Yangiliklar
Yangiliklar
202
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar holidan yaqindan xabar oldi
Uchrashuv davomida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, imtihonlar jarayoni qanday kechayotgani, o‘qishga tayyorgarlik, yashash sharoiti va dam olish imkoniyatlari muhokama qilindi. Talabalar o‘z fikrlarini bildirib, imtihonlar belgilangan tartibda va muammosiz o‘tayotganini aytishdi.Shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, gaz va isitish qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Talabalar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va takliflarini bildirdi, ijara beruvchi xonadon egalari bilan ham muloqot o‘tkazilib, sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha fikr almashildi. Rektor talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xavfsiz va qulay sharoitda yashashini ta’minlash bo‘yicha universitet tomonidan barcha choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi.
E'lonlar
164
Nurmatov Eliyor Alimovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Nurmatov Eliyor Alimovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chizmageometriya va muhandislik grafikasi) ixtisosligi bo‘yicha “Muhandislik va kompyuter grafikasi fanini multimediali kompyuter grafikasi asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (Texnik oliy ta’lim muassasalari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 22-yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavatda Faollar zalida. e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/86842037576?pwd
Yangiliklar
223
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Murad Buildings kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov yirik qurilish kompaniyalaridan biri — Murad Buildings kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda Murad Buildings kompaniyasining quyidagi mas’ul xodimlari ishtirok etdi:✅Aleksey Lyan — texnik direktor (CTO),✅Muzaffar Alimov — kadrlar bo‘yicha direktor (HRD),✅Sherzod Sodikov — davlat organlari bilan aloqalar bo‘yicha direktor (GRD),✅Dmitriy Shcherbitskiy — muhandislik va standartlashtirish bo‘limi rahbari,✅Elbek Rizaev — rejalashtirish va loyihalarni nazorat qilish bo‘limi rahbari,✅Farhod Irismuhamedov — texnik nazorat bo‘limi rahbari,✅Timur Salixov — texnik nazorat muhandisi. Uchrashuv davomida tomonlar universitetning ta’lim va ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishib, talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, ularni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish hamda kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Tadbirlar
180
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tyutorlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov ва Yoshlar masalalari va manaviy-ma’rifiy ishlar prorektori v.b. S.Mardov tomonidan universitet tyutorlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida akademik halollikni ta’minlash, ta’lim jarayonida korrupsion holatlarning oldini olish, shuningdek, xodimlar va talabalar o‘rtasida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tyutorlar talabalar bilan bevosita ishlovchi asosiy bo‘g‘in sifatida, ularning dunyoqarashi va xulq-atvoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi. Shuningdek, tyutorlarning korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan tadbirlarda faol ishtirok etishi, talabalarga halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini singdirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Yangiliklar
141
“Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati”
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Menejment fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati” mavzusida seminar tashkil etildi.Seminar davomida Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, akademik halollik tamoyillariga rioya etish, shaffoflikni ta’minlash hamda professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi va muhokamalar olib borildi. Seminar yakunida ishtirokchilarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, belgilangan talab va tartiblarga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbirlar
152
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakultetida professor-o‘qituvchilar uchun muhim o‘quv seminarlar tashkil etildi
Seminar Muhandislik fakulteti dekani D. Xoliqov, O‘quv-uslubiy boshqarma bosh mutaxassisi Z. Tagayev hamda “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi mudiri D. Maxmudova boshchiligida tashkil etildi.Mazkur seminarlar TOP-300 reytingidagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari asosida universitet o‘quv dasturlarini maqbullashtirish, xalqaro tajribani o‘rganish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.Seminarda Polsha Respublikasida joylashgan Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti professori — Leх Dzenis ishtirokida bir marotabalik o‘tkazildi.Professor Leх Dzenis:PROEKO va BSK BIOGEST kompaniyalari rahbari,Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti rektorining maslahatchisi,Suv resurslarini boshqarish bo‘yicha xalqaro ekspert,Belostok Texnologiya universiteti prezidenti hisoblanadi.Seminarlar jarayonida:muhandislik ta’limida zamonaviy yondashuvlar,o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish,ilm-fan, innovatsiya va amaliyot integratsiyasi masalalari muhokama qilinadi. Ushbu seminar professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish va universitet ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirlar
183
Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025 yil yakunlari muhokama qilindi
Universitetda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot-taqdimot tadbiri o‘tkazildi.Mazkur tadbir bo‘lim faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash, shuningdek korrupsiyaga qarshi targ‘ibot va profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida universitet jamoasi uchun tashkil etildi.Taqdimot davomida hisobot davrida:amalga oshirilgan aksilkorrupsiya tadbirlari;korrupsiyaga qarshi targ‘ibot va profilaktik ishlar samaradorligi;talaba hamda professor-o‘qituvchilarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar;kelgusi davr uchun belgilangan ustuvor vazifalar va rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyati bo‘yicha universitet jamoatchiligi oldida hisobdorlikni ta’minlash, amalga oshirilgan ishlar haqida ochiq va shaffof axborot yetkazish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga qaratilgan muhim axborot tadbiri sifatida ahamiyat kasb etdi.
E'lonlar
179
Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
E'lonlar
162
“TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKT (SI)” bo‘yicha xorijiy malaka oshirish kursi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilari uchun “Ta’limda sun’iy intellekt (SI): konsepsiyalar, rahbarlik va amalga oshirish amaliyotlari” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.Mazkur kurs Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Xalqaro Nordik universiteti hamda Rowan universiteti (AQSH) hamkorligida o‘tkaziladi.Kurs haqida:Davomiyligi: 1 oy (144 soat)Onlayn bosqich: 1–12-iyul 2026-yil (72 soat)Xorijiy bosqich: 15-iyul – 1-avgust 2026-yil (72 soat), AQSH (New Jersey)O‘tkaziladigan joylar: Rowan, Rutgers, Princeton universitetlari hamda ilmiy markazlarNatija: davlat namunasidagi malaka attestati va xorijiy sertifikatKurs natijalari:Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha amaliy bilim va kompetensiyalarUniversitet rivoji uchun “Action plan” va “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishIlmiy-metodik nashrlar va reytingni oshiruvchi loyihalar tayyorlashHujjat topshirish:Malaka oshirish kursiga tavsiya etiladigan nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni ilovaga muvofiq tasdiqlangan holda quyidagi manzillarga yuborish so‘raladi:📧 niu_edu@exat.uz 📲 Telegram: https://t.me/AbduraufTolipov🔗 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: http://nordictraining.uz/ Izoh:Xorijdagi malaka oshirish 15 kunXarajatlar OTMlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari yoki boshqa manbalar hisobidanTil bilish talabi yo‘q, mashg‘ulotlar tarjimon bilan ta’minlanadi 📞 Mas’ullar: A. Tolipov — 97 75163 50 Sh. Yuldashev — 94 666 78 19AQSH da malaka oshirish ilova batafsil..
