Yangiliklar

E'lonlar

 109

“Хрустальный компас” mukofotining 14-xalqaro tanlovi

Rossiya geografik jamiyati tomonidan “Хрустальный компас” mukofotining 14-xalqaro tanlovi o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lum qilingan. Mazkur tanlovda jamoat tashkilotlari, geografik jamiyatlar, ilmiy va o‘quv muassasalari va boshqalar ishtirok etishi mumkin. Tegishli ma’lumotlar “rus-compass.ru.” - veb-saytida joylashtirilgan. Arizalarni topshirish muddati 2026 yil 10 fevralga qadar.

Tadbirlar

 161

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.Seminar davomida Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ilgari surilgan dolzarb fikrlar, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoni (2025-yil 30-dekabr)ning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.Tadbir jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini kuchaytirish;manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish;byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash;ta’lim tizimida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash. Shuningdek, seminar davomida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish adolatli va barqaror kelajakni ta’minlashning muhim omili ekanligi alohida ta’kidlandi.

E'lonlar

 204

Najmiddinova Gulnora Obidjon qizining Arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Ziyorat turizmi infratuzilmasi obyektlarini takomillashtirishning shaharsozlik masalalari”, 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi”.Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: В2023.1.PhD/А130Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.Ilmiy rahbar: Nazarova Dinara Anvarovna, arxitektura fanlari doktori, professor.IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/08.05.2024A.11.02Rasmiy opponentlar:Salimov Orifjon Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professorMansurov Yashnar Ma’rufovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsentYetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlik LITI” DMDissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.Onlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/86577596261?pwd=enqgNT7XgRcRXeA92851q407B7mTao.1

Tadbirlar

 157

TAQUning bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda talabalari taqdirlandilar

Bugun, 23-dekabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tashkil qilingan tadbirda bir guruh professor-oqituvchilar va iqtidorli talabalar “O‘zbekgidroenergo” AJning tashakkurnomasi hamda nomdor stipendiyasi bilan taqdirlandilar. Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/9464

Yangiliklar

 160

“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida g‘olib yosh olimlar e’lon qilindi

2021-yildan buyon Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan iqtidorli yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Akademik harakatchanlik” dasturi izchil amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur dastur doirasida 2025-yil davomida tanlov to‘rt marotaba o‘tkazilib, bugungi kunga qadar jami 93 nafar yosh olim g‘olib deb topildi. G‘oliblarga respublika va xorijdagi turli laboratoriyalar hamda zamonaviy ilmiy markazlardan olti oygacha bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.Joriy yilning to‘rtinchi tanlovi natijalariga ko‘ra esa 29 nafar yosh olim g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ularning 18 ta zamonaviy ilmiy laboratoriyadan foydalanishini ta’minlash maqsadida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2 milliard 150 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan. Quvonarlisi shundaki, ushbu nufuzli tanlovda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti doktoranti  Madraymov Niyetbay Amangediyevich ham faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlardan birini egalladi hamda sertifikat bilan taqdirlandi.

Tadbirlar

 130

Olmaliq shahri 2-son texnikumida seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 25-dekabr kuni Olmaliq shahri 2-son texnikumida seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur seminar Olmaliq shahri 2-son va 3-son texnikumlari uchun “Ishlab chiqarish texnologiyasi va qurilish” sohasi bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-metodik birlashmaning 6-son yig‘ilishi doirasida o‘tkazildi.Unda texnikumlarda ta’lim jarayonini yangilash, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda o‘quv-metodik faoliyatni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.Seminarda Olmaliq shahri 2-son texnikumi direktori, o‘quv-metodik birlashma raisi Mirzakarimova Soxiba To‘laganovna, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi, birlashma kotibi Sidiqov Elyorxon Ergashxonovich, institut bosh mutaxassisi Atajanova D.B., shuningdek, Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Akademik litsey va texnikumlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Aliyeva Z.M. ishtirok etdi. Tadbir davomida texnikumlarning yangilangan o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik ta’minoti hamda soha bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifati yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Seminar yakunida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar va hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Yangiliklar

 136

TAQUga biriktirilgan Olmaliq qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlarga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 24-oktyabrdagi 394-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 25-dekabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga biriktirilgan Olmaliq qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuv davomida tasdiqlangan Yo‘l xaritasining har bir bandi alohida ko‘rib chiqilib, ta’lim sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Mazkur uchrashuv Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Akademik litsey va texnikumlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Aliyeva Z.M. tomonidan tashkil etildi va olib borildi. Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar belgilandi hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari aniqlab olindi.

Yangiliklar

 252

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Janubiy Qozog‘iston universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov Muxtar Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda Muxtar Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetidan:Janibekov Akinxoja Kalenovich – ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor;Asilbekov Bakytjan Kaljanovich – ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor o‘rinbosari;Sarsenbaev Bakytjan Qudaybergenovich – “Silikatlar, qurilish materiallari va ekologiya” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri;Artykbaev Darxan Jaxsylykovich – “Sanoat, fuqarolik va yo‘l qurilishi” kafedrasi o‘qituvchisi ishtirok etdi.Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xususan, qo‘shma ilmiy laboratoriya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Yangiliklar

 141

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yaponiya davlatining “Mitsui” yirik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yaponiya davlatining “Mitsui” yirik kompaniyasi vakillari bilan suv resurslarini tejashga qaratilgan innovatsion texnologiyalar yuzasidan amaliy va nazariy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan suvni tejovchi texnologiyaning ishlash tamoyillari batafsil taqdim etildi. Mazkur texnologiyaning samaradorligini amalda sinab ko‘rish maqsadida universitet talabalar yotoqxonasida joylashgan suv chiqarish moslamalarida tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi.Sinovlar jarayonida texnologiyaning suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.Tajribalar ijobiy natija bergan taqdirda, ushbu uskunalarni universitet hududidagi barcha suv chiqarish quvurlari, rakvinalar hamda vannalarga bosqichma-bosqich o‘rnatish masalasi muhokama etildi. Mazkur uchrashuv suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda universitet infratuzilmasini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.