Yangiliklar
Tadbirlar
352
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan “Olima ayollar” va “Lider yoshlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi maslahatchisi, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati faol azosi, Xalqaro toifadagi spiker, “Oqila ayollar” harakati targ’ibot guruhi a’zosi, “Mehnat Shuhrati” ordeni sohibasi, “O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi”, Falsafa fanlari doktori, professor Shermuxamedova Jamila Tashpulatovna ishtirok etdi. Muloqotda mamlakatimizda olib borilayotgan o’zgarish va yangilanishlar ayniqsa, jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salohiyati, iqtidori, yetakchilik, liderlik qobiliyatini yuzaga chiqarish, davlat boshqaruvida faol ishtirokini ta’minlash, siyosiy yetakchilarning yangi avlodini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Qiziqarli trening shaklida olib borilgan suhbat talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Tadbirlar
379
Ochiq dars haqida ma'lumot
2025-yil 18-mart kuni Toshkent noshirlik-matbaa texnikumida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Xalmamatova Lola Amankulovna tomonidan “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanidan “Interfaol ta’lim texnologiyalari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.Ochiq darsda kafedra mudiri dots. N.A. Aripova, dots. A. Nasridinov hamda bir qator professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Dars interfaol usullarga asoslangan holda tashkil etilib, “Qarorlar shajarasi”, “Keys-stadi”, “Baliq skleti” kabi metodlar qo‘llanildi. Talabalar berilgan topshiriqlarni amaliy bajarib, faol ishtirok etdilar.Dars yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, mavzuni o‘zlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
E'lonlar
452
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi “Best IP – 2025” tanlovi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi aholining intellektual mulk haqidagi xabardorligini oshirish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual faoliyat natijalari egalarini rag‘batlantirish maqsadida “Best IP – 2025” eng yaxshi intellektual mulk obyektlari tanlovini e’lon qiladi. Tanlov nominatsiyalari: Eng yaxshi ixtiro yoki foydali model Eng yaxshi seleksiya yutug‘i Eng yaxshi sanoat namunasi Tanlovda 2022–2024-yillar davomida muhofaza hujjatiga ega va amalda saqlanib turgan intellektual mulk obyektlari ishtirok etishi mumkin. G‘oliblarni taqdirlash: Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarga Adliya vazirligining faxriy yorlig‘i hamda quyidagi miqdorda pul mukofoti beriladi: 1-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari 2-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari 3-o‘rin: bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 1-fevral – 1-aprel Tanlovda qatnashish uchun taqdim etiladigan hujjatlar: Ariza Obyektni foydalanishga tayyorligi yoki undan foydalanish dalolatnomasi (tajriba yoki sanoat sinovi dalolatnomasi, litsenziya shartnomasi, tatbiq qilish dalolatnomasi va boshqalar) Hujjatlarni jo‘natish manzili: 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani Telefon: 71-232-50-19 Elektron pochta: tanlov@ima.uz
Yangiliklar
384
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Quyi Chotqol GES qurilish obyektidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan gidrotexnik inshoot obyektlarini qurish ishlari rejaviy asosda olib borilmoqda.Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/7936
Tadbirlar
304
Qurilish fakulteti talabalari amaliy ekskursiyada ishtirok etdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakultetining ingliz tilida tahsil olayotgan talabalari Regnum Plaza by Murad Buildings qurilish obyektiga bordilar. Ekskursiya davomida ular zamonaviy qurilish texnologiyalari va usullari bilan tanishib, amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Uchrashuv davomida "Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik" kafedrasi katta o‘qituvchisi Olimxon Xondamir bino konstruksiyasi, qo‘llanilayotgan materiallar, yuk ko‘taruvchi tizimlar va muhandislik yechimlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, energiya tejamkorlik, barqaror qurilish tamoyillari, logistika, xavfsizlik va resurslarni boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur ekskursiya talabalar uchun nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, kasbiy terminologiyani chuqurroq o‘zlashtirish hamda xalqaro qurilish tajribasi bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.
Tadbirlar
445
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi
Mazkur tadbirda universitet rektori v.v.b. B.A. Tulaganov rektor maslahatchisi J. Inoyatxo‘jayev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i M. Isakjanov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida talabalar o‘z ilmiy va ijodiy g‘oyalarini bayon etib, universitet rivojiga doir takliflarini bildirdilar. Rektor ushbu tashabbuslarni tinglab, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash universitetning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i M. Isakjanov akademik halollikni mustahkamlash, ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari yuzasidan ma’ruza qildi. Talabalarga ushbu masalada universitetda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda universitet rahbariyati tomonidan ularning tashabbuslari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
E'lonlar
270
Qalbayev Baxauatdin Aleuatdinovichning doktorlik (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda tashkil etilgan bir martalik Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025 yil 25 mart kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi disseratatsiya muhokama etilishi belgilandi:Talabgor Qalbayev Baxauatdin Aleuatdinovich ning 05.09.05 –“Qurilish materiallari va buyumlari” va 02.00.15- “Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi” tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Разработка составов строительной керамики на основе базальтового и глинистого сырья Каракалпакстана” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.Ilmiy rahbar: t.f.d., prof. A.M.Eminov - Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiManzil: 100094, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat, Faollar zali. Tel.: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail:devon@taqu.uz
Tadbirlar
279
Mehmonlar “BYD Uzbekistan” va “ADM Jizzakh” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
Hayʼat yigʻilishi aʼzolari ushbu korxonalarida boʻlib, ularda dual ta’lim tizimi asosida yo‘lga qo‘yilgan o‘quv jarayonini ko‘zdan kechirdilar. Bugungi kunda “BYD Uzbekistan Factory” yiliga 50 ming dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona Jizzax politexnika instituti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi asosida malakali mutaxassislar tayyorlashni boshlab yuborgan. Dual ta’lim tizimi doirasida talabalar ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishib, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tash imkoniyatiga ega boʻldilar. Bundan tashqari, hamkorlik doirasida avtomobil qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish, elektromobillarni mahalliy iqlim va yoʻl sharoitiga moslashtirish uchun muhandis va malakali texnik mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, amaliyotga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarga eʼtibor qaratish hamda ilmiy-amaliy loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish boʻyicha ishlar olib borildi.
Tadbirlar
268
“Yashil makon”
15-mart kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishidan soʻng “Yashil makon” doirasida “Ziyolilar bogʻi” yaratish maqsadida daraxt koʻchatlari ekish marafoniga start berildi. Unda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A.Tulaganov ham ishtirok etib ko’chatlar ekdilar.
