Yangiliklar
Yangiliklar
140
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida amaliy mashg‘ulot doirasida ekskursiya tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Shahar infratuzilmasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, texnika fanlari falsafa doktori (PhD) O‘rinov Murodjon Zayni o‘g‘li tomonidan “Shaharsozlikda qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanidan talabalar uchun amaliy mashg‘ulot doirasida ekskursiya tashkil etildi. Mazkur ekskursiya shaharlarni loyihalashtirish jarayonida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda sohadagi ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirlar
140
Korrupsiyaga qarshi kurash – umumiy mas’uliyat
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar ishtirokida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov hamda universitet profilaktika katta inspektori, mayor A. Shodiyev ishtirok etdi.Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari, shuningdek halol hayot tarzini qaror toptirish va akademik halollik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, talabalar tomonidan bildirilgan savollarga mutasaddi mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi. Uchrashuv talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qildi.
Yangiliklar
115
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida qurilish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida HANDS Academy vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv davomida talabalarga Yaponiyada karyera qilish imkoniyatlari, yirik yapon kompaniyalariga ishga qabul qilish jarayonlari hamda kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.Shuningdek, HANDS Academy orqali Yaponiyaning zamonaviy qurilish texnologiyalarini o‘rganish, yapon tilini (JLPT N2 darajasi) va biznes madaniyatini egallash imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Mazkur uchrashuv talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish, kelajakdagi kasbiy faoliyatini xorijda davom ettirish hamda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
Yangiliklar
154
“Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi tashkil etildi.Tanlovning asosiy maqsadi - yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda giyohvandlik kabi salbiy illatlarga nisbatan qat’iy immunitetni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.Tanlovning tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:1-o‘rin: 13-25 Ar guruh talabasi Dadaxanova Mubina Akmalxonovna;2-o‘rin: 13-25 Ar guruh talabasi Yuldosheva Shoista Zafar qizi;3-o‘rin: 44-24 guruh talabasi Axmadjonova Asalxon Akmaljon qizi.G‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlarini keng tushuntirish, ularni zararli odatlardan asrash va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
Yangiliklar
146
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida navbatdagi Universitet kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilish davomida kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar keng muhokama qilinib, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda universitet boshqaruv tizimini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, universitet rektori B.A. Tulaganov tomonidan Kengash a’zolariga universitetning joriy yil davomida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Unda erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar tahlil qilinib, kelgusi yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar va istiqbolli amaliy rejalar atroflicha bayon etildi.
E'lonlar
158
Diqqat e'lon
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!Sizlarni 2025-yil 1-dekabr kuni soat 13:30 da Muhandislik fakultetining 3-binosi, 504-auditoriyasida “Beton va temir-beton texnologiyalari” fanidan “Zavodda dizayn tayyorlash darajasini yaxshilang” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi katta o'qituvchisi Askarov Baxtiyer
E'lonlar
139
Diqqat e'lon
Professor-o‘qituvchilar va talabalar diqqatiga!17 dekabr 2025 yil soat 13:30 da, Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 3-binosi 314-xonada Gazbeton va ko’pikbeton buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi fanida “G’ovak betonlarning ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalar” mavzusi bo‘yicha ochiq darsga (ma’ruza) taklif etamiz.77-22 DPQMo‘ Ma’ruzachi: “Qurilish va atrof-muhit muxandisligi” kafedrasi Katta o’qituvchisi Xoliyorov A.A.
E'lonlar
153
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi “Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish” milliy tadqiqot institutiga malakali mutaxassislar va ilmiy xodimlarni jalb qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi
Quyidagi bo‘sh lavozimlar uchun hujjatlar qabul qilinadi:1. Ekspertlar guruhi boshlig‘iTalablar: Oliy ma’lumot (qurilish, arxitektura yoki muhandislik yo‘nalishi) Kamida 5 yil ish tajribasi Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tajribasi Amaldagi me’yoriy hujjatlarni (QMQ, SHNK va boshqalar) mukammal bilish Rahbarlik va muvofiqlashtirish ko‘nikmasiO'zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi sertifikati 2. Loyiha bosh muhandisiTalablar: Oliy texnik ma’lumot Kamida 5 yil loyiha ishlari bo‘yicha tajriba Muhandislik bo‘limlari faoliyatini boshqarish tajribasi AutoCAD, Revit va boshqa dasturlarni bilish Mas’uliyat va tashabbuskorlik, O'zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi sertifikati 3. Loyiha bosh arxitektoriTalablar: Oliy arxitektura ma’lumoti Kamida 5 yil ish tajribasi Arxitektura loyihalarini ishlab chiqish tajribasi Shaharsozlik va qurilish me’yorlarini bilish Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi O'zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi sertifikati 4. ArxitektorTalablar: Oliy yoki o‘rta-maxsus arxitektura ma’lumoti 1–3 yil ish tajribasi (yangi bitiruvchilar ko‘rib chiqiladi) AutoCAD, Revit, SketchUp dasturlarini bilish Loyihaviy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi O'zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi sertifikati 5. Muhandis-konstruktorTalablar: Oliy texnik ma’lumot Konstruktsiyalar bo‘yicha ish tajribasi Hisob-kitoblar va chizmalar bilan ishlash ko‘nikmasi AutoCAD va hisoblash dasturlarini bilish O'zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi sertifikati 6. Moliya-iqtisodiyot bo‘limi Yetakchi iqtisodchi-buxgalter Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:Oliy ma’lumot (moliya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi)Mutaxassislik bo‘yicha kamida 3–5 yil ish tajribasiO‘zbekiston Respublikasining soliq va buxgalteriya qonunchiligini bilishMoliyaviy hisobotlarni tuzish va tahlil qilish ko‘nikmasi1C, Excel va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishMas’uliyatli, aniqlik va tahliliy fikrlash qobiliyatiMurojaat uchun: +998944200333
Yangiliklar
88
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida nazariy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida nazariy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.Mazkur tadbirni universitetning moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori I.K. G‘iyosov ochib berdi va talabalarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish muhimligini haqida ta’kidladi. Tadbir Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O.R. Berdiyorov boshchiligida tashkil etilib, unda Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus mutaxassislari — katta leytenant, inspektor Abdujalilov Abdulhamid hamda katta leytenant, inspektor To‘ychiyev Abbos, shuningdek ishtrok etishdi.
