Yangiliklar
E'lonlar
282
E'lon
Pokiston muhandislik va amaliy fanlar instituti (Pakistan Institute of Engineering and Applied Science) tomonidan xorijlik tinglovchilarga bakalavr, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun to‘liq moliyalashtiriladigan grant dasturlari e’lon qilingan:Ushbu grant dasturlari doirasida barcha tinglovchilar uchun oylik stipendiyalar to‘lanishi ham ma’lum qilingan. Grant dasturlariga ariza topshirish muddatlari ilova qilingan ma’lumotda keltirilgan. Talabalar sessiya boshlanishidan kamida 5-6 oy oldin ariza topshirishlari tavsiya etiladi.Rasmiy veb-sayt: https://www.pieas.edu.pk/international-students.cshtmlGrantlari bo‘yicha batafsil ma’lumot:https://www.pieas.edu.pk/international-students.cshtml/1000
Tadbirlar
324
Muzey boʻylab sayohat
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini Yo.G'.Mamasharipov, tyutorlar Islamxadjayeva D.A. Murodova M.I. boshchiligida talaba-yoshlar bilan Shon-sharaf muzeyida bo'ldilar. Elimizning bu jasorati, mehr-muruvvat va insonparvarlik fazilatlari hali hamon shon-sharaf maktabi, gʼurur-iftixor manbai boʼlib kelmoqda. Vaqt oʼtgani sayin bu oʼlmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shon-sharaf muzeyida esa ana shunday shonli tarix oʼz ifodasini topgan. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan. Shu vaqtga qadar Ikkinchi jahon urushida Oʼzbekistondan 1 million 500 mingga yaqin kishi ishtirok etgan, deb hisoblanar edi. Shuningdek, 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani hujjatlar orqali oʼz tasdigʼini topganligi bo'yicha talabalarga qiziqarli ma'lumotlar berildi.
Tadbirlar
246
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar oʻrtasida "Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida tyutorlar oʻrtasida seminar boʻlib oʻtdi
Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Kurbanova, Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB XPB, profilaktika katta inspektori mayor A.Shodiyev, universitet psixologi M.Obidova, fakultet dekan muovinlari va tyutorlar ishtirok etdilar. Seminarda huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish va profilaktika sohasida normativ-huquqiy, uslubiy va tahliliy xarakterga ega bo‘lgan axborot almashinuvi amalga oshirildi.
Yangiliklar
315
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yangi laboratoriya tashkil etish bo‘yicha xalqaro hamkorlik
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida qurilish materiallarini baholash va sertifikatsiyadan o‘tkazish laboratoriyasini tashkil etish maqsadida Xitoyning "Nan Er Environmental Protection Science and Technology Industrial Development", "Shenzhen Sky Evtol Network", “Guandong Ruijian Construction Inspection and Appraisal” kompaniyalari bilan "8 million USD" lik hamkorlik shartnomalarini imzolashga erishildi. Mazkur hamkorlik doirasida qurilish materiallarining sifatini xalqaro standartlar asosida baholash, ularni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar
228
Germaniya akademik xizmati doirasidagi hamkorlik doirasida Potsdam Amaliy fanlar universiteti professorlari Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi
Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) doirasida amalga oshirilayotgan loyiha asosida Germaniyaning Potsdam Amaliy fanlar universitetidan bir guruh professorlar Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini kengaytirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va barqaror akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida doimiy muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Yangiliklar
249
Arxitektura va restavratsiya sohalarida hamkorlik bo‘yicha uchrashuv
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti hamda “O‘ZSHAHARSOZLIK” Ilmiy-tadqiqot loyiha institutlari o‘rtasida hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida arxitektura sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, arxitekturaviy loyihalash, tarixiy va madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya va qayta tiklash yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Ushbu uchrashuv yakunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va “O‘ZSHAHARSOZLIK” LITI o‘rtasida hamkorlik haqida rasmiy bitim imzolandi.
E'lonlar
313
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tanlov e’lon qiladi
Talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tanlov e’lon qiladi.Mazkur tanlov orqali iqtidorli talabalar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni aniqlash, ularni rivojlantirish hamda amaliyotga joriy etish uchun zarur sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.Tanlov yo‘nalishlariKorrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kreativ tashabbuslarStartap g‘oyalar va biznes loyihalarInnovatsion yechimlar va texnologik ishlanmalarLoyihalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 1-maydan 15-maygacha.Qo‘shimcha ma’lumot uchun:+998 97 767 61 60
E'lonlar
328
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tahsil olayotgan xotin-qizlar oʻrtasidagi “Toʻmaris izdoshlari” nomli sport tanlovini e'lon qilamiz
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tahsil olayotgan xotin-qizlar oʻrtasidagi “Toʻmaris izdoshlari” nomli sport tanlovini e'lon qilamiz!Tanlov shartlari:1-shart. “Jamoani tanishtirish”2-shart. “Sport bilan hamnafasmiz”3-shart. “Birinchi tibbiy yordam”4-shart. Velosepedda uchish.Murojat uchun: guruh tyutorlari.Barcha talaba-qizlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishlarini soʻraymiz! Bellashing hamda gʻoliblikni qoʻlga kiriting.Nizom Toshkent shaharo
Tadbirlar
242
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Sogʻlom turmush tarzi - toʻgʻri yashash ramzi" mavzusida ayollar oʻrtasida "Futbol" sport turi musobaqasi boʻlib oʻtdi
Unda universitetning Sport klub rais oʻrinbosari Gʻ.Ibragimovich, universitet Xotin-qizlar kengashi raisi N.Kurbanova, ayol professor-oʻqituvchilar va xodimlar ishtirok etdilar. Oʻzbekistonda ayollar futboli ayollar oʻrtasida rivojlanib borayotgan sport turi hisoblanadi. Hozirda Oʻzbekistonda 18 ta professional va bir qancha havaskor ayollar futbol klublari mavjud boʻlib, ular oʻrtasida Oliy Liga, Birinchi Liga, Oʻzbekiston kubogi va Oʻzbekiston Superkubogi musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda. Ajabmas universitetimiz latofatli, go'zal, har ishda mukammal ayollar jamoasi ushbu musobaqalarda qatnashib, g'oliblikni qo'lga kiritsa. Universitetda oʻtkazilgan musobaqa natijalariga koʻra quyidagilar gʻolib deb topildi:1-oʻrin Arxitektura jamoasi,2-oʻrin Qurilish jamoasi,3-oʻrin Rektorat jamoasi.Barcha gʻolib jamoalarni muborakbod etamiz! Musobaqa koʻtarinki ruhda judayam qizgʻin boʻlib oʻtdi. Barcha ishtirokchilar koʻtarinki kayfiyatda qatnashdilar.
