"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport tadbiri oʻtkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida mahalla yoshlarini boʻsh
vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi
doirasida sport tadbiri oʻtkazildi.
Musobaqada Yunusobod tumanidagi "Otchopar-2",
"Akbarobod", "Yunusobod" va "Yunus ota" mahalla
yoshlari ishtirokida Estafeta, Workout va Stritbol sport turi boʻyicha musobaqa
boʻlib oʻtdi. 
Musobaqa natijalariga koʻra:
1-oʻrin: Yunusobod;
2-oʻrin: Akbarobod;
3-oʻrin: Yunus ota mahalla yoshlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.
 
                 
                                 
                                 
                                -20250805142343.jpg) 
                                