Yangiliklar
E'lonlar
247
Yunusov Shokir Mamatovichning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz
Yunusov Shokir Mamatovichning 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi ixtisosligi bo‘yicha “Buxoro vohasida hovlili turarjoylar tipologiya va tendensiyasi” mavzusidagi arxitektura fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 5 dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: 100194, Toshkent shahri, Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasi, 9a uy. Kengash 4 bino 5-qavatida katta zalda boʻlib oʻtadi. Tel: (95) 019-77-00, e-mail: shuh_1977@mail.ru
E'lonlar
272
Jo’raboyev Asilbek Tolibjon o’g’lining (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz
Jo‘raboyev Asilbek Tolibjon o‘g‘lining 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonning tog‘li hududlarida rekreatsion maskanlarni tashkil etish tamoyillari (Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusidagi arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 6 dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: 100194, Toshkent shahri, Yunusobod tumani Yangi shahar ko’chasi, 9a uy. Kengash 4 bino 5-qavatida katta zalda bo‘lib o‘tadi. Tel: (95) 019-77-00, e-mail: shuh_1977@mail.ru
E'lonlar
261
Ubaydullaeva Dildora Fayziddinovning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz
Ubаydullаеvа Dildоrа Fаyziddinоvnаning 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi ixtisosligi bo’yicha “O'zbеkistоn qishlоq аrхitеkturаsidа jаmоаt binоlаri turlari vа ulаrni tаrmоg’ini rаtsiоnаl tаshkillаshtirish” mavzusidagi arxitektura fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 12 dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo'lib o'tadi. Manzil: 100194, Toshkent shahri, Yunusobod tumani Yangi shahar ko’chasi, 9a uy. Kengash 4 bino 5-qavatida katta zalda boʻlib oʻtadi. Tel: (95) 019-77-00, e-mail: shuh_1977@mail.ru
Tadbirlar
313
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talaba-yoshlar o’rtasida "Antikorrupsiya bilimdoni" bilimlar bellashuvi bo’lib o’tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talaba-yoshlar o’rtasida "Antikorrupsiya bilimdoni" bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi.Unda barcha fakultetlardan jamoalar ishtirok etdi.Tanlovda tanishtiruv, savol-javob hamda "Korrupsiya qarshi birlashaylik" mavzusida sahna koʻrinishi shartlari bo’yicha jamoalar kuch sinashib, o‘z bilim va mahoratlarini qay darajada ekanligini namoyish etishdi.Hakamlar hayʼati tomonidan qo‘yilgan ballar yig’indisiga ko‘ra1. Halollik meʼmorlari jamoasi2. Renessans jamoasi3. Antikorrupsiya jamoasi deb topildi.G‘olib jamoalar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Tadbirlar
315
Zakovat
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasi hamda "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida Toshkentdagi Davlat Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'tkazilgan "Havaskor Zakovatchilar" o'yinida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Arxitektor" jamoasi faxrli 2️-o'rinni egallab 8 000 000 yutuqni qo'lga kiritishdi. Barcha jamoa a'zolarining bilim yo'lida zafarlar tilab qolamiz, sizning g'alabangiz bilim va intellekt tantanasidir!
Tadbirlar
300
“Yongin xavfsizligi oyligi”
2024-yil 27-noyabr kuni Tashkent arxitektura kurili universiteta Yunusobod tuman favkulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari bilan xamkorlikda joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yengin xavfsizligi oyligi”ni doirasida nazariy va amaliy mashgulotlar o'tkazildi. Bunda universitet professor-ukituvchi,ishchi xodila va talabalar ishtirok etishdi.talabalar amaliy mashgulotlarda uzlarini sinab kurishdi, tadbir kutaringi ruxda bulib utdi.Ishtirok etganlar:Yunusobod tuman FVB boshligi urinbosari profilaktika nazorat bulimasi kapitan Kuchkarov NodirYunusobod tuman FVB profilaktika nazorat bulimasi leytenanta Poyanov MuxammadaliFukora va mexnat muxofazasi bulim boshligi Berdiyerov OdilYengin xavfsizligi instruktori Rustam Axunovlar ishtirok etishdi.
Tadbirlar
283
Kasaba uyushmalari federatsiyasi haqida ekskursiya qilishdi
O'zbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan respublika boshlang'ich kasaba uyushmalari raislari ishtirokidagi malaka oshirish va tajriba almashish amaliyoti doirasida ishtirokchilar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kasaba uyushmasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Uchrashuv davomida universit kasaba uyushmasi rayisi Kasimova F.E. universitetda amalga oshirilayotgan kasaba uyushmasi faoliyati, xususan, xodimlar va talabalar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, u kasaba uyushmasining talaba va xodimlarning turli sohalardagi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan loyihalari va tashabbuslarini namoyish etdi. Ishtirokchilar universitetda amalga oshirilayotgan ilg‘or tajriba va amaliyotlarni o'rganib, ularni o'z faoliyatlarida qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ushbu uchrashuv boshlang'ich kasaba uyushmalari raislari uchun foydali bo'lib, ularga yangi g'oyalar va tajribalar taqdim etdi.
E'lonlar
145
"BIZ KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ" shiori ostida talabalar oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Isakdjanov.M.H va Menejment fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda "BIZ KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ" shiori ostida talabalar oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Isakdjanov.M.H talabalarga korrupsiya haqida maʼlumot, hamda korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslikga oid tavsiyalar berdi.Oliy taʼlim – korrupsiyasiz soha konsepsiyasi asosida universitet professor-oʻqituvchilar va talabalar orasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” va “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida keltirilgan atamalarning mazmun va mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirlar
176
Universitet korrupsiyadan holi hudud
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ''Oliy ta'lim-korrupsiyasiz soha!'' konsepsiyasi asosida talabalar orasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida" va ''Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida'' O'zbekiston Respublikasi qonunlarida keltirilgan atamalrning mazmuni va mohiyatini tushuntirish maqsadida joriy yilning 18-noyabr kuni Arxitektura fakulteti tyutorlari tomidan "Biz Korrupsiyaga qarshimiz" shiori ostida ma'rifat soati o'tkazildi.Tadbirni o‘tkazilishidan asosiy maqsad, talabalarda korrupsiyaga qarshi immunitetni oshirish, universitetni korrupsiyadan holi hududga aylantirishdan iborat.
