunchalar berildi. Shuni eslatib o‘tish zarurki, faqat qutqaruv xizmati bo‘lgan joylardagina cho‘milishga ruxsat etiladi. Shunda baxtsiz hodisa choʻkish holatlari yuz bersa, qutqaruv xizmati tezda yordamga keladi.
Tadbirlar
168
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Zakovat quiz" tashkil qilindi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida talabalar o'rtasida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Zakovat quiz" o'yini o'tkazildi."Zakovat Quiz" o'yinida talabalar jamoa bo'lib ishtirok etishdi. O'yin davomida turli xil kino, kitob, asar, multfilmlar va musiqalardan savollar berildi. Bu savollar talabalar uchun qiziqarli va foydali bo'lib, ularning umumiy bilimlarini sinovdan o'tkazdi. Har bir jamoa o'z bilimlarini namoyish etish uchun raqobatlashishdi. "Dolzarb 90 Kun" loyihasi doirasida o'tkazilgan "Zakovat Quiz" o'yini, talabalar uchun nafaqat bilimlarini oshirish, balki ijtimoiy aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynadi.
E'lonlar
208
“Global fuqarolik ta’limi uchun mukofoti”
Global fuqarolik ta’limi sohasidagi ilgʻor tajribalari uchun taqdim etilishi rejalashtirilgan YUNESKO/Koreya Respublikasining “Global fuqarolik ta’limi uchun mukofoti” uchun tanlov e’lon qilingan. Mukofot yetakchi yoshlar tashkilotlari, shaxslar, muassasalar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga taqdim etiladi. Har bir toifa gʻolibiga 50 000 (ellik ming) AQSH dollari miqdorida mukofot beriladi. Har bir davlat ikkita toifadan, jami uchta nomzodni tavsiya qilishi mumkin. Nomzodlar YUNESKOning quyidagi platformasi orqali onlayn arizani ingliz yoki fransuz tilida to‘ldirib, 2025-yilning 1-sentyabr kuniga (Parij vaqti bоʻyicha UTC+1) qadar taqdim etishlari lozim: Batafsil
E'lonlar
191
“WORLD EDU 2025” xalqaro ko‘rgazmasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:2025-yil 26–27 sentabr kunlari“SOF EXPO Samarqand” xalqaro ko‘rgazmalar markazida “WORLD EDU 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.“WORLD EDU 2025” – bu iqtidorli talaba va abituriyentlarga mahalliy va xorijda ta’lim olish, ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari, stipendiya va ta’lim grantlari bilan tanishish imkonini beruvchi xalqaro maydon hisoblanadi.Ko‘rgazma doirasida Sizning chora-tadbirlaringizga aloqador tadbirlar va xalqaro uchrashuvlarni o‘tkazish imkoniyati mavjud.Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Turkiya va boshqa davlatlarning nufuzli universitetlari ishtirok etadi.Abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha rasmiy vakillar va malakali mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi.Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarga bag‘ishlanadi: Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limO‘rta ta’limOliy ta’limQo‘shimcha mutaxassisliklar Batafsil
E'lonlar
173
GIFT University tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga bakalavr va magistratura bosqichlariga ta’lim grantlari
Pokiston Islom Respublikasining Gujranvala shahridagi GIFT University (Gujranwala Insitute of Future Technologies) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olish uchun to‘liq va qisman ta’lim grantlari ajratilgan. Mazkur grantlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishish mumkin:www.gift.edu.pk. cir@gift.edu.pk.
E'lonlar
214
TAQU rektori Bahrom Abdukabilovich ishtirokida Talabalar Kengashi (Students’ Union) bilan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida universitet rektori Bahrom Abdukabilovich ishtirokida Talabalar Kengashi (Students’ Union) bilan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida universitetning faol talabalar jamoasi va volontyorlariga talabalik hayotiga qo‘shgan munosib hissalari uchun minnatdorchilik ifodasi sifatida tashakkurnomalar topshirildi.Rektor B.A.Tulaganov ta’lim sifatini oshirish, talabalarni o‘quv va tashabbuslarga keng jalb qilish, shuningdek, talabalar o‘zini o‘zi boshqaruvini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini talabalarning fikr-mulohazalari asosida baholashga yo‘naltirilgan yangi tizim taqdim etildi. Mazkur tizim ta’lim jarayonining ochiqligi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.Yaqin kunlarda kuchli volontyorlik tashkilotini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Bu orqali talabalar amaliy tajriba orttirish va jamiyatga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Uchrashuvda rektor universitetda amalga oshirilayotgan mavjud loyihalar haqida ma’lumot berib, talabalarni ushbu tashabbuslarda faol ishtirok etishga chorladi. Ilm-fan bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan talabalar uchun professor-o‘qituvchilar tomonidan shaxsiy mentorlik tizimini joriy etish bo‘yicha tashabbus ilgari surildi.
