Yangiliklar

Yangiliklar

 209

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kibersport musobaqasi o'tkazildi

Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar o'rtasida kibersport bo'yicha 🏆"Rektor kubogi" musobaqasi o'tkazildi.Musobaqada universitetning turli fakultetlaridan jamoalar ishtirok etdi va natijaga ko'ra:🥇-o'rinni Menejment fakulteti jamoasi🥈-o'rinni Arxitektura fakulteti jamoasi🥉-o'rninni Muhandislik fakulteti jamoalari egallashdi Ushbu musobaqa talablar  faoliyatini sport va raqamli texnologiyalar orqali yanada rivojlantirish, talabalar o'rtasida sog'lom raqobatni kuchaytirish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Yangiliklar

 214

Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida ikkinchi mutaxassislikka kirish uchun imtihon va suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 22-avgust kuni Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida ikkinchi mutaxassislikka kirish uchun imtihon va suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon natijalarini universitetning rasmiy veb-sayti — www.taqu.uz orqali bilib olishingiz mumkin.

E'lonlar

 362

Britaniya ta’lim standarti bo‘yicha qabul qilingan talabalar natijasi

Britaniya ta’lim standarti bo‘yicha qabul qilingan talabalar natijasi

Tadbirlar

 169

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Amaliy kimyo laboratoriyasi” to‘garagi faoliyati davom etmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Amaliy kimyo laboratoriyasi” to‘garagida turli laboratoriya ishlari bajarilmoqda.Xususan, reaksiya tezligiga haroratning ta’sirini aniqlashga doir mashqlar o‘tkazildi. Ushbu laboratoriya ishini har bir talaba mustaqil bajarib ko‘rib, zarur amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Shuningdek, talabalar matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash bo‘yicha ham tajribalar o‘tkazdilar. To‘garakning navbatdagi mashg‘uloti “Qurilish va atrof muhit muhandisligi” kafedrasining tajribali professor-o‘qituvchilari A. Abduraximov va M. Mavlanovalar rahbarligida tashkil etildi. Unda talabalar “Eritma tayyorlash. Eritmalarning konsentratsiyasini uning zichligi (areometr) orqali aniqlash” mavzusidagi laboratoriya ishini amaliy tarzda bajarib, tajribadan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

E'lonlar

 576

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025/4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikga talabgorlarni suxbatini o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risida

Toshkent arxitektura-qurilishuniversitetida 2025/4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikga talabgorlarnisuxbatini o‘tkazish sanasi va joyito‘g‘risidagi ma’lumot

Yangiliklar

 203

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida umumxalq xayriya hashari o'tkazildi

Universitet professor-o'qituvchi, xodim va talabalari ishtirokida "Obod va fayzli mahalla - yurt ko'rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o'tkazildi.Shu munosabat bilan barcha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, boʻlim va boshqarma boshliqlari o'zlariga biriktirilgan xona va auditoriyalarda tozalash ishlarini amalga oshirishdi. Shuningdek, taʼlim muassasasi hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, chiqindilardan tozalash, yangi oʻquv yiliga puxta tayyorlash, daraxtlarni oqlash va butash ishlari mehnat muhofazasi qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etildi.

Yangiliklar

 175

TAQU Arxitektura fakulteti dekani Azamat Xasanov USIM o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy anjumanida bosh ma’ruzachi sifatida ishtirok etmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti dekani, PhD Azamat Xasanov Malayziya Islom Ilmiy Universitetida (USIM) bo‘lib o‘tayotgan “International Conference on Science, Built Environment & Engineering (ICOSBEE 2025)” xalqaro ilmiy anjumanida bosh ma’ruzachi (Keynote Speaker) sifatida ishtirok etmoqda.Professor A.O. Xasanov anjumanda “Buyuk Ipak yo‘li xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi: I.R. 5.0 davrida barqaror transport yo‘laklari uchun innovatsion yechimlar” mavzusida ma’ruza taqdim etmoqda.Mazkur nufuzli anjuman ilm-fan, arxitektura va muhandislik sohalarida global miqyosda dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratilgan bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olim va mutaxassislar ishtirok etmoqda.Professor A.O. Xasanovning ilmiy ma’ruzasi Buyuk Ipak yo‘li mintaqalarida transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va barqaror yechimlarni ilgari surishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu ishtirok TAQU ilmiy salohiyatining xalqaro miqyosda tan olinayotganini ko‘rsatib, universitet olimlarining global ilmiy hamjamiyatdagi faol hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tadbirlar

 187

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida taqdimot o‘tkazildi

Prezident tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida navbatdagi yozgi ijod markazining tadbiri bo‘lib o‘tdi.Menejment fakulteti 42-22-guruh talabasi Haydarov Muhammadaliy tomonidan, Arxitektura yodgorliklari kafedrasi mudiri Izzatilla Shoisoyev rahbarligida “Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining tashqi bezaklarini tiklash loyihasi” mavzusida taqdimot tashkil etildi.Taqdimot davomida maqbaraning tarixiy va madaniy ahamiyati, tashqi bezaklarni tiklash jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan usullar hamda zamonaviy restavratsiya yondashuvlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan ishtirok etdilar. Mazkur tashabbus yoshlarning madaniy merosni asrab-avaylash, tarixiy obidalarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha bilimlarini oshirishga, amaliy tajribalarini boyitishga xizmat qilmoqda.