Yangiliklar
E'lonlar
125
Diqqat e'lon
Professor-o’qituvchi va talabalar diqqatiga! 2025 yil 3 dekabr soat 13:30 da Muhandislik fakulteti binosi 508-xonada «Muhandislik materiallarining tuzilishi va xususiyatlari» fanidan «Yog’och qurilish materiallar va buyumlari» mavzusi bo’yicha ochiq ma’ruza darsiga taklif etamiz. Ma’ruza: «Qurilish va atrof-muhit muhandisligi” kafedrasi dotsenti Jo’rayeva Felura Davronovna
Yangiliklar
142
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov va Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Kurbanova ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning holidan xabar oldi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov va Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Kurbanova ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning holidan xabar oldi.Uchrashuv davomida ijarada istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoiti, uy ichidagi sanitariya holati, hamda ularning o‘qish va dam olish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash, gaz jihozlari, isitish qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha talabalarga kerakli ko‘rsatmalar berildi. Uchrashuv davomida talabalar bilan suhbatlashib, ularning muammolari, taklif va ehtiyojlari o‘rganildi. Shuningdek, ijara beruvchi xonadon egalari bilan ham muloqot o‘rnatilib, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan fikrlar almashildi.
Yangiliklar
223
“Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar.Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi asosiy mezon bo‘ldi.Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi. Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi
Tadbirlar
174
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida faol ishtirok etishdi
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi"ga bagʻishlangan yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish hamda Qurolli Kuchlarning shakllanishi va rivojlanish tarixi bilan tanishtirish, shuningdek, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarni namoyish etgan holda harbiy qism va muassasalarda o‘quvchi hamda talabalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish universitet tyutorlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
E'lonlar
116
Milliy, ma'rifiy va ilmiy kontent yaratamiz!
Talabalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil seminarlarda faol bo'ling.
Tadbirlar
151
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yoshlarning manaviy-ahloqiy holatiga taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik” kabi muommalarni bartaraf etishning samarali yoʻllari boʻyicha tadbir oʻtkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi professor-oʻqituvchilari boshchiligida “Yoshlarning manaviy-ahloqiy holatiga taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik” kabi muommalarni bartaraf etishning samarali yoʻllari boʻyicha tadbir oʻtkazildi. Unda Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori mayor A.K.Shodiyev talabalarga giyohvandlik vositalarining zararli oqibatlari, ularning yoshlar hayoti va kelajagiga yetkazishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlari haqida batafsil tushuntirdi.Shuningdek, turli axloqsiz xatti-harakatlarning oldini olish, yot gʻoyalarga berilmaslik va o‘zini ijtimoiy muhitda to‘g‘ri tutish bo‘yicha fikrlar bildirdi.Yunusobod tumani PPX xodimlari tomonidan bugungi kunda keng tarqalib borayotgan kiberjinoyatchilik turlari, internetdan foydalanishda uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, firibgarlik sxemalari hamda ularga qarshi kurashish choralari haqida ham talabalarga atroflicha ma’lumotlar yetkazildi. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish va begona havolalarga ishonch bildirmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ularga mutaxassislar tomonidan toʻliq javoblar olindi. Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda hushyorlik va ogohlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
E'lonlar
160
Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
E'lonlar
144
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Sizlarni 2025-yil 3-dekabr kuni soat 150:00 da Muxandislik fakultetining 3-binosi, 501-auditoriyasida “SUV UZATISH TARMOQLARINI LOYIHALASH” fanidan “O’zbekiston shaharlarida suv ta’minoti tizimida yangi texnologiyalarni joriy qilish va qo’llash” mavzusida o'tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O’qituvchi: “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi dosenti Bekmamadova Gulnoza Akmalovna
Tadbirlar
145
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Oʻzbekiston - millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida festival boʻlib oʻtdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillarining umumiy qadriyatlari, madaniy merosi va do‘stlik g‘oyalarini targ‘ib etish maqsadida “Oʻzbekiston - millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida festival boʻlib oʻtdi. Tadbirni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov kirish soʻzi bilan ochib, ishtirokchilarni tadbirning asosiy maqsadi bilan tanishtirdi. O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillarining umumiy qadriyatlari, madaniy merosi va do‘stlik g‘oyalarini targ‘ib etishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. Festival juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z chiqishlari va namoyishlari bilan tadbirning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga faol hissa qo‘shdi. Turli millat va din vakillari o‘rtasida hamjihatlik muhiti yaratildi, yoshlar milliy va umuminson qadriyatlarga hurmat bilan tarbiyalandi. Har bir jamoa o‘z san’ati va ijodiy chiqishlari bilan festivalning ma’naviy-ma’rifiy muhitini boyitdi, ularning chiqishlari tadbir samaradorligini oshirdi va tomoshabinlarda katta qiziqish va ehtirom uyg‘otdi.Tanlov natijasiga koʻra:1-o‘rin: Arxitektura jamoasi 2-o‘rin: Muhandislik jamoasi 3-o‘rin: Menejment va Qurilish jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Barcha ishtirokchilarning chiqishlari shaffof va adolatli tarzda baholandi.
